“Milliy GES”lar qurilishi: Norin GESlar kaskadi loyihasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi “Gidroenergetika sohasini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-104-son Qaroriga asosan, 2024-2030-yillarda mamlakatimizdagi mavjud gidrosalohiyatdan unumli foydalanish darajasini yanada oshirish, yangi gidroenergetik quvvatlarni yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan investitsiya loyihalari doirasida Namangan viloyati Norin daryosida umumiy quvvati 228 MVt bo‘lgan Norin GESlar kaskadi qurilishi loyihasini amalga oshirish belgilangan.

Loyihaga ko‘ra, Norin GESlar kaskadi 6 ta GESdan iborat. Har bir GESning quvvati 38 MVtni tashkil qiladi. Bunda GESlarga har birining quvvati 9,5 MVtga teng 4 tadan gidroagregat o‘rnatiladi.

Batafsil
: https://uzgidro.uz/news/view/6242

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida uchinchi Toshkent investitsiya forumi doirasida Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“CAMCE” korporatsiyasi raisi Van Bo bilan Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasi qurilishi hamda energetika, sanoat va infratuzilma sohalaridagi loyihalar portfelini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Mamlakatimizda faoliyat yuritishda katta tajriba to‘plagan kompaniya yirik loyihalarni moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishning butun zanjirini qamrab oladigan yechimlarni taqdim etishga ixtisoslashgan.

“Goldwind” Sao Chjigan bilan kompaniyaning O‘zbekistonda “yashil” energetikani rivojlantirishdagi ishtiroki istiqbollari ko‘rib chiqildi.


Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/6241

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
2024-yil aprel oyida “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi hamda o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkazilgan asosiy tadbirlar va ishlar samaradorligi

Batafsil
: https://uzgidro.uz/news/view/6243

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
“O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi elektr energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan kunlik ishlab chiqarilgan umumiy ko‘rsatkich

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqidan

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Uch kunlik o‘quv-seminari yakunlandi

Xabaringiz bor, 1-3-may kunlari “O‘zbekgidroenergo” AJ tasarrufidagi “Energetiklar sihatgohi”da Jamiyat tizimidagi korxonalarning hisobchi, iqtisodchi, xarid bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislari uchun uch kunlik o‘quv-seminari tashkil qilingan edi.

O‘quv-seminari Jamiyat tizim korxonalarida faoliyat olib borayotgan hisobchi, iqtisodchi, xarid bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning bilim saviyasini oshirish, moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni (jumladan, xarid ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, kasallik varaqalari bo‘yicha to‘lovlar, smeta xarajatlarida ko‘zda tutilmagan xizmat safari xarajatlari va fuqarolik huquqiy shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarni tashkil etish) yo‘lga qo‘yish, zaruriy amaliy tavsiyalar berish hamda xodimlarning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga qaratildi.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/6250

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
Infografika: hududlardagi GESlar

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/6251

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
2024-yil 14-16-may kunlari poytaxtimizda O‘zbekiston energetika haftaligi bo‘lib o‘tadi

Ushbu haftalik doirasida “O‘zbekiston milliy strategiyasiga muvofiq energetika siyosatini uyg‘unlashtirish” plenar sessiyasi, “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2024” xalqaro ko‘rgazmasi va anjumani, “Energetika, energiya tejamkorligi, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – “Power Uzbekistan 2024” xalqaro ko‘rgazmasi, 4-xalqaro energetika anjumani kabi qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Batafsil: https://uzgidro.uz/news/view/6252

"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari 👇
Telegram Facebook Instagram YouTube
2024/05/06 15:16:13
Back to Top
HTML Embed Code: