Telegram Web Link
⭕️#mehrliyurak

⭕️“Keling, birgalikda ezgulik yo‘lida bir qadam tashlaylik!”

🔺Bugun, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali "Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat" bo'limi tyutori D.Normatova hamda "Psixologiya" fakulteti talabalari tashabbusi bilan “Mehrli yurak” nomli hayriya aksiyasi tashkil etildi.

🔺Tadbirning maqsadi — jamiyatda mehr-oqibat, hamjihatlik, insonparvarlik va ezgulik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, yordamga muhtoj insonlarga mehr ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

🔺Aksiya davomida talabalar o‘zlarining tashabbuskorligi, mehribonligi va ijtimoiy faolligini namoyon etishdi. Ular tomonidan ezgu amallar, iliq so‘zlar va insonparvarlik g‘oyalari targ‘ib qilindi.

🔺Tadbir yakunida ishtirokchilar bunday hayriya tashabbuslari yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda saxovat va hamjihatlik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🎉3🥰1👌1🤝1
⭕️#profilaktika

⭕️Talabalar orasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o'tkazildi

🟢Bugun Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida filialning profilaktika inspektori tomonidan talabalar ishtirokida cyber jinoyatchilikning oldini olish hamda sovuq quroldan foydalanmaslik bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

🟢Tadbir davomida talabalar internet tarmog‘ida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oqibatlari, ularni oldini olish yo‘llari hamda qonuniy javobgarlik masalalari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🟢Shuningdek, profilaktika inspektori tomonidan sovuq qurollarni saqlash va ishlatish bilan bog‘liq qonun normalari tushuntirildi, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

🟢Tadbir yoshlarning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirish, xavfsiz muhitni ta’minlashga xizmat qildi.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏2🔥1🥰1🤩1
⭕️#ochiq_dars

🔺Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “O‘zbek tili va ijtimoiy fanlar” kafedrasi  assistenti  Dilshod Tolliboyev tomonidan 203-24- guruh talabalariga “Dinshunoslik” fanidan "Islom dini tarixi va mohiyati" mavzusida ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi.

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt Telegram 🌐 Instagram 💬Facebook 📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍2🥰2🎉2🐳1
2025/10/26 09:49:36
Back to Top
HTML Embed Code: