Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Univertur" dasturining navbatdagi sonida Navoiy innovatsiyalar universiteti bilan yaqindan tanishamiz!

Bugun, 28-iyun kuni soat 20:40 da "Yoshlar telekanalida "Univertur" dasturining Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan Navoiy innovatsiyalar universiteti faoliyatiga bag‘ishlangan soni efirga uzatiladi.

Ko‘rsatuv davomida:

Rektor stipendiyasi va 2 milliard so'mlik grantlar;

18 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo'nalishlari;

tan olinadigan diplom va ishga joylashishda ko'mak;

talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.


Shuningdek, dasturda NIU ning boshqa oliygohlardan farqli jihatlarga ham to‘xtalib o‘tilgan.

📌 Agar Sizning universitetingiz ham loyihamiz ishtirokchisi bo‘lishini istasangiz biz bilan bog'laning.

📞 +998 91 080-60-06 ✈️@eduboostmedia

👉 Obuna bo‘ling:
Telegram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️APTIS sertifikatlarini magistraturaga va ishga kirishda hamda o‘qituvchilarga ustama belgilashda inobatga olish rejalashtirilmoqda

"Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qo‘shma qaror loyihasi e'lon qilindi.

Unga ko‘ra, xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar ro‘yxatiga Aptis ESOL for Teachers va Aptis ESOL Advanced sertifikatlarini ham kiritish rejalashtirilgan.

Magistratura qabul qilishda inobatga olinadigan ro‘yxatga esa Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP) o‘rniga Aptis ESOL Advancedni kiritish rejalashtirilgan.

Maktab kollej va litsey o‘qituvchilarini ishga qabul qilish va ustama belgilashda Aptis ESOL for Teachers, oliy tashkilotlari pedagoglariga esa Aptis ESOL for Teachers va Aptis ESOL Advanced inobaatga olinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, APTIS for teachers sertifikati 2021-yildagi qarorga asosan tan olib kelingan va 2024-yilda qarorga o‘zgatirish kiritilib ro‘yxatdan chiqarib tashlangan edi.

👉 Qaror loyihasi muhokamasida ishtirok eting hamda oʻz fikrlaringizni bildiring.

📍 Muhokama jarayonlari shu yilning 3-iyuliga qadar davom etadi.


📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴ALFRAGANUS UNIVERSITETIDA QABUL DAVOM ETMOQDA

🟤Alfraganus universiteti 2025–2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini boshladi!

🟤8 ta fakultet
🟤50 ga yaqin bakalavriat yo‘nalishlari
🟤10 ta magistratura mutaxassisligi

🟤Har bir yo‘nalish zamonaviy va amaliyotga yo‘naltirilgan.
— Birinchi marta o‘qishga topshirayotgan abituriyentlar;
— O‘qishni ko‘chirish (transfer);
— Magistraturaga hujjat topshirish — hammasi bir platformada!

🟤Rasmiy qabul platformasi: qabul.afu.uz

🟤Orzuyingizdagi kasb sari birinchi qadamni bugunoq tashlang!

— Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

Magistratura mutaxassisliklari

📃 Litsenziya (№ 034974, 12.08.2022)

☎️+99878 122 75 57
@Alfraganus_callcenter

🗺 Manzil

😁 AFU   |   Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“O‘quv sifatini yetarlicha taʼminlay olmaganimiz sabab sirtqi taʼlim tugatildi” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov

Oliy ta'lim vaziri “Daryo”ga bergan intervyusida sirtqi ta'lim shaklining tugatilishiga asosiy sabab ta'lim sifatining yetarlicha ta'minlab bera olinmagani ekanini ma'lum qildi.


“Biz bu yo‘nalishda taʼlim sifatini 100 foiz taʼminlab bera olmaymiz. Chunki bilamizki, talabalarning ko‘pchiligi ish bilan band, vaqtida darsga kela olmaydi. Buni hammamiz ko‘rib turibmiz, yashirishga hojat yo‘q”, – dedi u.


Vazirning aytishicha, endi o‘qish istagidagilar uchun sirtqi o‘rniga masofaviy ta'lim shakli yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur yo‘nalishda nazorat kuchliroq bo‘ladi. Talaba har kuni kompyuteridan darsga kirib, masofadan o‘qishi kerak bo‘ladi. O‘rniga boshqa odam kirsa yoki imtihonlarda qanaqadir “shpargalka”dan foydalanaman desa, uning kompyuteri avtomatik tarzda o‘chirib qo‘yiladi.

“O‘zi butun dunyoda sirtqi taʼlim shakli yo‘q. Biz kredit-modul tizimiga o‘tdik, dunyodagi top-300 talik reytingdagi universitetlar dasturlarini qabul qilyapmiz. Xorijdan professor-o‘qituvchilarni ishga taklif qilyapmiz.

Yevropa, Amerika yoki boshqa davlatlarga qarasangiz kunduzgi, kechki, masofaviy va uzaytirilgan taʼlim shakllari mavjud. Talabalarga institutni to‘rt yilda emas, 5–10 yilda ham bitirish imkoniyati beriladi. Shuning uchun bundan qo‘rqish kerak emas. O‘rniga muqobil taʼlim shakli berilyapti”, – dedi Sharipov.


📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvda hududlarning ta'lim sohasi bo‘yicha natijalariga ham to‘xtalib o‘tdi.

Yoshlarning oliygohga kirish ko‘rsatkichi
bo‘yicha Surxondaryo bir yil ichida 11-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarilib, katta sakrash qildi. Jizzax va Sirdaryo ham yaxshi natija ko‘rsatmoqda.

Ikki yil oldin xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta hududdan 45 nafar o‘quvchi sovrin olgan bo‘lsa, o‘tgan 6 oyda ularning safiga Jizzax, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari o‘quvchilari ham qo‘shilib, jami 166 ta medal qo‘lga kiritildi.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 325 ming yoshlar o‘qitildi. Ayniqsa, Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand yoshlari ITdan katta daromad topishni o‘rganib oldi.

Boshqa bir misol: o‘tgan yili 150 mingdan ziyod yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlari oldi, bu 2023-yilga nisbatan 2 baravar ko‘p.

Xorijiy tillarni mukammal bilish bo‘yicha Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan, Buxoro va Samarqand yoshlari ancha ilgarilab ketdi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti beradi

Prezident yoshlar bilan uchrashuvda “Taʼlim – kelajak sarmoyasi” degan ezgu gʻoya jamiyatimizda katta harakatga aylanayotganligini ta'kidladi.

Yaqinda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyati takomillashtirildi. Endi top-300 talik oliygohga kirganlar uchun oʻqish va yashash xarajatini qoplash tizimi yangi tartibda ishlay boshlaydi.

Eng avvalo, STEM yoʻnalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika), energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura, qurilish, qishloq va suv xoʻjaligi kabi drayver sohalar uchun kvotalar bir necha karra oshiriladi.

Endilikda banklar top-300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti beradi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy viloyatidagi maktabga oʻquvchilari faolligi uchun BYD avtomobili topshirildi

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Turin politexnika universiteti hamda Fan olimpiadalari markazi hamkorligida IBRO–2025 olimpiadasi tashkil etildi.

Ushbu olimpiadada eng faol qatnashib, o‘quvchilari yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 6-umumta'lim maktabi jamoasiga bosh sovrin – BYD Chazor avtomobili topshirildi.

IBRO–2025 g‘oliblar ro‘yxati: https://bit.ly/46ndmz3

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 6-iyul kuni boʻlib oʻtadi

Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlariga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Qolgan hududlarning imtihonlari oʻz hududlarida boʻladi.

🗓 Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

@piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025 #Texnikum

⚡️ Bugundan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabuli boshlandi

🔰 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2025-yil 9-sinf bitiruvchilari 515 ta texnikumning birida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 1-iyuldan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

▪️Platformaga:
🔹 tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;
🔹 3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

✔️ Maʼlumot oʻrnida, joriy yil 139 245 nafar 9-sinf bitiruvchisi davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Shundan:
🔹118 595 nafari kunduzgi ta’lim shakliga;
🔹20 650 nafari dual ta’lim shakliga.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 7–9-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi

Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5–10-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7–10-sinflarga o‘tkaziladi.

🧭 Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 105 daqiqa vaqt beriladi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (105 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📄 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet

@piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ISFTda chegirma asosida oʻqish uchun doʻstlaringizni taklif qiling

Bu — kontrakt uchun 57% gacha chegirma ham demakdir.

ISFTga o‘qishga olib kelgan har bir do‘stingiz uchun kontrakt to‘lovidan chegirma taqdim etiladi:
🔘1-do‘st uchun — 7%;
🔘 Keyingi har bir do‘st uchun — 5% dan.

Bularning barchasi maxsus gologrammali stikerlar orqali qayd etib boriladi.

Eslatma: Dastur faqat kontraktning 1/4 qismi to‘langandan so‘ng kuchga kiradi.

Batafsil — videoda!

📄 Litsenziya (№ 441247, 12.10.2021-y.)

🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717

Telegram | Instagram | Veb-sayt | Qabul-bot |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida taʼlim tizimi samaradorligi oshiriladi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatida taʼlim tizimi samaradorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan integratsiyasini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-209-son, 01.07.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2025/2026 oʻquv yilidan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida oʻqitishning dual taʼlim shakli joriy etiladi:

🔸 1-kurs talabalari uchun – taʼlim dasturlarining 60 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 40 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida;

🔸 2-, 3- va 4-kurs talabalari uchun – taʼlim dasturlarining 40 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 60 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida.

📝 2025-yil 1-sentyabrdan tajriba-sinov tariqasida “maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

✔️ Bunda Toshkent shahri Yunusobod tumani 250- va 273-sonli umumtaʼlim maktablari Universitetga biriktiriladi va Universitet:

🔸 har oyda 1 marotaba 7–9-sinf oʻquvchilarini ularning qiziqishlari doirasida belgilangan sohalarga oid mavzularni Universitet laboratoriyalarida darsdan tashqari mashgʻulot sifatida oʻqitadi.

2025-yil 1-sentyabrdan “Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik” ekotizimi joriy etiladi.

Ekotizim doirasida har yili talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar oʻrtasida “Eng yaxshi 20 ta gʻoya” tanlovi eʼlon qilinib, saralab olinadi;

💸 Shuningdek, amaliyotga joriy etilgan ilmiy tadqiqotlar mualliflarini BHMning 35 baravari miqdorida moliyaviy ragʻbatlantiradi.

🔗 2025-yil 1-sentyabrdan davlat oliy taʼlim tashkilotlarining arxitektura va qurilish yoʻnalishidagi barcha laboratoriyalari faoliyati Universitet tomonidan “UniLab” platformasi orqali muvofiqlashtirib boriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Univertur" dasturining ISFT instituti faoliyatiga bag'ishlangan soni efirga uzatildi

Ushbu havola orqali poytaxtimizda joylashgan International School of Finance Technology and Science (Moliyaviy Texnologiyalar va Fanlar Xalqaro Instituti) faoliyatiga bag‘ishlangan ko'rsatuvni to’liq tomosha qilishingiz mumkin:

Ko‘rsatuv davomida:

👉 Qariyb 10 yillik tarixga ega Toshkent va Samarqanddagi filiallari mavjud nufuzli institut afzalliklari;

👉Xalqaro akkreditatsiyaga ega ushbu nufuzli oliygohda grant asosida o‘qish imkoniyati;

👉 Davlat namunasidagi diplom, xalqaro sertifikatlar va ishga joylashishga yordam;

👉 talabalar uchun yaratilgan sharoitlar;

👉 hamkor korxonalarda amaliyot o'tash imkoniyati;

👉 ISFT institutining boshqa oliygohlardan farqli jihatlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.


😎 https://youtu.be/Fkc3kWk9-24?si=aHLlTXeaA17Ksx2H

📄 Litsenziya (№ 441247, 12.10.2021-y.)

🌐 admission.isft.uz | ☎️ +998555061717
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kasbiy taʼlim attestatsiya nizom 3635.pdf
1.5 MB
⚡️Taʼlim ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3635) bilan “Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Ustalar har 5 yilda bir marta majburiy attestatsiyadan oʻtkaziladi. Ilgari attestatsiyadan oʻtmagan va ishga yangi qabul qilingan yoki taʼlim tashkilotlarini bitirib, birinchi bor ishga kirganlar mutaxassisligi boʻyicha uch yil pedagogik ish stajiga ega boʻlgandan soʻng majburiy attestatsiyaga jalb qilinadi.

Ustalar oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtishi mumkin.

Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari oliy yoki oʻrta maxsus (kasbiy taʼlim) maʼlumot olganligi, norasmiy va informal orttirilgan ko‘nikma va malakalarni tan olish (“Recognition of Prior Learning”) diplom yoki sertifikatlar shuningdek qayta tayyorlash kursidan oʻtganligi haqidagi diplomida koʻrsatilgan mutaxassisligi yoki ixtisosligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi.

Ustalar har yili 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar bevosita pedagog.edu.uz elektron axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladilar.

Attestatsiyadan oʻtkazish 2 bosqichda (umumiy 100 ballik) amalga oshiriladi:
1-bosqichda – ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi baholanadi (20 ballik);
2-bosqichda – ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining nazariy va amaliy koʻnikmalari baholanadi (80 ballik).

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari 10–12-iyul kuni bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 10–12-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi.

📍 Kirish imtihonlari talabgorlarning o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi.

📍Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi.

❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus, Andijon, Buxoro, Fargʻona, Guliston, Jizzax, Samarqand, Urganch shaharlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.


🧭 Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 105 daqiqa vaqt beriladi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (105 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet

@piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nodavlat oliy ta’limni sifatli shakllantirish vaqti keldi

Xususiy oliy ta’lim so‘ngi yillarda jadal rivojlanayotgan sohalardan biriga aylandi. Bu jarayonda ta’limga investitsiya kirituvchi yangi tashkilotlar, zamonaviy yondashuvlar, xalqaro sherikliklar paydo bo‘ldi. Lekin sohaga talab darajasida yetarli tizimli yondashuv bo‘lmagani uchun ta’lim sifatida turli darajadagi muassasalar faoliyat yuritib kelmoqda.

Shu sababli Vazirlar Mahkamasining nodavlat ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan qarori muhim ahamiyatga ega. Qarorda ta’lim sifatini ta’minlash va talabalar manfaatlarini himoya qilish uchun yangi, aniq va qat’iy mezonlar belgilab berilgan.

Endi yangi tashkil etiladigan xususiy OTMlar faoliyatini ikki bosqichda tashkil etishi shart: avval litsenziya olinadi, so‘ngra ta’lim dasturlari davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.

Bu qaror xususiy sektorni cheklamaydi, balki o‘z yo‘nalishini aniq belgilagan, sifatli ta’lim berish salohiyatiga ega real muassasalarni tartibga soladi, soha nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TAFUda qabul davom etmoqda!

🎓 15-iyulgacha utas.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tib, onlayn test topshiring25% gacha chegirma asosida talaba bo'lish imkoniyatini qo'lga kiriting!

Toshkent amaliy fanlar universitetida 4 fakultet bo’yicha 19 ta ta’lim yo’nalishida tahsil olishingiz mumkin.

Kelajak
- amaliy bilim va real tajribada!

👉 www.utas.uz — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
#imtihon_2025

📣Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga 1-bosqich kirish imtihonlari joriy yilning 12-iyul kuni boʻlib oʻtadi.

Sinov jarayonlari matematika va ingliz tili fanlaridan (har bir fan boʻyicha 40 ta topshiriqdan iborat test shaklida) tashkil etiladi. Matematika fani uchun 90 daqiqa, ingliz tili fani uchun 40 daqiqa vaqt beriladi.

Birinchi bosqich natijalariga koʻra eng yuqori koʻrsatkichga ega 300 nafar nomzod aniqlanadi va ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi.

Talabgorlar imtihon oʻtkaziladigan joy nomi va vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍👍

🖊 Kirish imtihonlarini siz qanday tassavur qilasiz?

Uyqusiz tunlar... Stress... "Kirolmasam, dadamga nima deyman?" qo‘rquvimi?

💘 Unda hoziroq videoni ko‘ring va yengil nafas oling: UBSda hammasi boshqacha!

Tiqilinch auditoriyalarsiz!
“Kech qolsam-chi?” kabi vahimalarsiz!
Ortiqcha stress va rasmiyatchiliklarsiz!

Imtihonlarni onlayn topshirasizmi yoki oflayn — buni siz hal qilasiz!


🎓Shuningdek, a’lo natijalarga erishgan, ilmiy va tarbiyaviy faoliyatda faollik ko‘rsatgan abituriyentlarga 2 o‘quv yili uchun 300 ta UBS granti taqdim etiladi.

🌐 qabul.ubsu.uz
☎️  +998781132626, +998555202626
🗒 Litsenziya (№ 733430)

🏛 Sen talaba bo'la olasan!

Rasmiy sahifalarimiz:
👍 Telegram | 👍 Instagram

👍 Facebook | 👍 YouTube | 👍 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega professor-oʻqituvchilarning lavozim maoshlariga 100 foizgacha oylik ustamalar toʻlanishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga davlat oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2025-yil 12-iyundagi 362-son qarori qabul qilindi.


🌐Unga koʻra:

◀️ oliygohlarda xorijiy tillar boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega professor-oʻqituvchilarning chet tilida maxsus o‘quv fanlarini o‘qitganlik uchun lavozim maoshlariga 100 foizigacha boʻlgan miqdorda oylik ustamalar belgilanishi mumkin (chet tillari, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yo‘nalishlarining kasbiy va maxsus fanlari o‘qituvchilari bundan mustasno);

▶️ dotsent lavozimiga bir muddatga qabul qilingan professor-oʻqituvchilarga mos ravishda “Dotsent” boʻlimida nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari to‘lanishi belgilandi;

◀️oliygohda faoliyat yuritayotgan boshqa toifadagi xodimlarning ish haqiga nisbatan ustamalarning eng yuqori miqdori 400 foizdan oshmasligi belgilandi.

🖇 Shuningdek, talabalar turar joylarini saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan, biroq BHMning 3 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratish orqali qoplab boriladi.

☑️Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida jamoat transporti bekatlariga yaqin boʻlgan litsey, texnikum va oliy taʼlim tashkilotlarining boʻsh turgan maydonlari ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari o‘qitish uchun tadbirkorlik subyektlariga oʻquv markazlarini tashkil etish maqsadida elektron onlayn-auksion savdolari orqali tanlov asosida ijaraga beriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/14 18:35:39
Back to Top
HTML Embed Code: