Telegram Web Link
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ayni kunlarda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining bir qator professor-o‘qituvchilari Qozogʻistonning Olmaota shahrida bo‘lib turishibdi.

Jarayonda Qurmangʻozi nomidagi Qozogʻiston milliy konservatoriyasida Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti “Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi dotsenti Abror Zufarov tomonidan “Shashmaqom ladlarining nazariy asoslari (Navo maqomi misolida)” mavzusida mahorat darsi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda “Maqom cholgʻu ijrochiligi” kafedrasi katta oʻqituvchisi Go'zal Muminova va “Vokal va cholgʻu pedagoglari tayyorlash” kafedrasi katta oʻqituvchisi Sherzod Nazarov hamda mazkur oliygohning professor-o‘qituvchilari talaba-yoshlari ishtrok etdi.

Mahorat darsi davomida Abror Zufarov oʻzining ilmiy tadqiqot natijalarini — "Shashmaqom ladlarining mikrotonal tuzilishini tiklash va anʼanaviy tizimni zamonaviy musiqiy amaliyotga moslashtirishga" bagʻishlangan ishini taqdim etdi.

😁O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷 Instagram | 🖤 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
42👍2👏2🔥1
#Live

⚡️Ayni paytda “Milliy o‘zlik ovozi: Uzeyir Hajibeyli tavalludining 140 yilligi” mavzusidagi xalqaro onlayn konferensiya YouTube sahifamizda jonli efirda uzatilmoqda.

🇺🇿 Tadbirda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI rektori v.b., professor Eldor Shermanov ishtirok etmoqda.

🔗 Tomosha qiling: https://www.youtube.com/live/ZJLG9CqYCb0?si=jPKeVQCkvrncyCJm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

TV

😄 Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institituda O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Matluba Dadaboyevaning yubiley 70 yilligi nishonlandi.

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷 Instagram | 🖤 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👏2👍1🤩1
#Matbuot_rakursi

⚡️ Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida o'tkazilgan “Chegara bilmas maqom” nomli konsert dasturidan maxsus..

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷 Instagram | 🖤 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏1
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

⚡️ O'zMMSIda O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkilotining hisobot-saylov yig'ilishi o'tkazildi

Bugun Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutidagi O'zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotining hisobot-saylov yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Mazkur yig'ilishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi Tashkiliy kadrlar va boshlangʻich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshlig'i Shavkat Abdug'afforov ishtirok etdi. Jarayonda O'zMMSI rektori v.b. Eldor Shermanov institut miqyosida saylangan O‘zMMSI Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi hamda koordinatorlarini yangi o'quv yilidagi mas'uliyatli yo'nalish bilan qutlab, har bir koordinatorga o'zining katta ishonchini bildirib o'tdi.

Hisobot-saylov yig'ilishi yakunida institut miqyosida saylangan Yoshlar Ittifoqi BT yetakchisi hamda yo‘nalishlar kesimida talaba-koordinatorlar jamoaga tanishtirildi.

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷 Instagram | 🖤 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥21👏1
2025/10/23 17:49:56
Back to Top
HTML Embed Code: