Telegram Web Link
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🎭 Sahna chiroqlari yoqildi… Endi navbat – sizga!

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi birgalikda “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining 2026-yilgi mavsumini e’lon qiladi.

🗣Festival 4 bosqichda tashkil etiladi:
↪️Birinchi fakultetlararo oliygoh bosqichi;
↪️Ikkinchi hududiy bosqich;
↪️Uchinchi mintaqaviy yarim final bosqichi;
↪️To‘rtinchi Respublika final bosqichi.

➡️ Festival nizomi bilan tanishish

🏆Festival g‘olibi bo‘lgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin – BHMning 190 barobari;
🥈2-o‘rin – BHMning 140 barobari;
🥉3-o‘rin – BHMning 85 barobari;

🎭 Nominatsiyalar bo‘yicha:

➡️“Eng faol oliy ta’lim muassasasi” – BHMning 35 barobari;
➡️“Eng yaxshi erkak roli uchun” – BHMning 25 barobari;
➡️“Eng yaxshi ayol roli uchun” – BHMning 25 barobari;
➡️“Jamoa ijodkor talabasi” – BHMning 20 barobari;
➡️“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” –
BHMning 15 barobarigacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🔹Bundan tashqari 1-o‘rin g‘oliblari uchun xorijiy davlatlardan biriga sayohat ham tashkil etilishi mumkin.

Festivalda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.

🎭 Sahnaga chiqing – yuksaklik sizni kutmoqda!

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥1🥰1🎉1
⭕️#mehrliyurak

⭕️“Keling, birgalikda ezgulik yo‘lida bir qadam tashlaylik!”

🔺Bugun, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali "Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat" bo'limi tyutori S.Dusanov hamda "Psixologiya" fakulteti "Filologiya va tillarñi o'qitish (ingliz tili)" yo'nalishi 304-25 guruh talabalari tashabbusi bilan “Mehrli yurak” nomli hayriya aksiyasi tashkil etildi.

🔺Tadbirning maqsadi — jamiyatda mehr-oqibat, hamjihatlik, insonparvarlik va ezgulik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, yordamga muhtoj insonlarga mehr ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

🔺Aksiya davomida talabalar o‘zlarining tashabbuskorligi, mehribonligi va ijtimoiy faolligini namoyon etishdi. Ular tomonidan ezgu amallar, iliq so‘zlar va insonparvarlik g‘oyalari targ‘ib qilindi.

🔺Tadbir yakunida ishtirokchilar bunday hayriya tashabbuslari yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda saxovat va hamjihatlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
97🎉4🙏1🕊1
⭕️#Zhengzhou

⭕️O‘zbekiston turizm salohiyati jahon miqyosida targ‘ib etilmoqda!

🔺21–25-oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Zhengzhou provinsiyasida Butunjahon turizm forumi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli anjumanda dunyoning 30 ga yaqin davlatlaridan delegatsiyalar ishtirok etmoqda.

🔺O‘zbekiston nomidan ushbu xalqaro forumda O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Iqtisodiyot va turizm kafedrasi o‘qituvchisi Barakayev Elbekxo‘ja ishtirok etmoqda.

🔺O‘qituvchimiz forum davomida O‘zbekistonning, xususan Jizzax viloyatining turizm salohiyati, tabiiy go‘zalliklari va madaniy merosi haqida ma’ruza qilib, xalqaro ishtirokchilar e’tiboriga taqdim etadi.

🔺Bu tashabbus nafaqat filial o‘qituvchilarining xalqaro miqyosdagi faolligini, balki yurtimiz turizmini jahon sahnasida keng targ‘ib etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥5🥰1🎉1🤩1
⭕️#tadbir

🔺O‘zMU Jizzax filialida “Xavfsiz kibermakon” targ‘ibot tadbirlari

🔺Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Xavfsiz kibermakon” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida filial direktor maslahatchisi hamda filial profilaktika inspekyorlari ishtirokida targ'ibot uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

🔺Tadbirning asosiy maqsadi – talaba-yoshlarni kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilishga chaqirish, ularda hushyorlik va ogohlikni mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirishdan iborat.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🤩21🤝1
2025/10/26 07:37:25
Back to Top
HTML Embed Code: