Telegram Web Link

#malaka_sinovi

Mamlakatimizning barcha hududlarida malaka toifa sinovlari boshlandi


🔴 Bugun maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari ishtirokidagi malaka toifa sinovlariga start berildi.

Ushbu sinov jarayonlarida turli fanlardan dars beradigan 180 mingga yaqin pedagoglarning ishtirok etishi kutilmoqda.


Ayni vaqtda Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti fanlaridan attestatsiya jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.

➡️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
➡️ Andijon viloyati;
➡️ Buxoro viloyati;
➡️ Namangan viloyati;
➡️ Navoiy viloyati;
➡️ Samarqand viloyati;
➡️ Sirdaryo viloyati;
➡️ Surxondaryo viloyati;
➡️ Farg‘ona viloyati;
➡️ Toshkent viloyati;
➡️ Xorazm viloyati;
➡️ Toshkent shahri.

Test jarayonlarini cams.uzedu.uz platformasi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin.

👉 Foto: Toshkent shahri va Toshkent viloyati pedagoglari ishtirokidagi test jarayonlaridan


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#диққат_эълон

Hurmatli pedagoglar!


Xabaringiz bor, bugundan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida bir vaqtda malaka toifa sinovlari boshlandi.

🗣 Mazkur sinovlarda qatnashishi belgilangan hamda koʻrishida nuqsoni boʻlgan (bu haqida maxsus guvohnomasi mavjud) pedagoglarning murojaatlari asosida hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida ushbu pedagoglar uchun barcha fanlar boʻyicha test sinovlari:

2025-yil 12-noyabr kuni soat 14:00 da (bir kunda) oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.

👉 Pedagoglar sinovlarga oʻzlariga biriktirilgan yordamchilari bilan, shuningdek tasdiqlovchi hujjatlari va guvohnomalari bilan kelishlari shart.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yangi o‘quv yilidan boshlab barcha bog‘cha, maktab va oliy ta’lim muassasalarida “Kelajak soati” darslari o‘tilmoqda.

Bu darslarimiz yosh avlodning umuminsoniy va milliy qadriyatlarini shakllantiradigan, vatanparvarlik hissini oshiradigan, so‘nggi ijtimoiy-siyosiy yangiliklardan xabardor qiladigan zamonaviy va qimmatli mashg‘ulotga aylanishi kerak. Shu bois har bir mavzu yuzasidan o‘qituvchilarga dars mashg‘ulotlarining namunaviy ssenariylari, kreativ mediakontentlar tayyorlanib, “Kelajak soati” loyihasining ijtimoiy tarmoq sahifalari va milliytarbiya.uz platformasiga yuklanyapti.

Til va ta’limni bir-biridan ayro tasavvur etib bo‘lmaydi. To‘g‘ri yozish, so‘zlash, fikrni ifoda eta olish ko‘nikmalari ta’lim orqali shakllanadi. Millat pedagoglari zimmasida ziyoli, savodli avlodni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifa bor.

21-oktabr O‘zbek tili bayrami munosabati bilan darslarimizga tilshunos olimlar, jurnalistlar va til jonkuyarlarini taklif etdik. Quvonarlisi, ziyolilarimiz taklifimizga labbay, deya javob berib, ta’limga xayrixohligini yana bir ko‘rsatishdi. O‘quvchi va talaba yoshlar bilan ona tilimiz mavzusida jonli suhbatlar va qiziqarli mashg‘ulotlar olib borildi.

Taassurotlar, darslar manzarasi qanday bo‘lgani haqidagi kichik videolavhamizni siz bilan bo‘lishgim keldi. Nazarimda bu tajriba orqali maqsadimiz tomon yana bir qadam yaqinlashdik, yanada katta ishtiyoq bilan davom etamiz.

@hilola_umarova
Forwarded from E’zoza Karimova
#21_октябр_ўзбек_тили_байрами_куни

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni bugungi qutlug‘ sana — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan chin dildan muborakbod etaman!

Oʻzbek tili asrlar davomida xalqimiz ma’naviyati, adabiyoti va madaniyatining asosiy tayanchi bo‘lib kelgan. U millat sifatidagi mavjudligimizning ramzi, qalbimiz va tafakkurimiz oynasidir.

Shu bois ona tilimizga muhabbat va sadoqat ko‘rsatish, uning bor jozibasi bilan keyingi avlodlarga yetkazish — har bir yurtdoshimizning muqaddas burchidir.

Yana bir bor barchangizni bugungi bayram bilan samimiy tabriklayman.

O’zbek tili bayrami muborak bo’lsin!

E’zoza Karimova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


E’zoza Karimova

#Infografika

"Raqamli avlod qizlari" Respublika tanlovi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar statistikasi.

❗️Statistika 21-oktabr soat 10:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.

_____________

🔴 Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda
qizlar.raqamliavlod.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

“Sun’iy intellektni rivojlantirish faqat zamonaviy infratuzilma va algoritmlarga emas, balki malakali kadrlarga ham bog‘liq. Bu sohaning asosi – matematika va informatika. Shu bois, kadrlar tayyorlashni, eng avvalo, maktabdan boshlash kerak”,

– dedi Prezident.

Keyingi o‘quv yilidan “Informatika” fani o‘quv dasturlariga sun’iy intellektga oid mavzular kiritiladi. Buning uchun Massachusets texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda maxsus darslik ishlab chiqiladi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida sun’iy intellekt bo‘yicha bu yil 100 nafar, keyingi yil 1 ming 300 nafar trener-o‘qituvchi tayyorlanadi. Ular esa kaskad tartibida maktab va oliygohlardagi informatika o‘qituvchilarini o‘qitadi. Har yili eng yaxshi 100 nafar informatika o‘qituvchisi xuddi vazirlik va hokimliklarning salohiyatli mutaxassislari kabi sun’iy intellekt rivojlangan davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasi ham boshlandi. Bu yil 100 ming, kelasi yil kamida 500 ming yoshlar o‘qitiladi.

Loyiha bilan maktab o‘quvchilarini ham qamrab olish muhimligi ta’kidlandi. Bundan buyon har yili sun’iy intellekt bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazilib, eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar, ularning ustozlari va ta’lim tashkilotlari munosib rag‘batlantiriladi.

Bunda 500 nafar yoshlar – noutbuk, 100 nafar o‘qituvchi – 1 ming dollardan mukofot, 2 ta ta’lim tashkiloti – elektromobil bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident soha uchun yiliga 2 ming nafar mutaxassis tayyorlayotgan oliygohlarning birortasida sun’iy intellekt laboratoriyasi yo‘qligiga e’tibor qaratdi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida “tarmoq – oliygoh – hamkor” tamoyilida ishlaydigan “sun’iy intellekt klasteri” ishga tushiriladi. Keyingi o‘quv yilidan “TOP-300” talikka kirgan universitetlar bilan hamkorlikda sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi.

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Мактабгача_таълим
#Psixologik_trening

Buxoroda “MUVOZANAT” – Pedagoglarni psixologik qo‘llab-quvvatlash treninglari boshlandi

🔴 Ayni damda Buxoro Davlat pedagogika institutida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun mo‘ljallangan ikki kunlik “Muvozanat” treninglari bo‘lib o‘tmoqda.

Ikki kunlik dastur doirasida:

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining emotsional salomatligini tiklash,
Professional va hissiy charchashning oldini olish,
Jamoada ekologik va do‘stona muhit yaratish,
Pedagoglarni amaliy texnikalar, o‘z-o‘zini boshqarish va emotsional qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalariga o‘rgatish,
Emotsional intellekt va professional motivatsiyani rivojlantirish,
Ta’lim muhitida emotsional va jismoniy zo‘ravonlik holatlarining oldini olish kabi psixologik metodlarni o‘zlashtirib, amaliy mashqlar bajaradilar.

Maqsad - tarbiyachilarga ichki muvozanatni saqlash, professional salomatlikni mustahkamlash hamda bolalar uchun emotsional farovon muhit yaratishda yordam berishdan iboratdir.


Buxoro viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tarbiyachilar — mehr va sabr timsoli

Tarbiyachi — bu shunchaki kasb emas, bu mehr va sabr bilan yo‘g‘rilgan hayot tarzi.U har kuni bolajonlarga nafaqat harf va raqamlarni, balki mehr, do‘stlik va insoniylikni o‘rgatadi.

Ularning mehnati ko‘pincha ko‘zga ko‘rinmaydi, ammo har bir tarbiyachining qo‘lida kelajak shakllanadi. Shuning uchun har bir bog‘chada, har bir sinfda — bir dunyo mehr yashirin.

Tarbiyachilarning shu fidoyiligini ko‘rsatish va qadrlash — bizning burchimiz.

Toshkent shahar, Yunusobod tumani "Sevinch" nomli DMTT tarbiyachisi — Nodira Odilova

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_baholash_tizimi

📣 Choraklik summativ baholash (CHSB) sinovlari oʻtkaziladigan sanalar belgilandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 8-oktabrdagi tegishli buyrugʻi bilan:

joriy oʻquv yilining I chorak yakuni boʻyicha bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumtaʼlim maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari uchun choraklik summativ baholash (CHSB) sinovlari markazlashgan tartibda oʻtkazilishi belgilangan. Unga koʻra:

👉 23-30-oktabr kunlari onlayn (kompyuterda) shaklda;

👉1-noyabr kuni anʼanaviy (qogʻozda) shaklda tashkil etiladi.

Mazkur oʻquv choragida markazlashgan CHSB fanlari quyidagicha tarzda oʻtkazilishi belgilangan:

🟢 5-6-sinflar — matematika, ona tili fanlari;

🟢 7-sinf — Oʻzbekiston tarixi, biologiya fanlari;

🟢 8-sinf — algebra, fizika fanlari;

🟢 9-sinf — algebra, ona tili fanlari;

🟢 10-sinf — algebra, kimyo fanlari;

🟢 11-sinf — algebra, ingliz tili fanlari.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/22 02:04:56
Back to Top
HTML Embed Code: