Telegram Web Link
“Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzeli” filiali hududidagi korxonalar va stansiyalarda kuzgi koʻrik boshlandi

Temiryoʻlinfratuzilma” AJ boshqaruv raisi S.Norqabilov va Jamiyatning Texnik va texnologik nazorati departamenti boshligʻi
A.Sharifboev hamda “Toshkent MTU” filiali rahbariyati boshchiligidagi komissiya a'zolari 6 oktyabr kuni “Nurhayot-Xoʻjakent”  yoʻnalishidagi barcha temir yoʻl uchastkalarida boʻlib, xoʻjaliklarning holati, inshoot va qurilmalarning sozligi, mehnat muhofazasi hamda harakat xavfsizligi talablarining bajarilishini atroflicha oʻrgandilar. Har bir stansiyada piyoda koʻrik qilib, lokomotiv, vagon, yoʻl, elektr taʼminot, signallashtirish va aloqa xoʻjaligida harakat xavfsizligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mutaxassislar tomonidan sinchkovlik bilan koʻzdan kechirildi.
Koʻrik davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish borasida mas'ul xodimlarga topshiriqlar,koʻrsatmalar berib borilmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz 👇 👇
🕊 Telegram 🥈 Facebook 🥉Instagram
4🤩1
TOSHKENT-JIZZАX YO‘NАLISHIDАGI TEMIR YO‘L UCHАSTKАLАRIDA KUZGI KO'RIK O'TKAZILMOQDA

Ko‘rik o‘tkazayotgan ishchi guruh, bugun kunning birinchi yarmida Toshkent-Guliston yo‘nalishidagi temir yo‘l uchastkalari va xo‘jaliklar faoliyatini ko‘zdan kechirdilar.
“Temiryo‘linfratuzilma” АJ boshqaruv raisi S.Norqabilov va Jamiyatning Texnik va texnologik nazorati departamenti boshligʼi А.Sharifboev, “Toshkent MTU” filiali rahbariyati boshchiligidagi komissiya aʼzolari birgalikda harakat xavfsizligini taʼminlashda uchraydigan nuqson va kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf qilish choralari bo‘yicha ishlar olib bordilar. Kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar, bino va inshoоtlar hamda lokomotiv, vagon, yo‘l, elektr taʼminoti, signallashtirish va aloqa xo‘jaliklarida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun masʼul xodimlarga topshiriqlar, ko‘rsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz 👇 👇
🕊 Telegram 🥈 Facebook 🥉Instagram
👍1
2025/10/22 08:09:50
Back to Top
HTML Embed Code: