Telegram Web Link
⭕️#ma'rifatdarsi

✍️ Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Ma’rifat darsi” mashg‘ulotlari bo'lib o'tmoqda.

✍️ Bugun Psixologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida “Ma’rifat darsi” o‘tkazildi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish, kundalik axborotlar bilan tezkor va muntazam ravishda xabardor etib borish maqsadida tashkil etilgan mazkur mashg‘ulotda O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar turli taqdimotlar hamda infografik materiallar orqali talabalarga yetkazildi.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🤩21👍1🥰1
⭕️#tadbir

⭕️O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi I.Mamatkulova, filial xotin-qizlar inspektori K.Qilichova hamda Amaliy matematika kafedrasi mudiri S.Sharipova tashabbusi bilan xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy muhitni yaxshilash maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.

⭕️Tadbirda I-bosqich talaba-qizlar ishtirok etib, suhbat davomida ayollar va qizlar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat hamda milliy qadriyatlarga sodiqlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
⭕️
Shuningdek, oilaviy totuvlikni saqlash, yoshlarni yot g‘oyalardan asrash va ma’naviy yetuk shaxs sifatida tarbiyalashning dolzarb jihatlari haqida fikr almashildi.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩3🎉2👍1🥰1
⭕️#mehrliyurak

⭕️“Keling, birgalikda ezgulik yo‘lida bir qadam tashlaylik!”

🔺Bugun, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Psixologiya” fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili” yo‘nalishi 201-24-guruh talabalari tomonidan “Mehrli yurak” nomli hayriya aksiyasi tashkil etildi.

🔺Tadbirning maqsadi — jamiyatda mehr-oqibat, hamjihatlik, insonparvarlik va ezgulik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, yordamga muhtoj insonlarga mehr ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

🔺Aksiya davomida talabalar o‘zlarining tashabbuskorligi, mehribonligi va ijtimoiy faolligini namoyon etishdi. Ular tomonidan ezgu amallar, iliq so‘zlar va insonparvarlik g‘oyalari targ‘ib qilindi.

🔺Tadbir yakunida ishtirokchilar bunday hayriya tashabbuslari yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda saxovat va hamjihatlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👏4🎉1😍1🤝1
2025/10/23 09:14:12
Back to Top
HTML Embed Code: