Telegram Web Link


✈️ Surxondaryoga vazir tashrifi davom etadi: navbatdagi manzil — Oltinsoy va Denov

🔴 Bugun Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova Surxondaryo viloyatining olis Oltinsoy tumanidagi 48-sonli maktabda bo‘ldi hamda yaratilgan sharoitlar va dars jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, ta'lim muassasasining pedagogik jamoasi bilan suhbatlashib, o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

📊 Ma‘lumot o‘rnida: mazkur maktab surxondaryolik tadbirkor Jamshidbek Pardayev tomonidan begʻaraz yordam sifatida yangidan qurib berilgan.

Maktab 630 oʻringa ega hamda zamonaviy talablar asosida barpo etilgan.


🔰 Shu kuni vazir E'zoza Karimova Oltinsoy tumanidagi maktab va maktabgacha ta‘lim tashkilotlari direktorlari bilan muloqot qildi.

Unda ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar, ijobiy o‘zgarishlar va islohotlar haqida so‘z yuritildi. Muloqot davomida soha vakillari o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashishdi.

📍 Shundan so‘ng vazir Denov tumanidagi 27-maktab jamoasi va o‘quvchilar bilan uchrashdi.

🌐 Ushbu maktab 640 o’ringa mo‘ljallangan bo‘lib, ayni damda ta’mirtalab holatga kelib qolgan.


Vazir mazkur ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga qadar ta’mirlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#attestatsiya
#Kunning_yuqori_natijalari

🎉Attestatsiya sinovlarida yuqori natijani qo‘lga kiritayotgan o‘qituvchilar soni ko‘paymoqda.

Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 7-DMTT tarbiyachisi Mo‘tabar Ro‘ziqulova malaka test sinovida 94 ball,

Farg‘ona shahridagi 20-maktabning geografiya fani o‘qituvchisi Tursunoy Komilova 94 ball,

Buxoro viloyati, Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabning oliy toifali informatika fani oʻqituvchisi Umida Fayziyeva 92 ball,

Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanidagi 13-DMTT tarbiyachisi Zuhra Amilova 92 ball,

Navoiy viloyati, Nurota tumani, 4-DMTT tarbiyachisi Lola Gʻayratulloyeva 92 ball,

Buxoro viloyati, Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning oliy toifali informatika fani oʻqituvchisi Alisher Saidov 90 ball,

Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumanidagi 11-DMTT direktor o'rinbosari Mohigul Allayorova 90 ball,

Navoiy viloyati, Zarafshon shahri, 2-DMTT direktori o‘rinbosari Mahliyo Togʻayeva 90 ball,

Navoiy viloyati, Zarafshon shahri 17-DMTT direktori o‘rinbosari Munira Nasriddinova 90 ball,

Xorazm viloyati, Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi Yusupov Doniyor – 90 ball,

Xorazm viloyati, Xiva shahar 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internati Informatika fani o‘qituvchisi Bunyod Boyjonov – 90 ballni qoʻlga kiritdi.

Pedagoglarimizning kelgusi pedagogik faoliyatiga muvaffaqiyat tilab qolamiz!

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#Диққат_эълон

DIQQAT, IJODKOR VA IQTIDORLI O‘QUVCHILAR!


Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ixtirochilikka qadam” tanlovining maktab bosqichi dastlab 20–31-oktabr kunlari o‘tkazilishi va maktab bosqichi g'oliblarini maxsus sayt orqali ro'yxatdan o'tkazish joriy yilning 1-noyabriga qadar amalga oshirilishi belgilangan edi.

❗️Hozirda ixtirochi.piima.uz sayti mutaxassislar tomonidan texnik takomillashtirish jarayonida bo‘lgani sababli, maktab bosqichi g‘oliblarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirildi!

📆 Endilikda "Ixtirochilikka qadam" tanlovining maktab bosqichi g'oliblarini saytda ro'yxatdan o'tkazish joriy yilning 27-oktabridan 5-noyabrigacha amalga oshiriladi.

💡 Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat yaratish imkonini beradi:
➡️ta’lim,
➡️axborot texnologiyalari,
➡️yashil energiya,
➡️ekologiya,
➡️iqlim o‘zgarishi
➡️qishloq xo‘jaligi.

