⭕️#plogging
⭕️“MEN UNIVERSITETIM TOZALIGIGA BEFARQ EMASMAN!” SHIORI OSTIDAGI EKO PLOGGING DAVOM ETMOQDA🌱Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida
“Men universitetim tozaligiga befarq emasman!” shiori ostidagi eko plogging aksiyasi davom etmoqda.
🌱Tadbirning asosiy maqsadi — talabalar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrashga bo‘lgan mas’uliyat hissini oshirish va tozalikni kundalik hayot tarziga aylantirishdan iboratdir.
🌱Aksiya Talabalar turar joyi hududida o‘tkazildi. Unda filialning ko‘ngilli talabalari faol ishtirok etishdi.
🌱 Aksiya davomida yigitlar turar joy atroflarini chiqindilardan tozalab, daraxtlar tagini yumshatishdi. Qizlar esa atrofni chang va chiqindilardan tozalab, hududga fayz bag‘ishlashdi.
🌱 O‘z turar joyiga mehr bilan yondashgan har bir talaba nafaqat o‘z muhitini, balki filial obro‘sini ham yanada yuksaltiradi.
➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt ✅ Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube