Telegram Web Link
⚡️O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Matluba Dadaboyeva 70 yoshda!

✔️Xabaringiz bor, bugun Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSIda O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti, ustoz san’atkor Matluba Dadaboyevaning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o'tiladi deya xabar berilgan edi.

✔️Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda institut rektori v.b. Eldor Shermanov ishtirok etib, Matluba Dadaboyevani ushbu ulug‘ yosh bilan samimiy tabriklab, san’at sohasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati uchun chuqur ehtirom bildirdilar.

✔️Shuningdek, tadbirda institut ustoz va talabalari, san’at ahli hamda mehmonlar ishtirok etib, ustoz san’atkorning boy ijodiy faoliyati, milliy musiqamiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi yuksak qadrlanib, iliq tilaklar bildirildi.

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
⚡️Nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik yo'lga qo'yiladi

✔️Bugun 6-oktyabr kuni Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI rektori v.b. Eldor Shermanov O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi Kamoliddin Ishanxo‘jayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✔️Muloqot davomida institut tashabbusi bilan ilgari surilayotgan bir qator istiqbolli loyihalar, ularning ijtimoiy-madaniy ahamiyati va amaliy natijadorligi yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda nodavlat sektor bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

✔️Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏421👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident

⚡️ Prezidentimiz Gabala shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida nutq so‘zladi.

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
🎤🎤🎤🎤

O‘zbekiston davlat simfonik orkestri huzuridagi Milliy cholg‘ular ansamblining musiqa albomi taqdimoti hamda konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Unda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori v.b, professor Eldor Shermanov hamda institutning bir qator professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari ham ishtirok etdi.

Dastur davomida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti “Maqom cholg'u ijrochiligi” kafedrasi mudiri, dotsent, O‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Ilyos Arabov hamda “Maqom xonandaligi” kafedrasi dotsenti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mohichehra Shamuratovalar va orkestr xonandalari tomonidan milliy musiqa san’atimiz aks etgan durdona asarlar ijro etildi.

O‘zbekiston davlat simfonik orkestri bugun nafaqat jahon musiqa san’atini targ‘ib etish va rivojlantirish balki, milliy musiqa san’atini xalqimiz va ayniqsa yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etishda faol ishtirok etmoqda.


😁O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷 Instagram | 🖤 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏4👍3🔥1🎉1
2025/10/22 10:19:54
Back to Top
HTML Embed Code: