Telegram Web Link
Ёш тадбиркорлар учун янги имкониятлар

👉 https://uzlidep.uz/news-of-party/14799

Ёш тадбиркорлар ўз фаолиятини амалга оширишлари учун 244 та “Ёшлар меҳнат гузари” комплекслари фойдаланишга топширилиб, уларда жами 2 589 та янги иш ўринлари яратилди.

#uzlidep #munosabat

O'zLiDeP расмий канали
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Озарбайжонга давлат ташрифининг биринчи куни: қардош юртда самимий қабул ва стратегик шерикликни янада мустаҳкамлашга қаратилган музокаралар

Первый день государственного визита в Азербайджан: теплый прием на братской земле и переговоры, направленные на дальнейшее углубление стратегического партнерства

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Yoshlar parlamenti
📌 Yoshlar parlamenti aʼzosi yoshlar bandligini taʼminlashda tashabbuskor

🔰 O‘zLiDePdan saylangan Yoshlar parlamenti a’zosi Otabek Tursunov tashabbusi bilan Chust tumanidagi 87 nafar yoshlar doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. 28 nafar yoshlar esa zamonaviy kasb-hunarni egallashlari uchun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi “Ishga marhamat” monomarkazlarga yo‘naltirildi.

Telegram | Instagram | Facebook
Partiyaga qanday a'zo bo'lish mumkin?

👉 Partiyada chegaralangan a’zolik tartibi o‘rnatiladi. Partiyaga 18 yoshga to‘lgan, Partiya Dasturini tan oladigan va Ustavi talablarini bajaradigan, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi va jamiyatda egallagan mavqeidan qat’iy nazar, O’zbekistonning har bir layoqatli fuqarosi a’zo bo‘lishi mumkin.

👉 Partiyaga a’zolik yakka tartibda bo‘ladi. Partiyaga qabul qilish yashash yoki ish joyidagi partiya tashkilotiga yoki Partiyaning tuman (shahar) Kengashiga yozma yoxud partiya veb sayti orqali elektron ariza berish asosida amalga oshiriladi. Partiyaga a’zo bo‘lgan shaxslarga ularning turar joyi yoki ish joyidagi partiya tashkiloti yoki Partiyaning tuman (shahar) Kengashi tomonidan o‘rnatilgan namunadagi Partiya a’zosi guvohnomasi beriladi.

👉 Partiya a’zosi bir vaqtning o‘zida o‘zga partiyalarga yoki siyosiy maqsadlarga erishish yo‘lida tuzilgan jamoat birlashmalariga (harakatlariga) a’zo bo‘lishga haqli emas.

Manbaa: https://uzlidep.uz/uz/how-to-join-the-party
Partiya a’zosi quyidagi huquqlarga ega:

– Partiyaning turli bo‘g‘indagi tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish, o‘z qarashlarini erkin bayon etish va Partiya faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
– Partiyaning rahbar organlariga saylash va saylanish, ularga ariza va takliflar bilan murojaat etish;
– davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlariga Partiya nomidan nomzod sifatida tavsiya etilish;
– o‘zining qonuniy huquq va manfaatlarini himoyalanishida Partiya ko‘magidan foydalanish, konsultatsiyalar, huquqiy va boshqa yordamlar olish.

Manbaa: https://uzlidep.uz/uz/how-to-join-the-party
Partiya a’zosining majburiyatlari:

– O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, axloq prinsiplari va jamiyatning ma’naviy mezonlariga rioya qilish;
– Partiya Dasturi va Ustavi talablarini bajarish, partiyaviy intizomga qat’iy rioya qilish;
– Partiya rahbar organlari qarorlarini bajarish;
– o‘z faoliyati bilan Partiyaning dasturiy maqsad va vazifalariga erishishda ko‘maklashish;
– Partiya manfaatlarini himoya etish, uning g‘oya, maqsad va vazifalarini targ‘ib qilish hamda ularni hayotga tatbiq etishda faol qatnashish;
– a’zolik badallarini o‘z vaqtida to‘lab borish;
– Partiyaning rahbar organi yoki hududiy tashkiloti belgilagan tartibda muntazam ravishda partiyaviy o‘quvlarda qatnashish;
– davlat hokimiyatining qonunchilik, vakillik organiga deputat etib saylangan taqdirda Partiyaning deputatlik birlashmasi (fraksiyasi, partiya guruhi) tarkibiga kirish hamda Partiya S’ezdi, rahbar organlari va hududiy tashkilotlari qarorlari asosida faoliyat yuritish.

Manbaa: https://uzlidep.uz/uz/how-to-join-the-party
Тадбиркорлар билан очиқ мулоқот: ёшлар учун имконият, имтиёз ва ташаббус

👉 https://uzlidep.uz/news-of-party/14812

Тадбиркорлар билан бўлган очиқ мулоқотда «келгуси йиллар учун белгилаб олинган режа ва дастурларни амалга ошириш осон бўлмаслиги, лекин ҳаёт синовларида тобланган, сўзида ҳам, ишида ҳам қатъий, мард ва ташаббускор тадбиркорлар бор экан, кўзланган марраларга албатта эришамиз» дея ишонч билдирганликлари биз ёш тадбиркорларни келажакка бўлган ишончимизни янада мустаҳкамлаб шаҳдам қадам ташлашга чорлади.

#uzlidep #munosabat

O'zLiDeP расмий канали
Forwarded from Yoshlar parlamenti
☝️ Yoshlar parlamenti a'zosi xayrli ishda tashabbus ko'rsatdi

🔰 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Sanjarbek Dadaboyev o‘zining okrugidagi qiynalayotgan aholiga uy-joy qurilishi, toza ichimlik suvi va elektr kabi muammolarni borib o‘rganib, amaliy yordam berib kelmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik32 #Yoshlarparlamenti #Tabrik

💫 Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak uchun poydevor!

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 32 yillik shodiyonasi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zolari barcha yurtdoshlarimizni chin yurakdan tabriklaydi.

❤️ Mustaqilligimiz, tinchligimiz va osoyishtaligimiz abadiy bo'lsin! Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin!

Telegram | Instagram | Facebook
Очиқ осмон остида ёшлар билан самимий мулоқот қилинди

👉 https://uzlidep.uz/news-of-party/14832

Очиқ осмон остида бўлиб ўтган самимий мулоқотда партия фаоллари, талаба ёшлар иштирок этишди.

#uzlidep #yoshlar

O'zLiDeP расмий канали
“Ўзбекистон – 2030” стратегияси: Ёшларни замонавий касблар ва чет тилларига ўқитиш тизими такомиллаштирилади

👉 https://uzlidep.uz/news-of-party/14886

Стратегияда ёшларнинг замонавий касблар билан машғул бўлишини таъминлаш учун ҳар бир вилоятда 1 тадан “Креатив парк”лар фаолиятини ташкил этиш, уларга йилига камида 40 минг нафар ёшларни жалб қилиш ишларини ташкил этиш, шунингдек мактаб битирувчилари камида 2 та хорижий тил ва 1 та касб эгаллашини таъминлаш чораларини кўриш илгари сурилмоқда.

#uzlidep #munosabat

O'zLiDeP расмий канали
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ўзбекистон - 2030" стратегиясида белгилан вазифалар ижроси юзасидан фикр-мулоҳазалар.

Отабекхўжа Собитов - O’zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси бўлим бошлиғи.

@uzlidep
“Ўзбекистон–2030” стратегиясининг мазмун-моҳияти ёшлар иштирокида ҳам ўрганиляпти

👉🏼 https://uzlidep.uz/news-of-party/14910

O'zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси “Ёшлар қаноти” ташаббуси билан Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Фискал институтида ёшларнинг сиёсий билимларини ошириш ҳамда «Ўзбекистон–2030» стратегиясининг мазмун-моҳиятини ўрганишга қаратилган учрашув ташкил қилинди.

#uzlidep #yoshlarqanoti

O'zLiDeP расмий канали
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Президенти БМТ Бош Ассамблеясининг 78-сессиясида илгари сурган муҳим ташаббуслари юзасидан O'zLiDeP Сиёсий Кенгаши Ижроия қўмитаси бўлим мудири Отабек Собитовнинг фикр-мулоҳазаси.

#uzlidep #BMT #78sessiya #munosabat

O'zLiDeP расмий канали
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zLiDePdan yangi loyiha

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'ngi yangiliklarni taqdim etib boruvchi "Legal zone" loyihasi yo'lga qo'yildi.

🔹Loyiha doirasida dolzarb va aholini ayniqsa yoshlarni qiziqtiradigan qonunchilikga oid yangiliklar bo‘yicha zarur axborot-tahliliy media materiallarni tayyorlash va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish orqali aholi ayniqsa yoshlarning birlamchi huquqiy bilimlarini oshirilib borish nazarda tutilgan.

🔰 Mazkur loyiha bevosita O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo'mitasi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.

🔹Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring

#legalzone

📲@uzlidep_yoshlari 📲@legal_zone2023
❗️Бир гуруҳ депутатлар томонидан қонунчилик ташаббуси ҳуқуқи асосида ишлаб чиқилган — “Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги қонун лойиҳаси Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг мажлисида биринчи ўқишда қабул қилинди.

Қонун лойиҳасида парламент палаталари, қонун ижодкорлиги фаолиятини тартибга солувчи қонунларни янги таҳрирдаги Конституцияга мувофиқлаштиришга қаратилган нормалар ўз аксини топган. Лойиҳа билан 14 та қонун(жумладан Сайлов кодекси)га тегишли ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш белгиланмоқда.

Қонун лойиҳаси норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳалари муҳокамаси портали (https://regulation.gov.uz/oz/d/86670) ҳамда Қонунчилик палатасининг расмий веб-сайтига (https://parliament.gov.uz/regulation/21) жамоатчилик муҳокамаси учун жойлаштирилди.

👉 Таклиф ва мулоҳазаларни қабул қилиш муддати — 2023-йил 28-сентябрдан 14-октябргача.

#uzlidep #qonunloyihasi

O'zLiDeP расмий канали
2025/07/05 03:15:01
Back to Top
HTML Embed Code: