Telegram Web Link
✏️Karamano‘g‘li Mehmedbey Universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi!

✔️Hamkorlik uchrashuvlari doirasida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI va Turkiyaning Karamano‘g‘li Mehmedbey Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

📑Hujjat ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida musiqiy ta’lim, xalq ijodi, ilmiy tadqiqotlar va madaniy almashinuv yo‘nalishlarida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

✍️Tomonlar o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma loyihalar va ijodiy dasturlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar.


#Xalqaro_hamkorlik

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Diqqat tanlov!

⚡️ O‘zbekiston xalq artisti, buyuk sozanda va bastakor Turg‘un Alimatov nomidagi respublika teletanlovi e’lon qilinadi!

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati instituti va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu tanlov milliy cholg‘uchilik san’atini yanada rivojlantirish, yosh iste’dodlarni kashf etish va ustoz Turg‘un Alimatov ijro maktabi an’analarini davom ettirishga qaratilgan.

Tanlovda 17 yoshdan - 25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar tanbur, dutor va sato ijrochiligi yo‘nalishlarida ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirokchilar ustoz Turg‘un Alimatov uslubidagi asarlarni yoddan, jonli ijroda taqdim etadilar.

Teletanlovning yakuniy bosqichi 23-24-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Milliy musiqamizning abadiy sadosini davom ettiring — Turg‘un Alimatov nomidagi respublika tanlovi sizni kutmoqda!

Hujjatlar 21-oktyabrga qadar qabul qilinadi. Murojaat uchun telefon: +998 97 000 80 75

Tanlov nizomi: Havola


Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🎵Uchrashuvning badiiy qismi milliy kuy-qo‘shiqlar bilan boyitildi

Karamano‘g‘li Mehmedbey Universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolanishi doirasidagi uchrashuvning badiiy qismida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI bo‘lim va kafedralari o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida “Doston ijrochiligi” kafedrasi, “Maqom xonandaligi” kafedrasi va “Maqom cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi o‘qituvchi va talabalari tomonidan turli hududlarga mansub boy musiqa merosimiz namunalari ijro etildi.

🎵Mehmonlarga Buxoro shashmaqomi, Farg‘ona–Toshkent maqom yo‘llari, Xorazm baxshichilik san’ati, Surxondaryo va Qashqadaryo baxshichilik san'ati, shuningdek, Qoraqalpoq milliy kuy-qo‘shiqlari tuhfa etildi.

✔️Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro esdalik sovg‘alarini almashdilar, bu esa do‘stona aloqalarning mustahkamlanishiga ramz bo‘ldi.


#Xalqaro_hamkorlik

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
🔹🔹🔹🔹

⚡️O'zMMSIda “Baxshichilik san’ati milliy va umuminsoniy qadariyalar namunasi sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi.

Bugun Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutida “Baxshichilik san’ati milliy va umuminsoniy qadriyatlar namunasi sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi. Mazkur seminarda baxshichilik va dostonchilik sohasining bir qator professor-o'qituvchilari, ijodkor-talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Seminar davomida o‘zbek xalq og‘zaki ijodining be'baho namunasi bo‘lgan baxshichilik san’atini chuqur o‘rganish, uning tarixi, bugungi kundag ahamiyati hamda yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni, shu bilan birga, baxshichilik orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Seminar yakunida ijodkor talabalar tomonidan Qashqadaryo-Surxondaryo, Qoraqalpog'iston, Xorazm baxshisi ijro namunalari tashrif buyurganlarga taqdim etildi.

😁O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷 Instagram | 🖤 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
43🔥2👍1👏1
2025/10/27 11:11:45
Back to Top
HTML Embed Code: