Telegram Web Link
Channel name was changed to «UzKadastr»
⁉️Geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish javobgarlikka sabab bo'ladimi?

Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik Toʼgʼrisidagi Kodeksining 69-moddasiga asosan.
Egalikdagi, foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va o‘rmonlardagi cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish:
🔹 Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha;
🔹 Mansabdor shaxslarga besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yaqinlaringizga ulashing 👉@uzkadastr
👍2🔥1
⁉️ Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki bo‘lgan yer uchastkasiga mulk huquqi qanday hollarda bekor qilinadi:

🚫 yer uchastkasiga, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi ular joylashgan yer uchastkasi bilan birga fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda boshqa shaxsga o‘tkazilganda;
🚫 jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa ko‘chmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qayta sotib olinganda;
🚫 qonunda belgilangan hollarda yer uchastkasi, shuningdek binolar, inshootlar yoki boshqa ko‘chmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga musodara qilinganda;
🚫 qonunchilikda belgilangan hollarda yer uchastkasi, binolar, inshootlar yoki boshqa ko‘chmas mulk ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga rekvizitsiya qilinganda;
🚫jro hujjatlari bo‘yicha undiruv yer uchastkasiga qaratilganda.

Yaqinlaringizga ulashing 👉@uzkadastr
👍4🔥1
🏚 Mulkdor o'ziga tegishli mol-mulkdan o'z xohishicha foydalanishi mumkinmi?

Ammo, mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.
❗️Shuningdek, fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdir.

Yaqinlaringizga ulashing 👉@uzkadastr
👍6
⁉️O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat - bu nima?

🏠Qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi

Asos: OzR Fuqarolik Kodeksi 212-modda

Yaqinlaringizga ulashing 👉@uzkadastr
👍5🔥1
⁉️O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat qanday buziladi?

🏦O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat aniqlangan taqdirda ushbu imoratni qurgan shaxsga mazkur qurilishning noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar beriladi hamda imoratni 15 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish (buzib tashlash) to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.

Asos: OzR Fuqarolik Kodeksi 3-bob

Yaqinlaringizga ulashing 👉@uzkadastr
👍5🔥1
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

mulk huquqi;
doimiy egalik qilish huquqi;
doimiy foydalanish huquqi;
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
ijara huquqi;
ikkilamchi ijara huquqi;
xo‘jalik yuritish huquqi;
operativ boshqarish huquqi;
ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
bepul foydalanish huquqi;
renta;
ipoteka;
servitut;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

Yaqinlaringizga ulashing 👉@uzkadastr
👍6🔥1
⁉️Savol: Qanday holatlar ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun asos bo‘ladi?

Javob: Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
👉 yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);
👉binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
👉belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;
👉 ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;
👉 ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.
👉 Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

Yaqinlaringizga ulashing 👉@uzkadastr
👍5🔥1
Endi Kadastr inspektorlari maxsus Planshet va Body kamera bilan ishlaydi.

Kadastr inspektorlari korrupsiyaga qo‘l urolmaydi, chunki Planshet va Body kamera hammasini nazorat qiladi.

Kadastr agentligi tomonidan "E-yer nazorat" AAT dasturi ishlab chiqildi. Unda yer qonunbuzarlik holatlar kosmik syemkalar orqali nazorat qilinadi.

Qonun buzarlik aniqlanib bartaraf etilmagungacha bo‘lgan jarayon ortiqcha qog‘ozlarsiz dasturda yuritiladi.

Yaqinlaringizga ulashing 👉@uzkadastr
👍7🔥2
⁉️Mahallamizdagi fermer o'zining yeridan uy-joy qurish uchun menga bermoqchi. Uning yeridan olib uy-joy qursam bo'laveradimi?

Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalarini fermer rahbari hamda hech qaysi vakolatli organlar tomonidan oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlanishi mumkin emas. Bu O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 16-moddasi va 24-moddalari bilan taqiqlab qo‘yilgan. Mazkur fermerning harakatlari noqonuniy hisoblanadi.

Bugungi kunda uy-joy qurish uchun yer uchastkasini e-auksion orqali sotib olishingiz mumkin.

Yaqinlaringizga ulashing 👉@uzkadastr
👍6🔥1👏1
🥳Endi Google Maps orqali Toshkent ko'chalarni 3D ko'rinishda sayr qilishingiz mumkin!
👍12🔥3
Kim kadastr xizmatlaridan bepul foydalanishi mumkin?

🤷‍♂️Yetim bolalar kadastr xizmatlaridan foydalanganlik uchun davlat bojidan ozod etiladi

👨‍💻Qonunchilikka ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etilishi belgilangan.

Yaqinlaringizga ulashing 👉@uzkadastr
👍7🔥2
👍6👏3
⁉️Yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan sotib olayotganda nimalarga e'tibor berishi kerak?

1️⃣ quruvchi firma bozorda o‘z o‘rniga egami? Kamida 7-8 turar-joy binolarini qurgan bo'lsa, joyga borib yashab turgan odamlardan binoning sifat to'g'risida ma'lumot olishingiz mumkin.
2️⃣ yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning sotuvchisi xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganmi va ayni damda mavjudmi (tugatilmaganmi)? Misol uchun https://orginfo.uz/uz/ orqali tekshirishingiz mumkin.
3️⃣ qurilish ishlari amalga oshirilayotgan yer uchastkasini ajratish to‘g‘risida tegishli hokimlikning qarori mavjudmi? Mavjud bo'lsa qaror ko'pqavatli uy qurish maqsadida chiqqaniga etibor bering! Bazi holatlarda bog'cha, makta va hakozalarga qaror chiqan bo'ladi, bu oxirida uy uchun kadastr chiqmasligiga sabab bo'lib qolishi mumkin.
4️⃣ qurilish loyihasi Qurilish vazirligi huzuridagi «Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUK tomonidan ekspertizadan o‘tkazilganmi? Qurilish ishlari mazkur loyiha va ekspertiza xulosasi asosida amalga oshirilmoqdami?

Yaqinlaringizga ulashing 👉@uzkadastr
👍7🔥2👏1
Turar-joy obyektlar kadastr pasportini shakllantirish tartibi qanday?

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;
🔖Arizaga Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi;
🪙Mutaxassis organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;
✉️Ariza beruvchi to‘lovni 1 oy mobaynida amalga oshiradi;
✔️Kadastr agentligi kadastr pasportini shakllantiradi va arizachiga xabarnoma yuboradi.
Xizmat ko‘rsatish muddati:
Kadastr pasportini tayyorlash ob‘ektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.
❗️Xizmat narxi - umumiy maydon o‘lchamiga qarab individual hisoblanadi.

Yaqinlaringizga ulashing 👉@uzkadastr
👍9🔥2
Savol yuborish @kadastrsavolbot
Murojaatlarni ko‘rib chiqishni rad etgan mansabdorlarga qanday javobgarlik bor ?

Qonunchilikka ko‘ra, (https://lex.uz/docs/97664

  jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish;

murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish;

murojaatlarga yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik;

murojaatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish;

jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini taʼminlamaganlik

🌀 mansabdor shaxslarga 330 ming so‘mdan 990 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yaqinlaringizga ulashing 👉@uzkadastr
👍5🔥1
⁉️Dehqon xo‘jaligi yeriga bino va inshoot qurish taqiqlanganmi?

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi.
⚠️Yengil konstruksiyali issiqxonalarni, shuningdek sug‘orish inshootlarini qurish bundan mustasno.
❗️Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.
Asos:O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 01-apreldagi 680-son Qonuni

Yaqinlaringizga ulashing 👉@uzkadastr
👍7🔥2
“O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda har xil tushunchalar bilan talqin qilinmoqda. Bu esa ayrim fuqarolarning yer qonun buzish holatlarini sodir etishiga sabab bo‘lishi mumkin.
❇️Shu sabab Qonun loyihasi haqida ayrim maʼlumotlarni berib o‘tamiz:
Qonun loyihasida 8 ta yo‘nalishdagi holatlar ko‘rib chiqishi nazarda tutilgan. Ushbu holatlarning barchasiga huquq eʼtirof etiladi deb tushunmaslik kerak.
🟢Loyihada kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish emas, balki huquq belgilovchi hujjatlari bo‘lmaganligi uchun yer va binolariga huquqni eʼtirof etish masalasi ko‘zda tutilmoqda. ❇️Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga emas, balki tadbirkorlik subyektlariga tuman hokimliklari tomonidan yer ajratilib, viloyat darajasida tasdiqlanmagan holatlar hamda tadbirkorlik subyektlari kichik sanoat zonalariga joylashtirilib, hokim qarori chiqarilmay qolgan holatlar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.
❇️Loyihada kadastr hujjatlari rasmiylashtirmaganlik uchun emas, yerni o‘zboshimcha egallaganligi uchun va ushbu yerga huquqlar eʼtirof etilgan taqdirdagi maʼmuriy javobgarlik masalalari yoritilgan.Hozirda ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan “qurilishi mavjud bo‘lsa eʼtirof etilar ekan” deb bo‘sh yerga tezroq imorat qurish holatlari kuzatilmoqda.
❇️Ogohlantirib aytishimiz kerakki, qonun loyihasida 2018-yil 1-mayga qadar qurilgan obyektlar ko‘rib chiqiladi deb ko‘rsatilgan. Agarda qurilma o‘zboshimchalik bilan belgilangan davrdan keyin qurilgan bo‘lsa, bunday imoratlar belgilangan tartibda bartaraf etiladi hamda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Yaqinlarizga ulashing @UzKadastr
👍5🔥1
2025/10/19 21:33:49
Back to Top
HTML Embed Code: