Telegram Web Link
⭕️#oshmusobaqasi

⭕️Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Talabalar turar joyida talaba-yoshlar o‘rtasida “Osh musobaqasi” bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarda milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish, ularning o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik ruhini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

🔺Musobaqa davomida har bir qavat talabalari o‘z viloyatlariga xos osh tayyorlash san’atini namoyish etishdi. Samarqandcha, Xorazmcha, Jizzaxcha hamda Buxorocha oshlar o‘zining o‘ziga xos ta’mi, bezaklari va taqdimoti bilan barchaga manzur bo‘ldi.

🔺Tadbir yakunida ta’m, bezak va taqdimot mezonlari bo‘yicha eng yaxshi jamoalar aniqlanib, g‘oliblar sertifikatlar va vaucherlar bilan taqdirlandilar.

🔺Ushbu musobaqa nafaqat osh pishirish mahoratini sinovdan o‘tkazdi, balki talabalarning ijodkorlik, jamoaviylik va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamladi.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
|
Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42🎉2🤝1
Forwarded from JIZZAX YOSHLARI
💐 “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar saralovi boshlandi!

Ijodkor, iqtidorli va faol qizlar diqqatiga! Agar siz ham o‘z yo‘nalishingizda yutuqlarga erishgan, jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shayotgan bo‘lsangiz bu imkoniyat aynan siz uchun!

2025-yilgi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bo‘yicha tuman-shahar bosqichlari boshlandi.

✔️14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlar 8 ta yo‘nalishda ushbu nufuzli mukofot sohibasi bo‘lishlari mumkin.

Nomzodlar adabiyot, san’at, fan, ta’lim, madaniyat, sport, jamoatchilik va AT kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli mezonlar asosida baholanadi.

Hujjatlarni 30-oktabrgacha o‘z hududidagi Oila va xotin-qizlar tuman bo‘limlariga topshirishingiz mumkin.

🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53
⭕️#xonatlas

⭕️Bugun “Amaliy matematika” fakulteti talabalari tashabbusi bilan “Xon atlas” oyligi doirasida “Milliy libos — millat faxri” nomli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

⭕️Tadbirning maqsadi — yoshlar ongida milliy o‘zlik, sadoqat va e’tiqodni kuchaytirish, shuningdek, qadimiy tariximiz, boy urf-odatlarimiz hamda milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish orqali ularning qalbida milliy iftixor tuyg‘usini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
|
Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43👏2🥰1🤩1
🟥🟥🟥🟥🟥🟥

🎓 "Eng faol yil talabasi" tanloviga start berildi!

📚 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Eng faol yil talabasi” tanlovining navbatdagi mavsumiga start berildi!

📝 Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo'yicha o'tkaziladi.

a) “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”
b) “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”
d) “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”
e) “Yilning eng faol sportchi talabasi”
f) “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”
g) “Yilning eng faol ijodkor talabasi”
h) “Yilning eng faol tadbirkor talabasi”


🗓 Tanlov ishtirokchilari yig'ma jildlarini

2025-yil 10-noyabr kuni soat 16:00 ga
qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga topshirishingiz so'raladi.

🗓 Tanlovda faqat kunduzgi ta'lim shaklida tahsil oladigan talabalar ishtirok etishlari mumkin. Kechiktirilgan hujjatlar qabul qilinmaydi.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
|
Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🟦🟦🟦

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali tashabbusi bilan 2025-yil 10-oktabr kuni Jizzax viloyati oliy ta’lim muassasalari uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan onlayn seminar boʻlib oʻtdi.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
|
Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥31🤩1💯1
2025/10/23 17:21:03
Back to Top
HTML Embed Code: