⭕️#mehrliyurak⭕️“Keling, birgalikda ezgulik yo‘lida bir qadam tashlaylik!”🔺Bugun, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Psixologiya” fakulteti Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili” yo‘nalishi 201-24-guruh talabalari tomonidan
“Mehrli yurak” nomli hayriya aksiyasi tashkil etildi.
🔺Tadbirning maqsadi — jamiyatda mehr-oqibat, hamjihatlik, insonparvarlik va ezgulik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, yordamga muhtoj insonlarga mehr ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.
🔺Aksiya davomida talabalar o‘zlarining tashabbuskorligi, mehribonligi va ijtimoiy faolligini namoyon etishdi. Ular tomonidan ezgu amallar, iliq so‘zlar va insonparvarlik g‘oyalari targ‘ib qilindi.
🔺Tadbir yakunida ishtirokchilar bunday hayriya tashabbuslari yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda saxovat va hamjihatlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.
➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube