Telegram Web Link
⚡️ Turg‘un Alimatov nomidagi respublika teletanlovining g‘olib ishtirokchilari bilan tanishing.

⚫️1-o‘rin:
Dutor yo‘nalishi bo‘yicha: Norimboyeva Nodira
Tanbur yo‘nalishi bo‘yicha: Abdurashidov Iskandar
Sato yo‘nalishi bo‘yicha: Pulatov Mamurjon
⚫️2-o‘rin:
Dutor yo‘nalishi bo‘yicha: Hayitboyev Javlonbek
Tanbur yo‘nalishi bo‘yicha: Raximberganov Og‘abek
Sato yo‘nalishi bo‘yicha: Xudoyorov Kamronbek
⚫️3-o‘rin:
Dutor yo‘nalishi bo‘yicha: Rustamjonova Muhabbatxon
Tanbur yo‘nalishi bo‘yicha: Mamatisayev O‘ktamjon
Sato yo‘nalishi bo‘yicha: Eraliyev Begali

⚫️Eng yosh umidli sozanda nominatsiya g‘olibi: Ismatov Mironshoh


😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷Instagram | 🖤 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
65👏4🔥1🎉1
⚡️DIQQAT E’LON

⚫️Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida tanlov e’lon qilinadi!

📎Tanlov yo‘nalishlari:

🟢“Korrupsiya taraqqiyot kushandasi!” mavzusida Eng yaxshi insho tanlovi
🟢“Biz korrupsiyaga yo‘q deymiz!” shiori ostida Eng yaxshi maqola tanlovi

📑Tanlov uchun tayyorlangan insho va maqolalarni 2025-yil 29-oktyabr kuniga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektoriga
(tel.: 94 105-16-46) topshirish mumkin.

🏆 G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlanadilar!
Barcha ijodkor talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22👍1🔥1🎉1💯1
⚡️Talaba-yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi

✔️Joriy yilning 24-oktabr kuni Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida 1-bosqichga qabul qilingan talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

✔️Mazkur tadbirda "Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar" bo‘yicha birinchi prorektor Davlat Ximmatov, institut "Xotin-qizlar maslahat kengashi" raisi Go‘zal Muminova, "Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish" bo‘limi boshlig‘i Muattarxon To‘ychiyeva, institut psixologi M.Muhammedova ishtirok etdi.

✔️Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga institut hayoti, ta’lim jarayonlari, ichki tartib-qoidalar, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ijtimoiy-psixologik muhit haqida batafsil ma’lumot berildi.

✔️Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari, talabalarning ilmiy izlanishlari va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.


😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
41👍1🎉1
⚡️O‘zbek maqom san’ati fakultetida oraliq imtihon jarayonlari

✔️Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI O‘zbek maqom san’ati fakultetining “Vokal san’ati: an’anaviy xonandalik” yo‘nalishi 1-bosqich talabalari “Ansambl” fanidan oraliq imtihon topshirdilar.

✔️Imtihon jarayonini Maqom xonandaligi kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan iborat komissiya baholab bordi. Jarayonda fakultet dekani S. Alimov hamda kafedra mudiri O‘. Rasulov ishtirok etib, baholash jarayonlarini nazorat qildilar.


😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏2🔥1
#Murojaat
#Onlayn_qabul

⚫️2025-yil 27-oktabr kuni soat 17:00 da Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI rektori v.b. Eldor Shermanovning onlayn qabuli bo‘lib o‘tadi.

📑Onlayn qabulda ishtirok etish istagida bo‘lganlar O‘zMMSI’ning https://www.tg-me.com/uzmmsi_official telegram kanali orqali tashkil etilayotgan “Videochat”ga ulanishlari hamda “Qo‘l ko‘tarish” belgisi orqali murojaatlari borligini ma’lum qilishlari lozim.

Qabul davomida quyidagi masalalar yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqiladi:

🟢o‘quv jarayonlarini tashkil etish;
🟢madaniy-ma’rifiy tadbirlar;
🟢oliy ta’limdan keyingi bosqichdagi ta’lim jarayonlari;
🟢turar joy bilan ta’minlash hamda ijara to‘lovlarini qoplab berish masalalari.

Eslatma: murojaatchining Telegram akkauntida to‘liq ism-sharifi va aloqa uchun telefon raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Aks holda murojaat qabul qilinmasligi mumkin.
Onlayn qabulda faol ishtirok eting!


😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
2025/10/26 02:44:25
Back to Top
HTML Embed Code: