Telegram Web Link
Tahliliy izohlar.pdf
317.1 KB
Hurmatli pedagoglar!

Ijtimoiy tarmoqlarda malaka-sinov (attestatsiya) jarayonida berilgan savollar bo‘yicha turli fikr va munosabatlar bildirilmoqda.

🔴 Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan barcha fanlar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar atroflicha o‘rganilmoqda. Eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan savollar yuzasidan tahliliy tushuntirishlar tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilinadi.

Jumladan, yuqorida ingliz tili fanidan 35 ta mutaxassislik fani va 10 ta pedagogik mahorat savollari bo‘yicha tahliliy izohlar taqdim etilmoqda.


🔰 Eslatib o‘tamiz, Markaz pedagoglar fikri va takliflarini inobatga olgan holda, test savollarining sifati hamda baholash jarayonining shaffofligini yanada takomillashtirish ustida izchil ish olib bormoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Website
Ingliz tili 5 ta savol.pdf
115.3 KB
#Ingliz_tili

🔴 Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan attestatsiya savollari bo‘yicha fanlar kesimida tahliliy tushuntirishlar davom etadi.

Ingliz tili fanidan eng ko‘p savol kelib tushgan 5 ta savol bo‘yicha mutaxassislar tomonidan izohlar taqdim etilmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | Website
📰📰📰📰📰📰📰
#YUNESKO_2025

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Qatar davlati Ta’lim va oliy ta’lim vaziri Lolva bint Rashid bin Moxammed Al Xater bilan uchrashdi.

Muloqot avvalida so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida amalga oshirilayotgan savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar hamda ta’lim sohasida olib borilayotgan hamkorlik aloqalari alohida e’tirof etildi.

Xususan, Qatarning “Education Above All” jamg‘armasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “Eco-schools Uzbekistan” loyihasi samarali yo‘lga qo‘yilganligi, ekologik ta’lim va barqaror turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha dasturlar amaliyotga joriy etilayotganligi qayd etildi.

Al Xater xonim mazkur safar davomida Samarqandning tarixiy majmualari hamda odamlarining mehmondo‘stligi, ta’lim maskanlarida yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilarning bilim va salohiyati unda katta taassurot qoldirganligini aytib o‘tdi.

“Men qatarlik o‘quvchilarning sizning yurtingizga kelib O‘zbekiston tarixi va madaniyatini o‘rganishlarini, ta’lim sohasidagi yangiliklarni sohada qo‘llash bo‘yicha birgalikda hamkorlik o‘rnatishimizni istayman”,

— dedi Lolva bint Rashid bin Moxammed Al Xater.

👉 Uchrashuv so‘nggida bugungi kelishilgan rejalar bo‘yicha kelgusida Hamkorlik kelishuvini imzolash bo‘yicha kelishib olindi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni
kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ingliz_tili

Malakali ustoz Farrux Zokirov ingliz tili fanidan attestatsiya savollari bo‘yicha Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markaziga murojaat qildi.


U malaka sinovi jarayonlaridagi savol hamda e'tirozlari yuzasidan mutaxassislar bilan muloqot qildi hamda barcha savollariga batafsil javob oldi.

🌐
Ustozning xulosalari BATAFSIL VIDEOLAVHADA.

Telegram
| Facebook | Instagram | Website
Hurmatli pedagoglar!

Joriy yilning 30-31-oktabr kunlari ingliz tili fanidan bo‘lib o‘tgan attestatsiya jarayonlaridagi test topshiriqlari muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur topshiriqlar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazining rasmiy sahifalarida tahliliy izohlar ham e’lon qilindi.

Sizning ushbu testlar bo‘yicha savol yoki fikr-mulohazalaringiz bo‘lsa, mutaxassislar bilan 5-15-noyabr kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar yuzma-yuz muhokama qilish uchun Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markaziga murojaat qilishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek,(71) 207-79-79 telefon raqami ishlab turibdi.

Biz barcha savollarga asoslantirilgan javoblarni taqdim qilamiz.


Shu o‘rinda, pedagoglarning kasbiy faoliyati va haq-huquqlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligimizni ma‘lum qilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | Website
📰📰📰📰📰📰📰
#YUNESKO_2025

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova bugun Indoneziyaning Boshlang‘ich va o‘rta ta’lim vaziri Abdul Mu’ti bilan muloqot olib bordi.


Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona va hamkorlikdagi navbatdagi ishlar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, Indoneziya bilan ko‘p tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish hamda sohaga doir loyihalarda samarali va muvaffaqiyatli natijalarga erishishda bu kabi muloqotlarning o‘rni katta.


Shu ma’noda vazirlar o‘qituvchilar malakasini oshirish, ta’lim tizimiga jahon standartlariga mos metodik usullarni joriy qilish bo‘yicha hamkorlikdagi rejalar hamda boshqa muhim masalalarni atroflicha muhokama qilindi.

Vazir E’zoza Karimova bugunning o‘zida YUNESKO qoshidagi Osiyo-Tinch okeani mintaqaviy ta’lim markazi (APCEIU) direktori Lim Xyon Muk bilan o‘zaro muloqot olib bordi.

👉 Samimiy ruhda tashkil etilgan tadbirda mazkur markaz hamda xalqaro tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘yilayotgan loyihalar xususida so‘z yuritildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/11/05 02:35:32
Back to Top
HTML Embed Code: