Telegram Web Link
⚫️Rektor Eldor Shermanov Anqara Musiqa va Go‘zal San’atlar Universiteti delegatsiyasini institut faoliyati bilan tanishtirdi

✔️Mehmonlarga o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari, talabalarga yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, shuningdek, milliy musiqa merosini asrab-avaylash va targ‘ib etish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

✔️Professor Erhan Özden institutda yaratilgan ijodiy va ilmiy muhit, o‘quv binolari hamda milliy musiqa san’atiga bag‘ishlangan boy fondlar bilan yaqindan tanishib, o‘zining yuksak taassurotlarini bildirdi.


#Xalqaro_hamkorlik

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍21🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Xorijiy_OAV

⚡️Xabaringiz bor, Tashkent International University mezbonligida Turkiy universitetlar Ittifoqining 8-Bosh Assambleyasi davomida institutimizning a’zolik arizasi ishtirokchilar tomonidan bir ovozdan ma’qullangan edi.

📎Mazkur jarayon xorijiy OAV nigohida tahlil qilindi.

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41👏1
⚡️O‘zMMSI delegatsiyasi Istanbuldagi QS reytingining TOP-300 taligiga kiruvchi universitet bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqda

⚫️Ayni damda Turkiyadagi O‘zbekiston madaniyat, birdamlik va hamkorlik jamiyati boshqaruv kengashi raisi Chokay Kochar taklifiga binoan, institutimiz rektori Eldor Shermanov hamda boshqarma boshlig'i Bahtiyor Bozorboyev Turkiyaning Istanbul shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdilar.

✔️Tashrif davomida delegatsiya 1773-yilda sulton Mustafo III davrida “Mühendishâne-i Bahrî-i Hümâyûn” nomi bilan tashkil etilgan, bugungi kunda dunyoga mashhur Istanbul Texnika Universitetida bo‘ldi.

⚫️Uchrashuv chog‘ida institut vakillari universitetning fakultetlari, ta’lim dasturlari va ilmiy faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, delegatsiya ushbu oliygoh tarkibidagi Turkiya Musiqasi Davlat Konservatoriyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Uchrashuv yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida “Cholgu sozlarini yasash” ta’lim yo‘nalishi o‘quv jarayonini takomillashtirish, qo‘shma konsertlar tashkil etish, musiqa adabiyoti bo‘yicha tarjima ishlarini hamkorlikda rivojlantirish, shuningdek, xalqaro konferensiyalar va seminarlar tashkil etish kabi qator masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, kelgusidagi hamkorlik doirasida O‘zMMSIning 2 nafar professor-o‘qituvchisi hamda 2 nafar talabasi Istanbul Texnika Universitetida bepul malaka oshiradi.

📎Ma’lumotlarga ko‘ra, 38 ming nafar faol talabaga ega bo‘lgan mazkur oliygoh xalqaro reytinglarda TOP-300 talik universitetlar qatoriga kiradi.
#Xalqaro_hamkorlik

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81👏1
2025/10/21 22:13:16
Back to Top
HTML Embed Code: