Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  ⚡4👏3❤2💯2🔥1🎉1
  Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Media is too big
    VIEW IN TELEGRAM
  Samarqand shahridagi YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi arafasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing
Facebook|Instagram|X
Facebook|Instagram|X
👍2
  Forwarded from O‘zMMSI/ Ma’rifat maydoni
Hurmatli Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutining kitobsevar talaba-yoshlari va badiiy adabiyot muxlislari!
Loyiha mehmonlari!
uzmmsi.uz | ARM EK | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  ❤1👍1
  Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  ❤3👏3🎉1🤩1
  Forwarded from Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
  
Ta’ziya
O‘zbekiston xalq artisti, teatr, kino va dublyaj aktyori Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi.
Madaniyat vazirligi jamoasi Yoqub Ahmedovning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
O‘zbekiston xalq artisti, teatr, kino va dublyaj aktyori Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi.
Yoqub Ahmedov rahbarligida milliy teatr san’atimiz ko‘plab ijodiy yutuqlarni qo‘lga kiritgan.
Uning tashabbusi bilan “Piri koinot” (al-Farg‘oniy), “Sohibqiron”, “Alisher Navoiy” (qayta tiklangan), “Uvaysiy”, “Nodirabegim”, “Mashrab”, “Adibning umri” (Oybek), “Kunduzsiz kechalar” (Cho‘lpon), “Yulduzli tunlar” (Bobur)singgari milliy faxrimiz bo‘lgan ulug‘ siymolarga bag‘ishlangan tarixiy spektakllar sahnalashtirilgan.
Shu bilan bir qatorda “Qirol Lir”, “Makr va muhabbat”, “Gamlet”, “Daraxtlar tik turib jon beradi”, “Muhabbat sultoni” (Layli va Majnun), “Ayolg‘u” (o‘zbek xalq falklorlari) singgari jahon va milliy klassik asarlari sahnalashtirilgan.
Zamonamiz qahramonlari timsolini yaratishga qaratilgan “Quyoshni sen uyg‘otasan”, “Oydin”, “Tanho yulduzim”, “Taqdir sinovlari”, “Ogoh bo‘ling odamlar”, “ spektakllari muvaffoqiyatli sahnalashtirilib, o‘zbek teatr san’ati yutuqlari qatorida alohida e’tirof etib kelinmoqda.
Yoqub Ahmedov uzoq yillar shu ijodiy jamoada ishlash jarayonida ellikdan ortiq spektakllarda asosiy rollarni o‘ynab, el nazariga tushgan yuksak aktyorlik iste’dodiga ega san’atkordir. Dastlab “Parvona” spektaklida Murodjon obrazini ijro etib, o‘zining cheksiz iqtidor sohibi ekanini namoyon etgan.
U yaratgan “Alisher Navoiy” da Alisher, “O‘tkan kunlar” da Yusufbek Hoji, “Zebunnoso”da Shohjahon, V.Shekspirning “Otello”da Otello, “Yulduzli tunlar”da Bobur, “Abu Rayxon Beruniy”da Beruniy, “Omon bo‘ilgin, azizim”da ota, “Mirzo Ulug‘bek”da Amir Temurning arvoxi va boshqa juda katta va rang-barang rollarni yuqori saviyada ijro etib, xalqimizning suyukli farzandlaridan biriga aylangan.
Yoqub Ahmedov o‘zi yaratgan obrazlarning ichki dunyosini, o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘z qarashlar, imo-ishoralarda, yurish-turish orqali yorqin, aniq ochishga mohir aktyorlardan biri edi. Uning faqatgina o‘zigagina xos ovozi, so‘zlash san’ati bor edi.
Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Bobur, Furqat, Ali Qushchi, Abay kabi o‘tmishda o‘tgan buyuk zotlar, olimu-fozil kishilar, shoiri zamonlar obrazlarini yaratish Yoqub Ahmedovga nasib etgan. U ana shu mas’uliyatni yurakdan his etgan holda bu obrazlarni qiyomiga yetkazib ijro etdi.
Yoqub Ahmedovni keng san’at muxlislariga ilk bor tanitgan obrazi “Furqat” badiiy filmidagi Furqat obrazi bo‘ldi. Shundan keyin u “Gang daryosining qizi” da Okxay, “Sevgi fojeasi” da Umar, “Ulug‘bek xazinasi” da Ali Qushchi, “Sevgi sadoqati” da Elyor, “Ichkuyov” da rais, “Zulmatdan qoch” da Sultonali, “Uzoq – yaqin yillar” da Ibragimov, “Shum bola” da Sultonali, “Xonadon egasi” da ota, “Ko‘rgim keladi” da professor, “Sabr” da Yuldashev, “Sardor” da general singgari videofilm va kinolarda 50 ga yaqin obrazlar yaratdi. Aktyor O‘zbekiston radiosida tayyorlangan o‘nlab radiospektakllarda faol qatnashdi. Ayniqsa, uning “Gʻazalxonlik” eshittirishidagi chiqishlari, o‘zbek adabiyoti namoyandalarining o‘lmas g‘azallarini ajoyib ovozi bilan yoqimli tarzda o‘qishi, Yuneskoning Buyuk ipak yo‘li asosida yaratilgan “Har dardning davosi bor” radiopostanovkasi tinglovchilarini maftun etib kelmoqda.
Yoqub Ahmedov dublyaj sohasida ham 500 dan ortiqfilmga hamda bir nechta teleseriallarga ovoz bergan.
Yoqub Ahmedov Milliy teatrning buyuk aktyori, ijodiy va tashkiliy ishlarning ilhomchisi edi. Teatrda faoliyat yuritib kelayotgan har bir ijodiy xodimning ayniqsa, yoshlarning maslahatchisi, mehribon ustozi edi.
Madaniyat vazirligi jamoasi Yoqub Ahmedovning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
❤7🔥1👏1
  🗓 31-oktabr🕔 10:00📍 218-xona
Please open Telegram to view this post
    VIEW IN TELEGRAM
  👍4👏2🎉2⚡1❤1🔥1
  