🌍G'oyalaringizni ixtiroga aylantiring — o‘z ixtirongiz bilan maktabingiz faxriga aylaning!

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#соҳага_доир_ҳужжатлар

📣 Ayrim bolalar uchun bogʻcha pulining bir qismi Davlat budjetidan qoplab beriladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan “Kambagʻal oilalar reestri»ga kiritilgan oilalarning farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ushbu bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi. Unga koʻra:

ota-onalar toʻlovining bir qismi Davlat budjetidan qoplab beriladigan ayrim toifadagi oilalarning farzandlari roʻyxati “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi;

kompensatsiya oilaviy MTTga tegishli hududda 9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan ota-onalar toʻlovining 40 foizi miqdorida ajratiladi;

kompensatsiya miqdori oilaviy MTTga haqiqatda qatnayotgan ayrim toifadagi oilalar farzandlari sonidan kelib chiqib, tegishli bitimda belgilangan oʻrinlarning 15 foizidan koʻp boʻlmagan qismiga ajratiladi;

oilaviy MTTga qabul qilingan ayrim toifadagi oilalar farzandlarining soni belgilangan miqdordan koʻp boʻlganda, ro’yxat ayrim toifadagi oilalarning quyidagi ustuvor ketma-ketligi asosida aniqlanadi:

➡️ “qizil” toifa;
➡️ “sariq” toifa;

kompensatsiya belgilangan ayrim toifadagi oilalar farzandlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimidagi ota-onalar shaxsiy kabinetida aks etadi;

👉 Qarorga asosan:

kompensatsiya belgilanganligi yoki toʻxtatilganligi haqidagi xabar ota-onalarga mobil ilova hamda telefon raqamiga SMS xabarnoma yuborish orqali yetkaziladi;

ayrim toifadagi oila “Kambagʻal oilalar reestri” axborot modulida “qizil” yoki “sariq” toifadan “yashil” toifaga oʻtkazilganda, kompensatsiya keyingi oʻn ikki oy mobaynida toʻlab boriladi
.

👉 Nizomning to‘liq matni

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta’limda sifatni ta’minlash bo‘yicha seminar-trening o'tkazildi

👍Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi hamda Shveytsariyaning "Helvetas Swiss Intercooperation" tashkiloti hamkorligida “Kasbiy ta’limda tashqi sifatni ta’minlash: tizimli faoliyat va barqaror amaliyot” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

💫Tadbirda Yevropa mamlakatlarida qo‘llanilayotgan modellar, xususan, ENQA (Yevropa ta’lim sifatini ta’minlash uyushmasi) va EQAR (Yevropa akkreditatsiya reyestri) kabi tizimlarning muhim jihatlari tahlil qilindi.

❤️Seminar-trening doirasida mutaxassislar ta’lim sifatini ta’minlashning dolzarb yo‘nalishlari, akkreditatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish va milliy malaka tizimini takomillashtirish haqida fikr almashdilar.

🔁 English

#YUNESKO #uchrashuv

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


🔴 Surxondaryo: maktablardagi qurilish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama etildi

Bugun Denov tumanida vazir E‘zoza Karimova boshchiligida tanqidiy-tahliliy ruhda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📊 Unda viloyat MMTB mas'ullari, tuman (shahar) bo'limlari mudirlari ishtirok etishdi.

Yig'ilish davomida ta'lim muassasalaridagi qurilish-ta'mirlash ishlari, ta’lim sifatini oshirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari haqida so‘z yuritildi hamda tizim vakillarining axboroti tinglandi.


🔰Shuningdek, tashrif doirasida gazeta.uz internet nashrida yoritilgan, olis hududlaridagi maktab oʻquvchilari uchun avtobuslar masalasi o’rganildi va mahalliy hokimlik vakillari bilan ushbu yo'nalishda olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.


Shuningdek, Denov tumanidagi 82-maktab, Sariosiyo tumanidagi 12-, 24-, 58-maktablar va 23-MTT faoliyati ham ko‘zdan kechirildi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/25 01:25:37
Back to Top
HTML Embed Code: