Telegram Web Link
ISTIQBOLLI LOYIHALAR DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA

Temir yo‘llarni elektrlashtirish nafaqat samaradorlikni oshiradi, balki ekologik tozalik, energiya tejamkorlik va aholiga qulay xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini ham kengaytiradi. Shu bois, bu yo’nalishda amalga oshirilayotgan loyihalarga alohida eʼtibor qaratilib kelinadi.

22-23 oktabr kunlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari Eyor Rizayev ana shunday muhim loyihalar “Navoiy-Buxoro” temir yoʻl uchastkasining ikkinchi yoʻlida olib borilayotgan ishlar hamda “Miskin — Nukus” yoʻnalishining elektrlashtirish jarayonlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida elektrlashtirish ishlari, nim tortish stansiyalari qurilishi, sunʼiy inshootlar, yoʻl oʻtkazgichlar va navbatchilik punktlarining barpo etilishi, himoya toʻsiqlari oʻrnatilishi, aloqa va signalizatsiya tizimlari, shuningdek, vokzallarda olib borilayotgan qurilish-montaj jarayonlari koʻzdan kechirildi.

Mutasaddilarga loyihani belgilangan muddatda yuqori sifat darajasida yakunlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish boʻyicha aniq topshiriq va koʻrsatmalar berildi. Yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Muhim strategik ahamiyatga ega mazkur loyihalar ishga tushirilishi mamlakatimizning temir yoʻl transporti salohiyatini yanada ortishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Shu bois temiryo’lchilar bu tarixiy qurilishlarda ish surʼatini bir zum bo‘lsa-da susaytirmay, yuksak mas’uliyat, katta kuch-g‘ayrat va shijoat bilan mehnat qilmoqdalar.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
👍53
HARAKAT XAVFSIZLIGI OYLIGI DAVOMIDA!
O‘ZBEKISTON-YANGIYO‘L STANSIYALARI ORALIG‘IDA
1 KM TEMIR YO‘L KAPITAL TA'MIRLANDI



“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati tomonidan 2025 yil uchun tasdiqlab berilgan rejasi asosida “Toshkent MTU” filialiga qarashli temir yo‘l uchastkalarida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun O‘zbekiston-Yangiyo‘l stansiyalari oralig‘i juft yo‘lining 3394 km 8-piketidan 3393 km 8-piketigacha bo‘lgan po‘lat izlar kapital ta’mirlandi.
“Toshkent MTU” filiali, “Toshkent temiryo‘l masofasi” korxonasi hamda 203-tajriba yo‘l mashina stansiyasi, aloqa va signallashtirish, elektr ta’minot korxonalaridan 100 nafarga yaqin mutaxassis, poyezdlar harakatiga ta’sir qilmagan holda ushbu kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirdilar.
Yo‘l sozlar ta’mirlangan temir yo‘lga tosh tashlab, zamonaviy texnikalar yordamida po‘lat izlarni ko‘tarish va sozlash ishlarini ham sifatli qilib bajardilar.

Rasmiy sahifalarimiz 👇 👇
🕊 Telegram 🥈 Facebook 🥉Instagram
8
“Harakat xavfsizligi oyligi” doirasida “Buxoro MTU” filialida kuzgi ko‘rik ishlari yakunlanib, aniqlangan kamchiliklar muhokama qilindi hamda galdagi vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi texnikaviy foydalanish qoidalarining 132-bandiga muvofiq, korxonalar va stansiyalarda inshoot hamda qurilmalarni soz holatda saqlash, mehnat intizomi, xavfsizlik talablari va harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan profilaktik tekshiruvlar davom ettirildi.

Joriy yilning 24-oktabr sanasida “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ boshqaruvi raisi S.A. Norqabilov rahbarligida, departament va boshqarma rahbarlari ishtirokida “Buxoro mintaqaviy temir yoʻl uzeli” filialiga qarashli Buxoro lokomotiv deposi hamda Buxoro vagon deposida o‘rganish va nazorat ishlari olib borildi.

Ko‘rik yakunida kuzgi nazorat natijalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda aniqlangan kamchiliklar tanqidiy va tahliliy tarzda muhokama qilinib, ayniqsa harakat xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan nuqsonlar, yuk tashish jarayonlari, raqamlashtirish ishlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, inshoot va qurilmalar sozligi hamda mehnat muhofazasi masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.

Filial tarkibidagi barcha stansiyalar va xo‘jaliklar rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilishda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish, shuningdek, kuz-qish mavsumida harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi va galdagi vazifalar belgilab olindi.

#⃣railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍5👏1
2025/10/27 07:01:31
Back to Top
HTML Embed Code: