Telegram Web Link
Forwarded from "Temiryo'lekspress" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadring baland boʻlsin ona tilim!

Ona tili — millat g‘ururi, elning iftixori, xalqning bebaho boyligidir.

1989-yil 21-oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani millatimiz tarixida muhim sana sifatida bitilgan.

“Temiryo‘lekspress” AJ jamoasi ushbu qutlug‘ kunda barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlugʻ sana bilan tabriklaydi!

🔤 Tilimizni e’zozlash, uni avlodlar qalbiga mehr bilan singdirish har birimizning muqaddas burchimizdir.

“Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmati

📱Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74🔥1👏1🎉1
“Zukko kitobxon – 2025” ko'rik-tanlovi respublika bosqichi yakuniga yetdi

21-oktabr — har bir yurtdoshimiz uchun g‘urur va iftixor kuni. Chunki bu sana xalqimizning milliy o‘zligini ifoda etuvchi eng aziz qadriyatlardan biri — O‘zbek tili bayramidir.

Til — bebaho boylik. Ammo bu boylikni tabiiy ravishda emas, balki mehnat, e’tibor va muhabbat bilan asrash lozim. Har bir fuqaro o‘z ona tiliga sadoqatli bo‘lishi, uni ardoqlashi va kelajak avlodga xolis hamda benuqson yetkazishi kerak. Ona tilini bilish — nafaqat ma’naviy burch, balki milliy g‘urur va yurtga sadoqat timsolidir.

Shu ma’noda, kitobxonlik — millat ma’naviyatining eng muhim tayanchlaridan biridir. Kitob inson tafakkurini charxlaydi, dunyoqarashini kengaytiradi va uni ilm, madaniyat hamda tafakkur yo‘liga yetaklaydi. Kitobga Китобга muhabbat — tilga, bilimga va millat taraqqiyotiga bo‘lgan muhabbatdir.

Ana shunday ezgu maqsadlarni ilgari surgan holda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining 2025-yil 13-iyundagi “Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish to‘g‘risida”gi 69-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Zukko kitobxon – 2025” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga qiziqishni kuchaytirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishdan iborat.
Hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan 8 nafar temiryo‘lchi yoshlar Respublika bosqichida o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar. 4 ta shart davomida ishtirokchilar kitob va uning ma’naviy ozuqasidan barchani bahramand etib, qalblarni ma’naviyat bog‘iga chorladilar.

Tanlov yakunida 1-o‘rinni – “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filialining “Qumqo‘rg‘on” stansiyasi operatori — Aziza Abdullayeva, 2-o‘rinni – “Quyuv-mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati hisobchisi — Olmos Eshmo‘minov va 3-o‘rinni – “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali muhandisi —Shamsiya Nabieva qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan pul mukofotlari va faxriy diplomlar bilan taqdirlandilar.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
👍9👏21🎉1
TABRIK
AZIZ TEMIRYO‘LCHILAR!


Sizlarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan ayyom, ma’naviyatimiz tayanchi, milliy g‘ururimiz bo‘lmish ona tilimiz ayyomi – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!

Ona tili – har bir millatning ruhi, madaniyati, tarixi va kelajagi bilan chambarchas bog‘liq muqaddas ne’matdir. Tilda xalqning tafakkuri, qalbi, orzu-umidlari, urf-odatlari va yuksak ma’naviy qadriyatlari mujassam.

Bugungi kunda yurtimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va nufuzini mustahkamlashga qaratilgan tizimli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Barcha sohalarda davlat tilida ish yuritish keng qamrovli yo‘lga qo‘yildi. Bu jarayon xalqimizda milliy g‘urur va tilimizning kelajagiga bo‘lgan ishonchni yanada oshirmoqda.

Ayniqsa, Prezidentimiz muhtaram Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasining minbaridan turib o‘zbek tilida nutq so‘zlagani – nafaqat yurtimiz, balki butun dunyodagi millionlab yurtdoshlarimizning qalbini faxr va iftixor tuyg‘ulariga to‘ldirdi. Bu ona tilimizning xalqaro miqyosdagi e’tirofi, uning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallayotganining yaqqol isbotidir.

Shuni alohida g‘urur bilan ta’kidlash joizki, millatimizning Alisher Navoiy, Bobur, Mahmud Qoshg‘ariy, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi yuksak ma’naviyat sohiblari, ulug‘ qalam egalari o‘z asarlari orqali nafaqat o‘zbek tilining boyligini namoyon etdilar, balki uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rnini ham mustahkamladilar.

Hurmatli temiryo‘lchilar!
Har birimizning oldimizda ulkan mas’uliyat – ona tilimizning nufuzini oshirish, uning sofligini asrash va kelgusi avlodlarga benuqson yetkazish vazifasi turibdi. Zero, ota-bobolarimiz bejiz “Til yashasa – millat yashaydi!” deb aytmaganlar.

Sizlarni yana bir bor o‘zligimiz ifodasi bo‘lmish O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Barchangizga mustahkam sog‘liq, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy farovonlik va ish faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Ona tilimizning yanada yuksalishi yo‘lidagi hissangiz bardavom bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Cheksiz hurmat va ehtirom bilan

Z. Narzullayev,
“O‘zbekiston temir yo‘llari”
aksiyadorlik jamiyati
boshqaruvi raisi

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
9👍6🔥2👏1
“Harakat xavfsizligi oyligi” davom etmoqda!

“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ boshqaruvi raisi va bir guruh komissiya a'zolari tomonidan “Buxoro MTU” filiali hududida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi texnikaviy foydalanish qoidalarining 132-bandiga muvofiq, korxonalar va stansiyalarda inshoot va qurilmalarni soz holatda saqlash, mehnat intizomi, xavfsizlik talablari, hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha profilaktik tekshiruvlar olib borilmoqda.
“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ boshqaruvi raisi S.A. Norqabilov raisligida, departament va boshqarma rahbarlari ishtirokida Buxoro mintaqaviy temir yoʻl uzeliga qarashli Karmana, Kanimex, Zarabod, Gulabod, Uchquduq, Taraqqiyot, Karakata, Yuksalish, Qizilquduq, Mustaqillik, Nurota, Taraqiyot, Tomdi, Toshrabod, Qizilquduq, Huzurcho'l, Qizilqum, Uchquduq-2 va Uchquduq-1 temir yo‘l stansiyalarida tekshiruv ishlari olib borildi.

#⃣railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3🔥1
2025/10/21 22:27:57
Back to Top
HTML Embed Code: