Telegram Web Link
🟦🟦🟦

⚡️O‘zbekiston xalq artisti, buyuk sozanda va bastakor Turg‘un Alimatov nomidagi respublika teletanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yiI 25-dekabrdagi PQ-406-son qarorida belgilangan vaifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, 23-24-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida O‘zbekiston xalq artisti, buyuk sozanda va bastakor Turg‘un Alimatov nomidagi respublika teletanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Teletanlovining taqdirlash qismida Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti rektori Eldor Shermanov barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Mazkur teletanlovda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining bir qator professor-o‘qituvchilari, jumladan, A.Zufarov, T.Qo‘ziyev, U.Rasulov, Sh.Xolxo‘jayev, F.Mirzayevlar hakamlar hay’ati tarkibida ishtirok etishdi.

Tanlovda 17 yoshdan - 25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar tanbur, dutor va sato ijrochiligi yo‘nalishlarida ishtirok etib, ustoz Turg‘un Alimatov uslubidagi asarlarni yoddan, jonli ijroda taqdim etdilar.

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷Instagram | 🖤 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥3👏3🎉1🤩1
⚡️ Turg‘un Alimatov nomidagi respublika teletanlovining g‘olib ishtirokchilari bilan tanishing.

⚫️1-o‘rin:
Dutor yo‘nalishi bo‘yicha: Norimboyeva Nodira
Tanbur yo‘nalishi bo‘yicha: Abdurashidov Iskandar
Sato yo‘nalishi bo‘yicha: Pulatov Mamurjon
⚫️2-o‘rin:
Dutor yo‘nalishi bo‘yicha: Hayitboyev Javlonbek
Tanbur yo‘nalishi bo‘yicha: Raximberganov Og‘abek
Sato yo‘nalishi bo‘yicha: Xudoyorov Kamronbek
⚫️3-o‘rin:
Dutor yo‘nalishi bo‘yicha: Rustamjonova Muhabbatxon
Tanbur yo‘nalishi bo‘yicha: Mamatisayev O‘ktamjon
Sato yo‘nalishi bo‘yicha: Eraliyev Begali

⚫️Eng yosh umidli sozanda nominatsiya g‘olibi: Ismatov Mironshoh


😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌐 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | ✈️ Telegram | 📒 Facebook | 📷Instagram | 🖤 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
75👏4🔥1🎉1
⚡️DIQQAT E’LON

⚫️Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida tanlov e’lon qilinadi!

📎Tanlov yo‘nalishlari:

🟢“Korrupsiya taraqqiyot kushandasi!” mavzusida Eng yaxshi insho tanlovi
🟢“Biz korrupsiyaga yo‘q deymiz!” shiori ostida Eng yaxshi maqola tanlovi

📑Tanlov uchun tayyorlangan insho va maqolalarni 2025-yil 29-oktyabr kuniga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektoriga
(tel.: 94 105-16-46) topshirish mumkin.

🏆 G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlanadilar!
Barcha ijodkor talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22👍1🔥1🎉1💯1
⚡️Talaba-yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi

✔️Joriy yilning 24-oktabr kuni Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida 1-bosqichga qabul qilingan talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

✔️Mazkur tadbirda "Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar" bo‘yicha birinchi prorektor Davlat Ximmatov, institut "Xotin-qizlar maslahat kengashi" raisi Go‘zal Muminova, "Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish" bo‘limi boshlig‘i Muattarxon To‘ychiyeva, institut psixologi M.Muhammedova ishtirok etdi.

✔️Uchrashuv davomida talaba-yoshlarga institut hayoti, ta’lim jarayonlari, ichki tartib-qoidalar, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ijtimoiy-psixologik muhit haqida batafsil ma’lumot berildi.

✔️Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari, talabalarning ilmiy izlanishlari va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.


😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
41👍1🎉1
2025/11/01 03:04:37
Back to Top
HTML Embed Code: