Telegram Web Link
⭕️#tadbir

⭕️Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Iqtisodiyot va turizm” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda faol talabalari “Qassoblik” mahallasida istiqomat qiluvchi 88 yoshli Toshbuvi ona Usmonova xonadonida bo‘lishib, onaxonning holidan xabar oldilar.

🔺Tashrif chog‘ida samimiy suhbat tashkil etilib, Toshbuvi ona o‘zining sermazmun hayot yo‘li, yoshlikka oid ibratli xotiralari hamda mehnatsevarlik va sabr-toqat haqidagi nasihatlari bilan bo‘lishdi. U yoshlar qalbiga ibrat va o‘git bilan yo‘g‘rilgan so‘zlari orqali milliy qadriyatlarning qadri va ahamiyatini chuqur his ettirdi.

🔺Shuningdek, Milliy qadriyatlar oyligi doirasida “Milliy qadriyatlar – millat maʼnaviyatining ko‘zgusi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida milliy urf-odatlar, ota-bobolar merosiga hurmat, mehr-oqibat va insoniylik fazilatlari haqida so‘z yuritildi.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
|
Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🤩2👍1🥰1🎉1
Forwarded from Edu.uz
#XUSHXABAR #THE #TOP_Reyting

O‘zbekiston universiteti Times Higher Education reytingi TOP-1000 taligiga kirdi

9-oktabr kuni Times Higher Education (THE) xalqaro nashri tomonidan e’lon qilingan “World University Rankings 2026” natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari jahon reytingida sezilarli yutuqlarga erishdi.

Jumladan, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti ilk bor THEning dunyo universitetlari reytingida TOP-600 (501-600) talikdan o‘rin oldi.

Bundan tashqari, quyidagi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ham reytingda qayd etildi:

• Toshkent davlat texnika universiteti – 1001-1200;
• O‘zbekiston milliy universiteti – 1201-1500;
• Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 1501+.

Shuningdek, 58 ta OTM reporter (da’vogar) sifatida ro‘yxatga kirdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/92222

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍32
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2🥰2👌2
⭕️#ttj

⭕️Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktori O.Turakulov filialda olib borilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida qator uchrashuvlarni amalga oshirdi.

🔺Dastlab, “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida bo‘lib o‘tayotgan turli sport musobaqalari bilan tanishdi. Direktor musobaqalarda faol ishtirok etayotgan talabalar bilan suhbatlashib, ularning g‘ayrat va irodasini yuqori baholadi.

🔺Shundan so‘ng, Talabalar turar joyiga tashrif buyurilib, u yerdagi yashash va dam olish sharoitlari o‘rganildi. Direktor tomonidan mavjud kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda talabalarning xavfsizligi va qulayligi har doim diqqat markazida bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

🔺Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va fikrlari tinglandi. Talabalar tomonidan bildirilgan har bir taklif filial hayotini yanada yaxshilash yo‘lida muhim omil sifatida qayd etildi.

🔺Mazkur tashriflar va muloqotlar talabalarning o‘quv, yashash hamda dam olish jarayonlarini yanada takomillashtirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
|
Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🤩3🎉2🥰1
2025/10/25 10:32:16
Back to Top
HTML Embed Code: