⭕️#kitobxon_talaba 📚“Kitobxon talaba” tanlovining navbatdagi bosqichi yakunlandi!🟢O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida
“Shaxmat novellasi” asari asosida o‘tkazilgan kitobxonlik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir filial kutubxonasida iliq va ko'tarinki ruhda tashkil etilib, unda talabalar o‘z kitobxonlik saviyasi, asar tahliliga yondashuvi hamda badiiy fikrlash salohiyatini namoyish etishdi.
🟢Tanlov yakunida o'tgan turda g'oliblikni qo'lga kiritgan kitobxon talabalar filial Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan taqdirlandi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.
🟢“Kitobxon talaba” loyihasi yoshlarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, o‘qish madaniyatini oshirish va erkin fikrlovchi yoshlar safini kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, tanlovlar har oyda yangi asar asosida davom etadi.
➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube