Telegram Web Link
⭕️#sayohat

⭕️''Birinchi kurs maktabi'' doirasida ma’naviy-ma’rifiy sayohat

🔺Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali ''Amaliy matematika'' fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan fakultetning 1-bosqich talabalari Jizzax shahridagi "Qatag'on qurbonlari muzeyi" ga tashrif buyurdilar.

🔺Talabalar muzeyda Mustaqilligimiz uchun jonini fido qilgan vatandoshlarimiz, adiblarimiz, ma'rifatparvar ajdodlarimizning bosib o'tgan shonli tarix yo'li bilan tanishishdi.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
|
Telegram | Instagram | Facebook| You tube | Jbnuu.uz |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🥰1
⭕️#Tanishing

🇺🇿Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar Kengashi tarkibi.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👏2🥰1🎉1🤗1
⭕️#yoshlarittifoqi

⭕️Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Quvnoq startlar” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🔺Musobaqa talaba qizlar o‘rtasida o‘tkazilib, ular 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro kuch sinashishdi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar jismoniy chiniqish, jamoaviylik va chaqqonlikni namoyon etishdi.

🔺Tadbir davomida qizlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, do‘stlik, birdamlik hamda ijobiy muhitni shakllantirish maqsad qilindi.

🔺Yakunda g‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👏2🎉21🔥1
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashganimdan xursandman.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ochiqlik siyosati va mamlakat farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlari tufayli O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Bank ko‘magida irrigatsiya va “yashil” iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli infratuzilma loyihalarini alohida qayd etish lozim.

Biz mamlakatimizdagi ko‘plab xotin-qizlar va yoshlarning hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirayotgan “Women in Business” va ”Youth in Business” dasturlari qo‘llab-quvvatlanayotgani, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda hududning barqaror rivojlanishiga qaratilgan loyihalarni yoʻlga qoʻyish bo‘yicha hamkorlikni yuksak qadrlaymiz.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlarining yaxshi qo‘shnichilik borasidagi umumiy sa’y-harakatlari tufayli mintaqada ishonch va hamkorlik muhiti qaror topgani haqida yakdil fikr bildirildi. Ishonchim komilki, YTTB bilan sheriklik bundan buyon ham O‘zbekiston va butun mintaqaning ravnaqiga xizmat qiladi.


Была рада встретиться с президентом Европейского банка реконструкции и развития Одиль Рено-Бассо.

Благодаря политике открытости и реформам Президента Шавката Мирзиёева, направленным на повышение благосостояния страны, взаимовыгодное сотрудничество между Узбекистаном и ЕБРР вышло на качественно новый уровень. Особо следует отметить масштабные инфраструктурные проекты в сфере ирригации и зелёной экономики, реализуемые при содействии Банка.

Мы высоко ценим поддержку программ Women in Business и Youth in Business, которые меняют жизнь к лучшему многих женщин и молодых людей в нашей стране, а также высокий уровень взаимодействия в реализации проектов в Каракалпакстане, направленных на устойчивое развитие региона.

На встрече выразили единое мнение, что благодаря общим добрососедским усилиям стран Центральной Азии в регионе установилась атмосфера доверия и сотрудничества. Уверена, что партнёрство с ЕБРР будет и впредь способствовать процветанию Узбекистана и всего региона.
5👍1🥰1🎉1
2025/10/23 09:14:14
Back to Top
HTML Embed Code: