Telegram Web Link
🎶Uchrashuv doirasida milliy kuy-qo‘shiqlar taqdim etildi

⚫️Anqara Yildirim Boyazid Universiteti delegatsiyasining tashrifi doirasida institut o‘qituvchi va talabalari ijrosida milliy musiqalarimiz mehmonlarga tuhfa etildi.

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍621
🔶TÜRKÜNİB 8-Bosh Assambleyasi — ilm va birdamlik bayrami

⚫️Joriy yilning 15-oktyabr kuni boshlangan "Turkiy universitetlar ittifoqi (TÜRKÜNİB)"ning “Ilmdan o‘zga najot yo‘q” shiori ostidagi 8-Bosh Assambleyasi o‘z yakuniga yetdi.

✔️Assambleyaning ikkinchi qismi Toshkentdagi Turkiy davlatlar xalqaro universitetida bo‘lib o‘tdi. Unda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI rektori Eldor Shermanov hamda institut vakillari ham faol ishtirok etishdi.

✔️Mazkur yig‘ilish Turkiy birdamlik, akademik hamkorlik va madaniy integratsiyaning muhim bosqichi sifatida e’tirof etildi. Unda Turkiy davlatlar tashkilotining Kotibiyati rahbarlari, TÜRKÜNİBga a’zo 100 dan ortiq universitetlar rahbariyati, ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar hamda taniqli olimlar ishtirok etdi.

Ushbu Assambleya turkiy dunyo ilmiy hamjamiyati o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va ma’naviy yaqinlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.


#Xalqaro_hamkorlik

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1


Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI institut madhiyasi uchun tanlov e’lon qilinadi!

Hurmatli professor, o‘qituvchilar, ijodkorlar va talabalarimiz !
Institutimiz madhiyasini yaratish bo‘yicha tanlovda ishtirok eting. Madhiyada institutimiz qadriyatlari, milliy musiqamiz ruhi va yosh avlodning ijodiy ruhiyati ifoda etilishi lozim.

📥 Batafsil ma’lumot va ishtirok uchun:
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

📞Telefon: +998991410796
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👏1🎉1
⚡️Turkiyaning yetakchi universitetlari bilan yangi hamkorlik aloqalari o‘rnatildi!

⚫️Kuni kecha,16-oktabr kuni, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI rahbariyati Turkiyaning ikki nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Anqara musiqa va go‘zal san’atlar universiteti hamda Karamano‘g‘li Mehmedbey Universiteti rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

✔️Uchrashuvlarda institut rektori, professor Eldor Shermanov, prorektor Anvar Norbekov va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Azamat Nurmatov ishtirok etdilar.

🎓 Anqara musiqa va go‘zal san’atlar universiteti tomonidan uchrashuvda rektor, professor, doktor Erhan Özden qatnashdi.
🎓 Karamano‘g‘li Mehmedbey Universiteti tomonidan esa rektor, professor, doktor Mehmet Gavgalı, shuningdek, doktorlar Umit Chil va Gulina Yusupova ishtirok etdilar.

📑 Suhbat davomida tomonlar o‘zaro ilmiy, madaniy va ijodiy yo‘nalishlarda hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

#Xalqaro_hamkorlik

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥2
2025/10/27 18:03:37
Back to Top
HTML Embed Code: