Telegram Web Link
Channel created
Kadastr haqida ma'lumotlar va videolar taqdim qilib boriladi
Kadastr raqami nimalarni anglatishini bilasizmi?
Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
АА : ВВ : СС : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH,
Bunda:
AA — mintaqaning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;
BB — mintaqa tarkibidagi ma’muriy-hududiy tuzilma (ma’muriy tuman, viloyat bo‘ysunishidagi shahar)ning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;
CC — kadastr zonasi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;
DD — kadastr zonasi doirasida kadastr massivi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;
EE — kadastr massivi doirasida kadastr mavzesi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;
FFFF — kadastr mavzesi doirasida yer uchastkasi raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;
GGGG — yer uchastkasi doirasida bino, inshoot raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;
HHH — bino, inshootlar bir qismi raqami (kodi)ni bildiruvchi uch razryadli o‘nli son.
2025/10/21 19:50:24
Back to Top
HTML Embed Code: