Telegram Web Link
💧 Fuqarolar bilan ochiq muloqot — muammolarga joyida yechim

Aholiga qulay sharoit yaratish, ularning muammolarini bevosita o‘rganish maqsadida “Namangan suv ta’minoti” AJ shahar filiali rahbariyati tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqarolar ichimlik suvi ta’minoti, hisoblagichlar o‘rnatilishi, to‘lovlar va tarmoqlardagi texnik nosozliklar bo‘yicha o‘z murojaatlarini bildirishdi. Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, masalalar mohiyatiga ko‘ra joyida hal etildi yoki mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi.

Shunday muloqotlar aholining muammolarini joyida hal etish, tizim faoliyatini yanada samarali tashkil etish va fuqarolar ishonchini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🔹 Qabul yakunida to‘lov intizomiga rioya qilgan iste’molchilarga estalik sovg‘alari topshirildi — bu esa “O‘zsuvta’minot” tizimida halollik, mas’uliyat va hamkorlik madaniyatini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

|🌐Website          | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🙏1
🤝 “O‘zsuvta’minot” AJ hamda Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikdagi loyihalar muhokama qilindi

“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv raisi o‘rinbosari Nodir Xodjamov hamda Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) Markaziy va Sharqiy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Ameli Ober (Amélie Aubert) o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, shuningdek, FTAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktorining o‘rinbosari Marion Ekskkofye (Marion Excoffier) ishtirok etdi.

💬 Muzokaralar davomida Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokidagi istiqbolli loyihalarni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xususan, quyidagi yirik infratuzilma loyihalari muhokama markazida bo‘ldi:

🔹 “Navoiy viloyati Karmana tumanida oqova suv tizimlarini qurish” loyihasi;
🔹 “Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri va Kitob tumani markazida oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi.


🇫🇷🤝🇺🇿 Uchrashuv yakunida tomonlar suv ta’minoti va oqova suv tizimlarini modernizatsiya qilish yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

|🌐Website          | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
❗️Yangi texnika — samarali xizmat garovi!

Ichimlik suvi tarmoqlarida bajariladigan ishlarning sifatli va tezkor bo‘lishi ko‘p jihatdan texnik ta’minotga bog‘liq. Shu maqsadda “Suvo‘lchagichxizmati” AJ mablag‘lari hisobidan 2 dona “Damas” rusumli avtomashina xarid qilindi.

🚘 Yangi avtomobillar avariya holatlarini tezkor bartaraf etish hamda zamonaviy suv hisoblagichlarini o‘rnatish ishlarida foydalaniladi.

💧 Ushbu yangilanishlar xodimlarning ish sharoitini yaxshilabgina qolmay, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va samaradorligini ham sezilarli darajada oshiradi.

|🌐Website          | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
“O‘zsuvta’minot” AJ va "Nobel Systems": suv boshqaruvida raqamli yechimlar sari hamkorlik kengaymoqda

💧 Bugun “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Xurshid Raxmatullayev hamda "Nobel Systems" kompaniyasi direktori Maykl Samuel (Michael Samuel) o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalarda ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.

📍 Ma’lumki, “Nobel Systems” kompaniyasi va “O‘zsuvta’minot” AJ hamkorligida Jizzax shahrida raqamli suv boshqaruvi (pilot) loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha suv tarmoqlarini onlayn monitoring qilish, yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslardan samarali foydalanish imkonini bermoqda.

🌎 Shuningdek, hamkorlik doirasida jamiyat xodimlari AQShda malaka oshirish dasturlarida ishtirok etib, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirdilar.

🔹 Uchrashuvda “O‘zsuvta’minot” tizimida zamonaviy situatsion markaz tashkil etish, raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi kelgusi reja va tashabbuslar ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid:
https://www.tg-me.com/uzsuv/18802
https://www.tg-me.com/uzsuv/17501
https://www.tg-me.com/uzsuv/5692

|🌐Website          | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🤝 Fransiyaning SUEZ kompaniyasi bilan Surxondaryoda yangi hamkorlik loyihasi muhokama qilindi

“O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi v.b. Axmad Suvankulov hamda Fransiyaning SUEZ kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida Surxondaryo viloyatining Denov, Sariosiyo, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlarida ichimlik suv ta’minotini yaxshilash loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslari muhokama qilindi.

Shuningdek, viloyatda ichimlik va oqova suv sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning borishi hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

💧 Mazkur hamkorlik loyihasi Surxondaryo viloyati aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va sohada barqaror infratuzilmani shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.

|🌐Website          | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51
2025/10/26 05:20:33
Back to Top
HTML Embed Code: