Telegram Web Link
⚡️Ilmiy izlanish — innovatsion taraqqiyot poydevori

✔️Bugun Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Anvar Norbekov institut doktorantlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

✔️Suhbat davomida ilmiy izlanishlarning dolzarbligi, natijadorlikni oshirish, ilmiy maqolalarni xalqaro bazalarda nashr ettirish, shuningdek, innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

✔️Anvar Norbekov o‘z nutqida ilmiy tadqiqotlar tizimida zamonaviy yondashuv, tartib-intizom va natijaga yo‘naltirilganlik muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, doktorantlarni yuqori natijadorlikka intilish, tizimli izlanish olib borish va ilmiy faollik ruhida harakat qilishga chorladi.

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52👏21🔥1
#Live

⚡️ Ayni damda poytaxtda vazir Ozodbek Nazarbekov boshchiligida teatr, kino, ta’lim va madaniy faoliyat sohalarida o'tgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi va IV chorakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar haqida yig‘ilish boshlandi.

Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama etilmoqda:

✔️ teatr;
✔️ kino;
✔️ ta’lim;
✔️ madaniy faoliyat.

🔹 Telegram 🔹 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Live

Tanqidiy ruhda o‘tayotgan yig‘ilishning kun tartibidagi birinchi masala - teatr yo‘nalishi tahlil etilmoqda.

Hisobot davrida teatrlarda 8 188 ta spektakl namoyishi o‘tkazilib, 2,8 mln nafar tomoshabin tashrif buyurgan.

Biroq, ayrim teatrlar faoliyatida kamchiliklar ko‘zga tashlanmoqda, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishishda oqsoqliklar kuzatilmoqda.

Xususan, rejaga muvofiq namoyish etilishi belgilangan spektakllar amalda yetarli foizga bajarilmaganligi, tomoshabinlarni jalb qilish rejasi ba’zi teatrlar tomonidan bajarilmaganligi, chipta xo‘jaligini yuritishda kamchiliklarning kuzatilganligi, sahnalashtirilishi belgilangan spektakllarning amalda to‘liq sahnalashtirilmaganligi, Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Chipta Operatsiyalarining Yagona Elektron Tizimi (BOYAET) tizimi orqali chipta sotish belgilangan bo‘lsa-da, ba’zi teatrlarda tizimdan foydalanmasdan yoki qisman foydalangan holda faoliyat yuritib kelayotganligi, “Do‘stlar klubi” doirasida hokimliklar teatrlar uchun homiylik mablag‘i ajratilishi belgilanganligi, ichki audit bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida bir qator teatr muassasalarida Davlat xaridlari to‘g‘risidagi Qonun talablariga rioya qilinmagan holatlar aniqlanganligi ma’lum qilinib, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Shuningdek, teatr rahbarlari bilan birgalikda, tashkilot buxgalteri, huquqshunosi va moliyaga javobgar direktor o‘rinbosari teng javobgar ekanligi ta’kidlandi.

🔹 Telegram 🔹 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
#Live

Kun tartibidagi ikkinchi masala, kino sohasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev hisobot berdi.

Unda, milliy kinematografiyani keng targ‘ib etish yuzasidan nufuzi va reytingi baland xalqaro onlayn platformalarning talablariga mos ravishda davlat buyurtmasi asosida “Va’da”, “Qutqaruvchi” (“Uzilgan gulim”), “Paxta”, “Adolat”, “Umida” (Fudziyama haqida tush), “Uyga qaytish”, “Bir kuni Samarqandda”, “Daydi shamol”, “Cho‘liq”, "Piramida", “Mening mahallam”, “Ulug‘ Amir va donna Mariya”, “Shamsiqamar”, “Amaliyotchi qiz”, "Bir paytlar So‘qoqda" hamda "Qora kitob" nomli 16 ta badiiy film ishlab chiqilib, 2025 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida namoyishlari tashkil etilganligi;

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida dunyodagi eng ommabop internet platformalariga 5 ta milliy filmlar joylashtirilganligi;

2025-yilning I choragida 4 ta, II choragida 7 ta hamda III choragida 6 ta, jami jahonning eng nufuzli 17 ta xalqaro kinofestivalida o‘zbek kinoijodkorlari hamda milliy filmlarining ishtiroki ta’minlanganligi;

Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda harbiy-vatanparvarlik mavzusida “Uch qahramon” nomli badiiy film ishlab chiqilib, taqdimoti o‘tkazilganligi, shu bilan birga ikkinchi jahon urushida qahramonlik ko‘rsatgan vatandoshimiz Mamadali Topvoldiyevning jasorati to‘g‘risida “O‘zbek arsloni (Kazbek)” badiiy filmini Belarus Respublikasida suratga olish ishlari o‘z yakuniga yetkazilganligi hamda ayni damda ijodiy guruh Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida suratga olish ishlarini olib borayotganligi;

Milliy qahramonlar haqida hikoya qiluvchi quyidagi multiplikatsion film va seriallar ishlab chiqarilganligi;

“Tirik tarix” filmlar turkumini yaratish dasturi tasdiqlanganligi hamda Milliy komissiya va Milliy kengash faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi;

“Tirik tarix” filmlar turkumi yuzasidan dasturga kiritilgan 54 ta filmdan 4 tasi yaratilib, taqdimotlari bo‘lib o‘tganligi, shuningdek, hozirga qadar tanlovlar asosida qolgan 50 ta filmdan 28 tasi ishlab chiqarishga tushirilganligi;

Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Vengriya, Tojikiston, Hindiston, Pokiston kabi davlatlar bilan jami 16 ta film bo‘yicha hamkorlik kelishuvlari va shartnomalar imzolanganligi;

Tirik tarix” dasturiga kiritilgan filmlarni ishlab chiqarishga “TURKSOY” va boshqa xalqaro tashkilotlar mutaxassislari hamda 10 dan ortiq mamlakatdan xalqaro ekspertlar jalb etilganligi ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, kelgusidagi rejalar ma’lum qilindi.


🔹 Telegram 🔹 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
2025/10/21 22:56:03
Back to Top
HTML Embed Code: