Telegram Web Link
#21_oktabr_til_bayrami

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Xalqaro Nordik universiteti hamkorligida Erkin Vohidov nomidagi “E voh" o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasining yakuniy bosqichi
o‘tkazildi.

📊 Ilk bor 21-oktabr - "O‘zbek tili bayrami"ga bag‘ishlab tashkil etilgan "E voh" olimpiadasida yurtimiz bo‘ylab 10 507 nafar o‘qituvchilar qatnashdi.


🔰 Birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan 79 nafar ishtirokchi-ustoz final bosqichda qatnashish uchun yetib keldilar. 


Yakuniy natijalarga ko’ra, olimpiadada 1 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medali sohiblari aniqlab olinadi.

✈️Shuningdek, g‘oliblarga pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari, Finlandiya, Shvetsiya davlatlariga xorijiy dasturlarda malaka oshirish yo‘llanmalari ham o‘z egalariga tantanali topshiriladi.

🌐 Batafsil

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#соҳага_доир_ҳужжатлар

📣 Endilikda musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga ham tegishli sertifikatlar asosida ustama beriladi


Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi tegishli qarori bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra:

👉 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab:

umumta’lim maktablarining musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi amaliyotga joriy etiladi;

A+, A, B+, B, C+, C darajali mazkur sertifikatlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladi hamda 3 yil muddatga amal qiladi;

🟢 70 va undan yuqori ball olgan talabgorga – A+ darajali;
🟢 65 – 69,9 ball olgan talabgorga – A darajali;
🟢 60 – 64,9 ball olgan talabgorga – B+ darajali;
🟢 55 – 59,9 ball olgan talabgorga – B darajali;
🟢 50 – 54,9 ball olgan talabgorga – C+ darajali;
🟢 46 – 49,9 ball olgan talabgorga – C darajali sertifikat beriladi;

Amaliyotga joriy etilayotgan tartibga ko‘ra:

👉 B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan o‘qituvchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi;

Nizomga asosan:

bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish uchun tuziladigan test savollari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda boshqa tegishli vazirliklar tomonidan tavsiya etilgan fan mutaxassislari ishtirokida Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi;

sertifikat olishga talabgorlar test sinovida qatnashish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda ariza berib ro‘yxatdan o‘tishlari lozim;

test sinovini o‘tkazish sanasi u o‘tkaziladigan kundan kamida yetti kun oldin Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali e’lon qilinadi.

👉Qarorning to‘liq matni

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

#Kelajak_soati

Yurtimiz ziyolilari “21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni” munosabаti bilan maktablarda "Kelajak soati" darslarini o‘tishmoqda

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari — Farhod Boqiyev, Azizbek Turdiyev, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida poytaxtimizning qator maktablarida “Kelajak soati” darslari tashkil etildi.

“21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni” munosabаti bilan o‘tkazilgan ushbu dars soatlarida davomida o‘quvchilarga milliy qadriyatlarni o‘rganish, ular qalbida yurtga sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish bo‘yicha zarur ma’lumotlar berib o‘tildi.


🔰 Ma'lumot o'rnida,
joriy o‘quv yilidan boshlab bog‘cha va maktablarda haftaning har dushanba kuni “Kelajak soati” darslari o‘tilmoqda.

Ushbu darslar uchun soha olimlari, ekspertlar ishtirokida dars ssenariylari ishlab chiqildi hamda videokontent mahsulotlari tayyorlandi.

Ishlab chiqilgan metodik materiallar “milliytarbiya.uz” elektron platformasiga raqamli kontent shaklida joylashtirib borilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda “Kelajak soati” darslari uchun alohida kanal faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur mashg‘ulotlar davomida tarbiyalanuvchilar zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, tafakkurini kengaytirish hamda ijtimoiy faolligini oshirishga yo‘naltirilgan faoliyatlarda ishtirok etmoqdalar.

🔴 Jarayonlar butun Respublika bo‘ylab bo‘lib o‘tmoqda.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

Toshkent shahar Sergeli tumani 605-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 21-oktabr — “O‘zbek tili bayrami kuni” nishonlandi.

🗣Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar o‘zbek tilining boyligi va go‘zalligini madh etuvchi she’rlar, qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etdilar.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

✈️ Farg‘onalik pedagoglar va mutaxassislar Yaponiyada malaka oshirishmoqda

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari hamda Farg‘ona viloyatining 30 nafardan ortiq maktab o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya ayni damda Yaponiyada malaka oshirish kursida ishtirok etishmoqda.

Delegatsiya vakillari jarayonlar davomida Yaponiya ta'lim tizimi bilan yaqindan tanishib, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashmoqda.

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasida “Yaponiya maktab ta’limi” va “Yaponiyada axloqiy tarbiya” to‘g‘risida ma’ruzalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.


🔰 Shuningdek, “Koyendzi gakuen” Boshlang‘ich maktab faoliyati bilan tanishish, Gakugei universitetida “Yaponiyada pedagok kadrlarni tayyorlash tizimi” va Soka universitetida “Yaponiya ta’lim tizimi” to‘g‘risida taqdimotlar ham bo‘lib o‘tadi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#соҳага_доир_ҳужжатлар

📣 Har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkaziladi, gʻoliblar davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

👉 2026-yildan boshlab:

taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha darsliklarning yangi avlodi yaratiladi;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqiladi;

maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lugʻatcham” rasmli lugʻat kitobi yaratiladi;

bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqiladi;

👉 Qarorga asosan:


umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻzbek tili mavzusida insholar tanlovi;

oʻzbek tili fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi oʻtkaziladi;

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa vazirlik va tashkilotlar hamkorligida har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkazib boriladi;

Mazkur olimpiada gʻoliblari respublika oliy taʼlim muassasalarining “filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili va adabiyoti” taʼlim yoʻnalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/21 01:27:29
Back to Top
HTML Embed Code: