Telegram Web Link
TRANSPORT-LOGISTIKA KOMPANIYALARI VA TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT ISHTIROKCHILARI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

Transport-logistika tizimini yanada samarali tashkil etish, yuk tashuvlarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida 17 sentyabr kuni transport-logistika kompaniyalari hamda eksport-import faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ boshqaruv raisi M.K. Mirxamidov kompaniya tomonidan O'zbekiston-Yevropa yo'nalishida yo'lga qo'yilgan konteyner tashuvlari bo'yicha batafsil ma'lumot berib, yig'ilish ishtirokchilarini ushbu tashuvlarda faol hamkorlikka chaqirdi.

Uchrashuv davomida shuningdek eksportyor va importyor korxonalar o‘z takliflarini bildirib, yuklarni tashish jarayonida uchrayotgan qiyinchiliklar va tranzit tashish vaqtlarini qisqartirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida bildirilgan taklif va so‘rovlar tegishli tartibda qabul qilinib, ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

〰️〰️〰️

СОСТОЯЛСЯ ОТКРЫТЫЙ ДИАЛОГ С ТРАНСПОРТНО-ЛОГИСТИЧЕСКИМИ КОМПАНИЯМИ И УЧАСТНИКАМИ ВНЕШНЕЭКОНОМИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

В целях повышения эффективности транспортно-логистической отрасли, выявления существующих проблем и их устранения 17 сентября состоялся открытый диалог с участием транспортно-логистических компаний, а также предприятий, занимающихся экспортно-импортной деятельностью.

В ходе мероприятия председатель правления АО «Узтемирйулконтейнер» М.К. Мирхамидов подробно рассказал об организации контейнерных перевозок по маршруту Узбекистан – Европа и призвал участников встречи к активному сотрудничеству в данном направлении.

В процессе обсуждения экспортеры и импортеры высказали свои предложения и обозначили вопросы, связанные с возникающими трудностями при перевозке грузов, а также с сокращением сроков транзитных перевозок.

По итогам мероприятия все предложения и обращения были зафиксированы в установленном порядке, определены соответствующие меры по их реализации.

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍6🔥2🤔1
Temiryo‘lchi gazetasining 37-soni.pdf
11 MB
2025-yil 18-sentyabrdagi “Temiryoʻlchi” gazetasining 37-soni.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
3👍3
Forwarded from uzdepo
10-sentyabr kuni “O‘zbekiston” lokomotiv deposida lokomotivlarni bo‘yash sexining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yangi sex lokomotivlarning tashqi va ichki qoplamalarini yuqori sifatda bo‘yash, ularni tashqi muhit ta’siridan himoya qilish hamda estetik ko‘rinishini yanada yaxshilash uchun xizmat qiladi. Sex zamonaviy standartlarga javob beradigan, maxsus bo‘yash va qoplama berish texnologiyalari uchun mo‘ljallangan ilg‘or asbob-uskunalar bilan to‘liq jihozlangan.

Ish jarayonida mehnat unumdorligini oshirish, sifatni kafolatlash va eng asosiysi, ishchi-xodimlarning salomatligini himoya qilish maqsadida sexda kuchli havo tortish va tozalash tizimlari o‘rnatilgan. Ushbu tizimlar bo‘yoq ishlari vaqtida zararli moddalar va hidlarning tarqalishini oldini oladi hamda xavfsiz mehnat sharoitini yaratadi.

Yangi sexda bevosita 10 nafar malakali bo‘yoqchi-malyar faoliyat olib boradi. Ular lokomotivlarning turli qismlarini sifatli va bir xil darajada bo‘yash ishlarini amalga oshiradilar.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston” lokomotiv deposi kelgusida yillik ta’mirlash dasturiga muvofiq JT-1 ta’mirida o‘rtacha 12 ta teplovoz va 12 ta elektrovozning to‘liq bo‘yalishini ta’minlashni rejalashtirgan.

Yangi bo‘yash sexining ishga tushirilishi nafaqat lokomotivlarning xizmat muddatini uzaytirish, balki temir yo‘l transportining umumiy ko‘rinishini zamon talablari darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu tashabbus ishlab chiqarish jarayonida samaradorlikni oshirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
👍146👏2🔥1
Forwarded from UTYCARGO Uzbekistan
🚆🤝 “Temiryo‘lkargo” AJ tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni davom ettirmoqda!

“Temiryo‘lkargo” AJ Boshqaruv raisi A. Muminov rahbarligida hududiy filiallar, yuk terminallari, Toshkent vagon deposi hamda 100 ga yaqin hamkor tadbirkorlar ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

🔹 Uchrashuv avvalida ta’kidlanganidek, avgust oyida tadbirkorlar uchun bir qator chegirmalar joriy etildi.

Shuningdek, ularning murojaat va muammolarini qisqa fursatda hal qilish maqsadida maxsus chatlar tashkil etilib, bugungi kunda faoliyat yuritmoqda.

💬 Videoselektor davomida tadbirkorlarning taklif va savollari tinglanib, mavjuda hamda yuzaga kelayotgan muammolarga optimal yechimlar berildi. Bu esa, hamkorlikni yanada mustahkamlash va yuk tashish xizmatlarini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

“Temiryo‘lkargo” AJ tadbirkorlarni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab, ular uchun qulay sharoitlar yaratishga intiladi! 🚀

#Temiryolkargo #Tadbirkorlik #Hamkorlik

🚆🤝 АО “Temiryo‘lkargo” продолжает открытый диалог с предпринимателями!

Под руководством председателя правления АО “Temiryo‘lkargo” А. Муминова состоялось видеоселекторное совещание с участием руководителей территориальных филиалов, грузовых терминалов, Ташкентского вагонного депо, а также около 100 партнёров-предпринимателей.

🔹 В начале встречи было отмечено, что в августе для предпринимателей были введены ряд скидок. Кроме того, с целью оперативного решения их обращений и вопросов были организованы специальные чаты, которые активно функционируют и сегодня.

💬 В ходе видеоселектора были заслушаны предложения и вопросы предпринимателей, а также даны оптимальные решения по существующим и возникающим проблемам. Это послужит дальнейшему укреплению сотрудничества и выводу услуг по перевозке грузов на новый качественный уровень.

АО “Temiryo‘lkargo” постоянно поддерживает предпринимателей и стремится создавать для них максимально благоприятные условия! 🚀

#Temiryolkargo #Предпринимательство #Сотрудничество


https://www.tg-me.com/utycargo
utycargo.uz

📱facebook /📱x.com /📱web sayt /📱linkedin.com /📱 instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🔥2🤔1🤩1
Temiryo‘lchi gazetasining 38-soni.pdf
11.4 MB
2025-yil 25-sentyabrdagi “Temiryoʻlchi” gazetasining 38-soni.

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
3👍2🔥1🤔1
2025/10/25 19:23:05
Back to Top
HTML Embed Code: