✅ Indoneziya Respublikasi Boshlang‘ich va o‘rta ta’lim vaziri Abdul Mu’ti boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida bo‘ldi.
Dastlab mehmonlarga ta’lim muassasasidagi o‘quv jarayonlar, yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, o‘quvchilar uchun yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklar hamda erishilgan yutuqlarni o‘zida aks ettirgan ma‘lumotlarlar burchagi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan milliy raqs va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Ma'lumot uchun: Mazkur tashrif Indoneziya Respublikasi delegatsiyaning Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasidagi ishtiroki doirasida tashkil etildi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova Farg‘onadagi ta‘lim muassasalari faoliyatini o‘rgandi.
Tashrif avvalida Quva tumanidagi politexnikumda bo‘lib, muassasada tashkil etilgan IT park faoliyati hamda zamonaviy kasblarga ixtisoslashtirilgan o‘quv xonalari, quyosh panellari ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi.
🔰 Shundan so‘ng, Farg‘ona shahar Sanoat va xizmat ko‘rsatish kollejida bo‘lib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berdi va ustozlar bilan muloqot qildi.
Hilola Umarova Farg‘ona shahridagi Politexnika universitetidagi o‘quv ustaxonasi faoliyati, ishlab chiqarilayotgan metal temir mahsulotlar bilan tanishdi.
Shuningdek, xitoylik mutaxassislar bilan ta‘lim muassasasida olib borilayotgan hamkorlik yo‘nalishlarida muloqot qildi.
Shu kuni mas'ullar bilan tizimda amalga oshirilayotgan muhim vazifalar ijrosiga bag'ishlangan yig'ilish ham bo'lib o'tdi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi
✅ Andijon viloyatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va halollikni targ‘ib etish” mavzusida ochiq muloqot va seminar tashkil etildi.
🔹 Seminarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy-nazorat boshqarmasi vakillari ishtirok etib, tizimda korrupsion holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvi, davlat xaridlarida ochiqlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🖥 Batafsil
Andijon viloyati MMTB Axborot xizmati
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi
🔹 Ishtirokchilarga “Halollik vaksinasi” g‘oyasi targ‘ib etilib, korrupsiyaga qarshi profilaktika tadbirlari, tarqatma materiallar va maxsus videoroliklar namoyish etildi.
🔹 Har bir xodim bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, huquqbuzarliklarning oldini olish va javobgarlik choralarining mohiyati tushuntirildi.
🔹 Muloqotda Andijon viloyati prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakillari ham ishtirok etishdi.
Andijon viloyati MMTB Axborot xizmati
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_mutaxassislar_fikri
Vali Huseyn — Buyuk Britaniyaning AQA Global Assessment Services kompaniyasining mintaqaviy baholash bo‘yicha eksperti:
➖ AQA — Buyuk Britaniyadagi eng yirik baholash kengashlaridan biri bo‘lib, mintaqada joylashgan bu yo‘nalishdagi turli tashkilotlarni qo'llab-quvvatlaymiz.
Men ayni damda O‘zbekistondagi turli loyihalarda ishtirok etayotganimdan juda mamnunman. Shunday e'tiborli loyihalardan biri — o‘qituvchilar attestatsiyasidagi fanlaridan biri bo‘yicha tahlil hisoblanadi.
Bu jarayon birinchi navbatda baholash sifatini kafolatlaydi. Shunday tahlillar orqali har qanday tashkilot o‘z baholash tizimining sifatini aniqlashi mumkin. Biz bu kabi tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz.
Shuni aytishim mumkinki, bu faqatgina boshlanishi, va men mamlakatda baholash sifatiga xizmat qiluvchi bu muhim qadamdan bag‘oyatda mamnunman.
Telegram | Facebook | Instagram | Website

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E'zoza Karimova Navoiy viloyatidagi ta’lim muassasalarini o‘rganmoqda.
Dastlab tuman markazida joylashgan 1- hamda 4-sonli DMTTlarda bo‘ldi. Bu yerda bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, isitish tizimi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔰Shundan keyin, tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda umumiy o'rta ta'lim maktablari direktorlari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda ta’lim sifatini oshirish, kuz-qish mavsumiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, pedagoglar salohiyatini oshirish kabi mavzularda so’z bordi.
Unda tumandagi 20-umumiy o'rta ta’lim maktabi va 15-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🌐 Uchrashuv davomida mas’ullar bilan suhbatlashib, o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
Shu kuni vazir Uchquduq tumanidagi ta’lim sohasi vakillari bilan muloqot qilib, amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi vazifalar haqida so‘z yuritdi.
Bizni kuzating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM