Telegram Web Link
⚡️Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Kengashining 3-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun 2-oktyabr kuni Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI Kengashining 3-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institut kengashi a'zolari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va topshiriqlari ijrosi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash masalalari, “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o'tkazilgan tadbirlar, shuningdek, “Maqom ijodi oltin fondi”ni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, 2025–2026-o‘quv yili o‘quv mashg‘ulotlari jadvali, fundamental tadqiqotlar tanlovi uchun grant loyihalari, ta’lim xizmatlari eksporti, vakant lavozimlarga tanlov masalalari hamda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy mavzulari va xalqaro ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi rejalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1🎉1
​​📣DIQQAT, SEMINAR!

📰Yuqori reytingli jurnallarda, ayniqsa, global Web of Science ma'lumotlar bazasiga kiritilgan yuqori impakt faktorli mos nashrni tanlash, xalqaro ma'lumotlar bazasida maqolani muvaffaqiyatli indekslash yo'lidagi birinchi qadamdir. Ayni mavzuga oid maʼlumotlarga ega bo‘lmoqchimisiz? Unda ushbu seminar siz uchun!

🧾Seminar mavzusi:
WEB OF SCIENCE PLATFORMASIDA MAQOLALAR TAHLILI VA YO‘NALISHIGA MOS JURNAL TANLASH

🎓 Maʼruzachi: Mirzalimov Ulugbek Artikovich “I-EDU Group” mustaqil tadqiqot tashkiloti direktori

📆Oʻtkazilish joyi va vaqti: 3-oktabr kuni soat 15:00 da 112-auditoriyada

📎Barcha doktorantlar, izlanuvchilar, yosh olimlar va tadqiqotchilarni ushbu seminarga taklif etamiz!

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2👏1
12:00:00-13:00:00
RADIO 24
#OAV_biz_haqimizda

Radio

😄 Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida "Maqom ijrochiligida ustoz-shogirt an'analari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷 Instagram | 🖤 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1🎉1😍1
#O‘zMMSI_Matbuot_xizmati

😁 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoniga muvofiq, baxshichilik va katta ashula yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi ― Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining rasmiy sahifalari orqali tezkor va ishonchli axborotga ega bo‘ling!

🌍 Rasmiy sayt
👉 www.uzmmsi.uz
🌐 Telegram
👉 www.tg-me.com/uzmmsi_official
🌐 Instagram
👉https://www.instagram.com/uzmmsi_official
🌐 Facebook
👉 https://www.facebook.com/uzmmsi
🌐 Youtoube https://www.youtube.com/channel/UCjBgoJxBRFXIqdqkKSVjjqQ

O‘zMMSI elektron kutubxona
👉 www.tg-me.com/uzmmsi_arm
O‘zMMSI ma’naviyat
👉 www.tg-me.com/uzmmsi_manaviyat
O'zMMSI ilm fan va innovatsiya
👉 https://www.tg-me.com/uzmmsi_ilmfan

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌍 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉21👍1👏1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 QURULTOY PODCASTda – Baxshichilik haqida yangi son!

🎼Baxshichilik – bu faqat doston emas, balki bir aktyorning jonli teatri. Unda so‘z, ovoz va musiqa bir butun bo‘lib, ming yillar davomida ustozdan shogirdga, otadan o‘g‘ilga og‘zaki tarzda yetib kelgan buyuk an’anani aks ettiradi.

- Dostonchilik maktabi qanday tashkil etilgan?
- Og‘zaki an’anadan pedagogik tizim qanday yaratilmoqda?
- Nega ijrochiga faqat so‘z va ohang emas, balki nafas, ovoz, artikulyatsiya va ruhiy holat ham o‘rgatiladi?
- Va nihoyat, “Alpomish” bugungi avlod ijrosida qanday yangramoqda?


📎Javoblarni va qiziqarli suhbatni siz “QURULTOY” podcastining yangi sonida topasiz!

👉 HAVOLA: https://youtu.be/mm3BfI1xz-M?si=yLLkIv2BONm_gt-J

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👍1👏1
⚡️O‘zMMSI rektori dars jarayonlari bilan tanishdi

Bugun Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori v.b, professor Eldor Shermanov dars jarayonlari bilan tanishib, talabalar bilan uchrashdi.

Muloqotda talabalarga yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish, institut moddiy-texnik bazasini asrab-avaylash, o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlarida qatnashish haqida aytib o‘tildi.

Shuningdek, yakka va ansambl mashg‘ulotlarida talabalarning ijro namunalarini tinglab, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Mavjud ba’zi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriq va vazifalar berildi.

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷 Instagram | 🖤 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3👏21
🎤🎤🎤🎤

Joriy yilning 18-28-sentyabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida Haydar Aliyev Fondi va Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi o‘zaro hamkorligida tashkil etilgan, zamonaviy Ozarbayjon professional musiqa san’ati va milliy operasi asoschisi, Ozarbayjon xalq artisti, akademik, atoqli kompozitor Uzeir Hojibeyli tavalludining 140 yilligiga bag‘ishlangan XII Xalqaro “Beynalxalq musiqa festivali” bo‘lib o‘tdi. Festival dasturidan bir qator konsertlar va ijodiy uchrashuvlar, xususan, turkiy davlatlar kompozitorlari asarlaridan konsert o‘rin egalladi.

Ushbu nufuzli tadbirda Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston, Tatariston, Boshqirdiston, Qozog‘iston va Turkmaniston kabi davlatlar kompozitorlarining asarlari bilan bir qatorda, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti “Kompozitorlik, bastakorlik va umumiy fortepiano” kafedrasi o‘qituvchisi, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi, kompozitor Akmal Safarov ham maqomlar asosida yaratilgan “Simfonik raqs” bilan ishtirok etdi.

😁O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷 Instagram | 🖤 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔆🔆🔆🔆🔆🔆🔆

🖼 Milliy libos – millatimiz ruhi, qadriyatlarimiz aksidir.

Har bir xalqning o‘ziga xos urf-odati, madaniyati va kiyinish uslubi bor. Bizning milliy liboslarimiz – atlas, adras, do‘ppi, zardo‘z kiyimlar – ajdodlarimizning go‘zallikka, nafislikka va tarbiyaga bo‘lgan yuksak e’tiborini ifodalaydi. Milliy qadriyatlarimiz esa bizni birlashtiradi, kimligimizni eslatadi va yosh avlodga yo‘l ko‘rsatadi. Ularga hurmat – o‘zligimizga sadoqatdir.

⭐️ Biz juma kuni ish faoliyatini milliy libosda boshladik. Siz-chi?

😁O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷 Instagram | 🖤 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥3🎉3👏1
2025/10/31 14:57:42
Back to Top
HTML Embed Code: