Telegram Web Link
⚡️Anqara Yildirim Boyazid Universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi! 🇺🇿🇹🇷

⚫️Bugun,16-oktabr kuni, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI hamda Anqara Yildirim Boyazid Universiteti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

⚫️Uchrashuvda institut rektori, professor Eldor Shermanov, prorektor Anvar Norbekov, hamda xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Azamat Nurmatov ishtirok etishdi.

⚫️Turkiya tomonidan esa professor, doktor Ali Cengiz Köseoğlu — Anqara Yildirim Boyazid Universiteti rektori qatnashdi.

📑 Suhbat chog‘ida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat kelgusida musiqashunoslik, xalq ijodiyoti va ta’lim sohalarida ilmiy-amaliy almashinuvni rivojlantirishga xizmat qiladi.


😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍41
🎶Uchrashuv doirasida milliy kuy-qo‘shiqlar taqdim etildi

⚫️Anqara Yildirim Boyazid Universiteti delegatsiyasining tashrifi doirasida institut o‘qituvchi va talabalari ijrosida milliy musiqalarimiz mehmonlarga tuhfa etildi.

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍621
🔶TÜRKÜNİB 8-Bosh Assambleyasi — ilm va birdamlik bayrami

⚫️Joriy yilning 15-oktyabr kuni boshlangan "Turkiy universitetlar ittifoqi (TÜRKÜNİB)"ning “Ilmdan o‘zga najot yo‘q” shiori ostidagi 8-Bosh Assambleyasi o‘z yakuniga yetdi.

✔️Assambleyaning ikkinchi qismi Toshkentdagi Turkiy davlatlar xalqaro universitetida bo‘lib o‘tdi. Unda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI rektori Eldor Shermanov hamda institut vakillari ham faol ishtirok etishdi.

✔️Mazkur yig‘ilish Turkiy birdamlik, akademik hamkorlik va madaniy integratsiyaning muhim bosqichi sifatida e’tirof etildi. Unda Turkiy davlatlar tashkilotining Kotibiyati rahbarlari, TÜRKÜNİBga a’zo 100 dan ortiq universitetlar rahbariyati, ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar hamda taniqli olimlar ishtirok etdi.

Ushbu Assambleya turkiy dunyo ilmiy hamjamiyati o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va ma’naviy yaqinlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.


#Xalqaro_hamkorlik

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1


Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI institut madhiyasi uchun tanlov e’lon qilinadi!

Hurmatli professor, o‘qituvchilar, ijodkorlar va talabalarimiz !
Institutimiz madhiyasini yaratish bo‘yicha tanlovda ishtirok eting. Madhiyada institutimiz qadriyatlari, milliy musiqamiz ruhi va yosh avlodning ijodiy ruhiyati ifoda etilishi lozim.

📥 Batafsil ma’lumot va ishtirok uchun:
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

📞Telefon: +998991410796
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👏1🎉1
2025/10/20 06:43:29
Back to Top
HTML Embed Code: