Telegram Web Link
#Zomin_tumani

G‘afur G‘ulom mahallasida “Mahalla yettiligi” hisobot berdi


Zomin tumanida “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fuqarolar oldida hisobot tadbiri o‘tkazildi.

“Mahalla yettiligi” tarkibiga — mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektori kiradi. Ularning har chorakda fuqarolar yig‘ini oldida hisobot berish tartibi belgilangan.

Mazkur tadbir Zomin tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z. Omonqulov, tuman IIB boshlig‘i I. Nurmatov hamda tuman prokurori H. Abdullayev raisligida G‘afur G‘ulom mahallasida o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida “Mahalla yettiligi”ning har bir a’zosi o‘z faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar haqida batafsil hisobot berdi.

Tadbir davomida aholi o‘rtasida kiberjinoyatchilikning oldini olish, internetdan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirish, shuningdek, xotin-qizlar faolligini kuchaytirish, bandlikni ta’minlash va fuqarolarning huquqiy bilimi hamda kasbiy malakasini oshirish masalalari ham atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir mahalla hayotida ochiqlik, jamoatchilik ishtiroki va mas’uliyat tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
⚡️Oilalar mustahkamligi, qadriyatlarni saqlashga barchamiz mas’ulmiz.

🔍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasida Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, "Nuroniy" jamg‘armasi va boshqa qator hamkor tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida oilalarni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasidagi ishlarni to‘g‘ri va sifatli tashkil etish bo‘yicha muloqot bo'lib o'tdi.

✈️ Uchrashuvda Uyushma raisi Qahramon Quronboyev kuni kecha Prezidentimiz tomonidan mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

✈️ Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil boshidan mamlakatda 32 mingga yaqin oila ajrashgan. Bu raqamlar barchani tashvishga solishi lozimligi ta’kidlandi. Bugungi kunda qayd etilgan salbiy holatlarning asosan oqibati bilan ishlab qolinayotgani qayd etildi. Oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida yoshlar bilan ishlash, ularni oilaviy hayotga tayyorlash, ro‘zg‘or tebratish uchun yetarli daromad topadigan kasb-hunarlarga o‘qitish bo‘yicha tizimli ishlarni tuzib, bu ishga barcha birdek kirishishi lozimligi ta’kidlandi.

✈️ Uchrashuvda yosh oilalarni og‘ir moddiy ahvolga tushib qolishini oldini oladigan mexanizm – nikoh shartnomasi tuzishni keng targ‘ib etish, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohlarni oldini olish kabi masalalar muhokama qilindi.
Ayni yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish borasida hamkor tashkilotlarning takliflari umumlashtirildi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati

✈️“Siyosiy ma’rifat soati”

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🌍 O'zbekiston mahallalari uyushmasi delegatsiyasi Germaniyada Konrad Adenauer jamg'armasi rahbariyati bilan ham ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan uchrashuv o'tkazildi.

✈️Jamg'arma O'zbekistonda 30 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Fuqarolik jamiyatini nafaqat xorijiy mamlakatlarda balki Germaniyada ham kuchaytirish maqsadida 17 ta nemis tashkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotganligi ta'kidlandi.

🔍Jamg'armaning butun dunyodagi vakolatxonalarini inobatga olsa, unda 1 mlndan ziyod malakali xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda.

🔍Jamg'arma vakillariga O’zbekistonda mahalla instituti, Prezidentimiz tashabbusi bilan tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berildi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📇 Sharing economy – Ulashish iqtisodiyoti haqida eshitganmisiz?

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
🌱"Yashil iqtisodiyot" har bir mahallaga kirib kelmoqda.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili deb e’lon qilingani - ekologik barqaror taraqqiyot sari dadil qadamdir.

🔍Bugunga qadar 3 208 ta mahalla binosi qayta tiklanuvchi energiya — quyosh panellari orqali ta’minlanmoqda. Bu tashabbus elektr ta’minotini barqarorlashtirib, mahalla xizmatlarining samaradorligini oshirmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
2025/10/19 19:39:33
Back to Top
HTML Embed Code: