Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

🔠 Onam meni suygan kabi suydim seni,
Jon jomimga hayotim deb quydim seni.
Bu dunyoga kelib, go‘dak chog‘im ilk bor,
Onajonim allasida tuydim seni.

Sen muhabbat, mehrga kon, Ona tilim,
Ham g‘ururu ham sharaf-shon, Ona tilim.
Qadrimiz, qudratimiz sen bilan baland,
Jonimiz senga fido, jon Ona tilim.

🇺🇿 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami kuni”

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
🇺🇿Ona tilimiz — milliy o‘zligimizning eng yuksak ifodasi

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “O‘zbek tili-qalbim tarjimoni” deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni "Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar" bo‘yicha birinchi prorektor Davlat Ximmatov o‘zbek tilining boy tarixi, milliy o‘zlik va ma’naviyatimizdagi o‘rni haqidagi nutqi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Abdullayeva Oqilaxon bayram munosabati bilan institut jamoasiga tabrik yo‘lladi.

Dasturda mohir sozanda va xonandalar tomonidan ijro etilgan “Onajon tilim”, “Ona tilim”, “So‘z qudrati”, “Muborakbod” kabi kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlarda chuqur taasurot qoldirdi.

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🎉1
21-oktabr – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida Vatanimiz tarixiga abadiy muhrlangan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbek tili bayrami kuni sifatida belgilangani esa uning ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi ahamiyatini yanada oshirdi.

Bugun bayram munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda davlatimiz rahbarining xalqimizga tabrigini o‘qib eshittirdim.

Qutlovda so‘nggi sakkiz yilda amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlar natijasida o‘zbek tili rivojida yangi davr boshlangani ta’kidlangan. Tilimizning davlat tili sifatidagi o‘rni va maqomini mustahkamlash, zamonaviy ilm-fan, axborot texnologiyalari va xalqaro munosabatlar tiliga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar qilinayotgani qayd etilgan.

Shu bilan birga, til siyosatini yanada takomillashtirish, raqamli olamda o‘zbek tilidagi axborot va manbalarni ko‘paytirish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanib ona tilimizni rivojlantirish zarurligiga e’tibor qaratilgan.

Qayd etilganidek, bu dolzarb masala ijodkor ziyolilarimiz, ta’lim-tarbiya, madaniyat, yoshlar, mahalla, xotin-qizlar tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari faoliyatida doimo markaziy o‘rinda turishi, butun jamiyatimizda umummilliy harakatga aylanishi kerak.

Davlatimiz rahbari o‘z tabrigida milliy o‘zligimiz timsoli bo‘lgan jonajon o‘zbek tilimiz yanada ravnaq topishini tiladilar.

21 октября навсегда вписан в историю нашей Родины как день, когда узбекскому языку был придан статус государственного. По инициативе Президента Шавката Мирзиёева этот день был объявлен Праздником узбекского языка, что еще больше усилило его значимость в общественно-политической жизни страны.

Сегодня на торжественном мероприятии, посвященном этому празднику, я зачитал поздравление главы нашего государства народу Узбекистана.

В поздравлении отмечается, что в результате исторических реформ, проводимых в последние восемь лет, в развитии узбекского языка начался новый этап. Подчеркиваются широкомасштабные усилия по укреплению его статуса как государственного языка, превращению его в язык современной науки, информационных технологий и международных отношений.

Одновременно в поздравлении обращается внимание на необходимость дальнейшего совершенствования языковой политики, наращивания информации и источников на узбекском языке в цифровом пространстве, а также использования возможностей искусственного интеллекта для развития родного языка.

Как отмечается в послании, этот актуальный вопрос должен находиться в центре внимания творческой интеллигенции, представителей сфер образования и воспитания, культуры, молодежных, махаллинских, женских организаций, средств массовой информации и превратиться в общенациональное движение.

Президент в своем поздравлении выразил пожелание, чтобы узбекский язык, являющийся источником самосознания нашего народа, становился все богаче и прекраснее с каждым днем.

Facebook|Instagram|X
1👍1🔥1👏1
🇺🇿🇹🇷 Istanbul shahar hokimligi bilan hamkorlikda yangi tashabbuslar belgilandi

#Xalqaro_hamkorlik

📑Kuni kecha institutimiz rektori Eldor Shermanov Istanbul shahridagi xizmat safari doirasida Istanbul shahar hokimligi (İstanbul Büyükşehir Belediyesi) Xalqaro aloqalar agentligi rahbari Barbaros Büyüksağanak bilan madaniy hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalarida uchrashuv o‘tkazdi.

✔️“Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 536-sonli qarorida belgilanganidek, institutning asosiy vazifalaridan biri — milliy musiqa san’atimizni xorijiy mamlakatlarda targ‘ib etishdir.

Mazkur yo‘nalishdan kelib chiqib, Istanbul shahar hokimligi bilan hamkorlikda har olti oyda bir marotaba Istanbulning aholi gavjum joylari hamda sahnalarida institut ijodiy jamoalari ishtirokida konsert dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasida madaniy almashinuvni mustahkamlash, musiqiy san’at orqali madaniy diplomatiyani rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.


😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74🎉1
2025/10/25 07:48:37
Back to Top
HTML Embed Code: