Telegram Web Link
Kvota_AL_2025.pdf
1.8 MB
#Qabul2025 #AkademikLitsey

⚡️Akademik litseylarga qabul kvotalari tasdiqlandi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga qabul parametrlari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 73 ta akademik litseyga jami 15 262 ta kvota ajratildi.

Hujjatlar 10-iyundan boshlab my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi.

Eslatma: Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025 #AkademikLitsey

⚡️Akademik litseylarga qabul boshlandi


10-iyundan 2025/2026-oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.

Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:

▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

🗓 Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

*Eslatma:
📂 Qabul kvotasi
bu yerda👈
🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
bu yerda👈

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TRM - Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 Psixologiya bo‘yicha eng yaxshi o‘quv-uslubiy resurs respublika tanlovi

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi ta’lim jarayoni ishtirokchilarini psixologik qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirishga yo‘naltirilgan eng yaxshi o‘quv-uslubiy resurslar tanlovini e’lon qiladi.

👩‍🏫 Tanlovda maktab psixologlari, psixologik-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishlari mumkin.

Ular o‘zlarining o‘quv, uslubiy yoki tavsiyaviy qo‘llanmalarini taqdim etishlari lozim.

🖥 Materiallar elektron formatda raqamlitalim.trm.uz/psychology platformasi orqali 2025-yil 10-sentyabrgacha qabul qilinadi.

G‘oliblar 2025-yil 30-sentabrda e’lon qilinadi va ularga qimmatbaho sovg‘alar, diplomlar topshiriladi. Eng yaxshi o‘quv-uslubiy resurslar keng targ‘ib qilinadi.

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Abituriyent diqqatiga: Ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalaning!

Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentning telefon raqami ma’lumotlarni tasdiqlash vositasi hisoblanadi.

✍️ Bunda ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi va SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

📵 Ro‘yxatdan o‘tishda foydalanilgan (tizimga kiritilgan) telefon raqamisiz ma’lumotlarni tasdiqlab yoki o‘zgartirib bo‘lmaydi.

🛃 Agar abituriyent boshqa shaxsning telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tadigan bo‘lsa, telefon raqamiga egalik qiluvchi shaxsda abituriyentning ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘ladi.

❗️ Shu sababli abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamidan foydalanishi va telefon raqamini boshqa shaxslarga bermasligi lozim.

✳️ Shuningdek, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zi eslab qoladigan, xavfsiz paroldan foydalanishi va uni esdan chiqarmasligi maqsadga muvofiq.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

@sinovtestuz_bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Kelajagingiz shu yerda boshlanadi – QABUL BOSHLANDI!

NIU bugun O‘zbekiston yoshlari uchun 2 milliard so‘mlik GRANT ajratgan zamonaviy va xalqaro standartlarga mos universitet! 18 ta bakalavriat yo'nalishlari, 3 ta magistratura mutaxassisliklari — har biri real kasb, haqiqiy imkoniyat!

— Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari

Litsenziya (№ 755472 06.08.2022)

Ro'yxatdan o'tish uchun havola: USTIGA BOSING
📞 Call:center: +998555000043

Bizning manzillar:
📍 Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy
📍 Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, Oqkamar MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“El-yurt umidi” jamg’armasining 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovlari qachon o‘tkazilishi ma'lum qilindi

❗️“El-yurt umidi” jamg’armasi tomonidan 2025-yilning 9-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2025-yil 1-ochiq stipendiya tanlovlari yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

📑Mazkur matbuot anjumanida “El-yurt umidi” jamg’armasi boshqarma boshligʻi Elbek Iskandarov tomonidan tanlov jarayonlarining qachon o’tkazilishi haqida ma’lumot berildi.

📌Unga ko’ra, nomzodlar tomonidan kelib tushgan arizalar soniga qarab, imtihon sanalari 28-30-iyun kunlari, suhbat jarayonlari esa 1-iyuldan 15-iyulga qadar o’tkazilishi reja qilingan.

📤Shuningdek, suhbat natijalari avgust oyi boshida e’lon qilinishi nazarda tutilgan.

(Ushbu kunlar arizalar kelib tushgan soniga qarab qisqarishi yoki keyinga surilishi mumkin)

⚡️Eslatib o‘tamiz, nomzodlar joriy yilning 16-iyuniga qadar https://el-yurt.uz platformasi orqali tegishli hujjatlarni yuborib, tanlovga nomzod sifatida qatnashishlari mumkin: 👉 https://www.tg-me.com/uztdi/9680

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️2025–2026 o‘quv yili uchun magistratura yo‘nalishlariga qabul boshlandi!

🎓 Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti (sobiq Yeodju Texnika Instituti) O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan 241191-sonli davlat litsenziyasi asosida faoliyat olib boradi hamda magistr darajasida berilgan diplom O‘zbekiston hududida to‘laqonli tan olinadi.

Universitet 2019-yil 17-dekabrdagi Vazirlar Mahkamasining 1007-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, KAZSEE va IQAA xalqaro akkreditatsiya agentliklari tomonidan tan olingan dasturlarga ega.

🗓 Qabul muddati:
📅 2025-yil 2-apreldan – 1-avgustgacha
🖥 Hujjatlar faqat onlayn tartibda qabul qilinadi:
👉 https://masters.kiut.uz/

📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlar:

Pasport yoki ID karta nusxasi (rangli)
Oliy ta'lim diplomi va ilovasi (rangli)
3,5 x 4,5 sm hajmdagi elektron fotosurat (so‘nggi 3 oy ichida tushirilgan)
📥 Fotosurat namunasi: https://www.tg-me.com/mskiut/30

📍 Manzil:
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Usmon Nosir ko‘chasi, 156-uy
🧭 Mo‘ljal: Toshkent Janubiy vokzali

📞 Aloqa: (+99878) 129-40-40 (ichki raqam – 137)
🌐 Web: https://kiut.uz/uz/admission/magistratura/
📱 Telegram: @mskiut
Joriy yilda maktabning 11-sinfini bitirganlar kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda attestatni kutishlari kerakmi?

my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritish lozim.

Lekin joriy yil bitiruvchilari (umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari) mazkur ma’lumotni to‘ldirmaydi.

Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari tegishli vazirliklarning axborot tizimidan integratsiya orqali olinadi.

Bunda joriy yil bitiruvchilari attestat berilishini kutmasdan, my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2025-2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-Bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida,
2-Bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikrohududdan tashqarida.

1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin. Hurmatli ota-onalar, videoyo‘riqnoma bilan tanishib chiqing, unda my.maktab.uz platformasi orqali o‘zingizga biriktirilgan maktabni qanday aniqlashni bilib olishingiz mumkin.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz) ga kiritiladi.

Eslatma! “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari orqali javob olishingiz mumkin.


Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sovrinli testda ishtirok eting va pul yutug‘ini qo‘lga kiriting!

"Talimxabarlari.uz" va "Jarayon.uz" jamoasi o‘z obunachilari uchun IQ darajasini aniqlashga qaratilgan mantiqiy test sinovlarini e’lon qiladi.

🖥 Mazkur jarayonlarda ishtirok etish uchun @uztditestbot ga kirib, start buyrug'ini berishingiz lozim.

Shundan so‘ng "Yutuqli test" bo'limini tanlab, jarayonlarda ishtirok etishingiz mumkin.

🎁 Berilgan 20 ta savoldan kamida 10 ta to‘g‘ri javobni topa olgan ishtirokchilar omadlilar qatoridan o‘rin olishi mumkin.

Omadlilar orasidan 3 kishi tasodifiy tanlov orqali g'olib deb topiladi va ularning har birga 500 000 so'mdan pul mukofoti topshiriladi.

💻G‘oliblar 1 haftadan so'ng, 19-iyun kuni jonli efirda aniqlanadi.

🎓 Mantiqiy fikringiz natijasida pul yutib olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!


Testda qatnashish mutlaqo bepul!

🌐Sovrinli test sinovlariga oid yangiliklarni @talimxabarlari va @jarayonuzofficial kanallari orqali kuzatib borishingiz mumkin.


👉 Testni boshlash uchun: @uztditestbot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat grantida o‘qiyotgan talabalar yana qayta o‘qishga topshirsa, kontrakt bo‘ladimi?
#abituriyent

❗️JAVOB: O‘tgan yili ilk marta ayrim abituriyentlarning shaxsiy kabinetida quyidagicha yozuv paydo bo‘lgan edi:

Siz avvalgi yillarda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilganingiz sababli joriy yilda davlat granti uchun tanlovda ishtirok eta olmaysiz.


2024-yil 25-maydagi Prezident farmoniga asosan yangi tartib belgilandi. Unga ko‘ra:

ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi, shuningdek, oliy ta’limning tegishli bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’limning ushbu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi.


Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/32589

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢RASMAN QABUL BOSHLANDI!

🎓Osiyo Xalqaro Universiteti 2025–2026 o‘quv yili uchun abituriyentlarni qabul qilishni boshladi!

Agar siz xalqaro standartlarga, amaliyotga yo‘naltirilgan va zamonaviy universitetda ta’lim olishni istasangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun!

📌Endilikda OXUda umumiy 35 ta bakalavr va 14 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud.

🎓 Kunduzgi, kechki va masofaviy shakllarda tahsil olish imkoniyati mavjud.

2025–2026 o‘quv yilida:

• Yo‘nalishlar soni 90 taga yaqin – har bir qiziqishga mos tanlov
200 ta grant o‘rni – bilimli, iqtidorli va faol yoshlarga bepul ta’lim imkoniyati!
2+2 / 1+3 qo‘shma dasturlar (AQSH bilan) – xalqaro darajadagi diplomni qo‘lga kiritish imkoniyati.
Chet elda amaliyotlar – talabalar nazariyani real tajriba bilan mustahkamlashadi.
• Va yana ko‘plab imkoniyatlar sizni kutmoqda!

OXU – bu siz orzu qilgan kelajak sari qat’iy qadam!

🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:

+998553050009

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9-yoki 10-sinfni tugatganlar ham OTMga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tsa bo‘ladimi?

2020-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”ning 11-moddasida quyidagi shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega ekanligi belgilangan:

umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim);

o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim);

boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar;

ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar.


❗️Shu sababli maktablarning 9-10-sinf va akademik litseylarning 1-kurs o‘quvchilari majburiy 11 yillik ta’limni tamomlab, attestat yoki diplom olgandan so‘nggina oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari mumkin.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Keyingi o‘quv yilida darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi" – Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma’lum qilishicha, 2025-2026-o‘quv yilida ota-onalardan darsliklar va mashq daftarlari ijarasi uchun qo‘shimcha to‘lov undirish rejalashtirilmagan.

Vazirlik bayonotida ma’lum qilinishicha, 2024-yilda maktab o‘quvchilari uchun 83,2 mln nusxa darslik va mashq daftarlarini yetkazib berish uchun Davlat budjetidan jami 1,5 trln so‘m ajratilgan.

Ushbu mablag‘lardan 435,5 mlrd so‘mi (yoki 36 foizi) davriyligi 1-yil hisoblanadigan hamda har yili yangidan chop etiladigan mashq daftarlari uchun yo‘naltirilgan.

2025-yilda esa 81 mln nusxa darsliklar va mashq daftarlari uchun jami 1,3 trln so‘m mablag‘larni to‘liq Davlat budjetidan qoplash ko‘zda tutilgan.


"Ijtimoiy tarmoqlardagi faol foydalanuvchilar tomonidan chop etilgan postlarda Budjet loyihasida Kitob jamg‘armasi xarajat va daromadlari ko‘rsatilmaganiga e’tibor qaratilgan. Qayd etish joizki, Kitob jamg‘armasi faoliyati to‘xtatilgan va yangi jamg‘arma tashkil qilinmagani sababli loyihada bu bo‘yicha ma’lumotlar aks ettirilmagan.

2025-yil uchun Davlat budjeti doirasida ko‘zda tutilgan mablag‘lar yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan ta’minlash bo‘yicha ehtiyojni to‘liq qoplash imkonini beradi", – deyiladi vazirlik bayonotida.


Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi oliygohlarda chet tilida ayrim maxsus fanlarni o‘qitgan o‘qituvchilar 100 foizgacha ustama olishlari mumkin

Hukumatning 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori bilan 29.09.1994 dagi 409-sonli qarorga o‘zgartirish kiritildi.

Unga ko‘ra:

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillar bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tarkibiga (chet tillari, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yo‘nalishlarining kasbiy va maxsus fanlari o‘qituvchilari bundan mustasno), shu jumladan mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazayotganlarga, chet tilida ayrim maxsus fanlarni o‘qitganlik uchun, fanni o‘qitish kursining davomiyligi va chet tilini o‘qitish kasb mahoratiga qarab, bazaviy maoshning 25 foizidan 100 foizigacha miqdorda ustama belgilanadi.

❗️ Avvalgi tartib bo‘yicha sertifikat talabi mavjud emas edi hamda ustamani 25 foizdan 40 foizgacha berish mumkin edi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endi oʻqishni sirtqidan kunduzgiga koʻchirish va qayta tiklash mumkin

Hukumatning 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori bilan 20.06.2017 dagi 393-sonli qarorga o‘zgartirish kiritildi.

Bugunga qadar sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimdan kunduzgi taʼlimga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimning bir taʼlim sohasidan ikkinchi taʼlim sohasiga fuqaroning oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash haqidagi arizasiga rad javobi berilishiga asos boʻlardi. Endi shu xatboshini chiqarib tashlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoniga ko’ra, 2025/2026-o’quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatilgan: 👉 https://www.tg-me.com/uztdi/9603

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi OTM professor va o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarga 400 foizgacha ustama belgilash mumkin

Hukumatning 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori bilan 26.08.2020 dagi 517-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomi quyidagi band bilan to‘ldirishdi:

“Bunda boshqa toifadagi xodimlarning ish haqiga nisbatan belgilanadigan ustamalarning eng yuqori miqdori 400 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Zarur hollarda oliy ta’lim muassasalariga malakali mutaxassislarni jalb etish maqsadida boshqa toifadagi xodimlarning ish haqiga nisbatan belgilanadigan ustamalarning eng yuqori miqdori oliy ta’lim muassasasining Kengashi tomonidan mustaqil belgilanishi mumkin”.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Jasorat maktablariga birinchi bosqich kirish imtihonlari spetsifikatsiyasi eʼlon qilindi!

Unda imtihon savollari qanday manbalarga asoslanishi, savollar turlari va ularni baholash mezonlari haqida batafsil maʼlumot berilgan.

Jasorat maktablariga o‘qishga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha nomzod o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ushbu spetsifikatsiya bilan tanishib chiqishi tavsiya etiladi.


🖥 Eslatib o‘tamiz: ariza topshirish joriy yil 20-iyunga qadar ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🔰 Spetsifikatsiya bilan ushbu havola orqali tanishing.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti prezidentini tanirmidingiz?

Germaniya hayoti instagram sahifasi asoschisi Myunxen texnika universiteti (TUM) haqida tayyorlagan videosida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prezidenti Wolfgang Herrmann bilan tanishibdi.

Gap shundaki, Herrmann Myunxen texnika universitetini prezident sifatida 24 yil boshqargan. Hozir esa “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prezidenti.

Haqiqatdan ham dunyoda 26-oʻrin, Germaniyada esa 1-oʻrinda turuvchi oliygohni shuncha uzoq davr mobaynida boshqargan tajribali olim yurtimizdagi bir davlat oliygohini boshqarayotgani juda faxrlanarli hol.

“Yangi Oʻzbekiston” universiteti yoshlarimiz orzularini oʻzida mujassam qilib, dunyo universitetlari kabi sifatli bilim va xalqaro darajadagi akademik muhit yarata olayotganiga ishonamiz.

👉 Video bu yerda
Hozir sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar keyinchalik diplom oladimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari sirtqi ta’lim shakli tugatilishi yuzasidan fuqarolar va jamoatchilikdan kelib tushayotgan savollarga javob berdi.

📑Hozirda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar amaldagi tartibda o’qishni tamomlaydi va ularga tan olinadigan namunadagi diplom berilishi ta’kidlandi. Ya’ni, ular tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha amaldagi davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va fan dasturlariga muvofiq o‘qishni yakuniga yetkazish imkoniyatiga egalar.

‘‘Sirtqi ta’lim shaklida tahsil olib, belgilangan tartibda diplom olgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq to‘liq oliy ma’lumotli mutaxassislar hisoblanadi. Ularga beriladigan diplom kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shaklidagi diplomlar bilan teng yuridik kuchga ega.

Shu bois, bunday mutaxassislarni davlat yoki xususiy sektorda rasmiy ishga qabul qilishda hech qanday huquqiy to‘siq mavjud emas. Ish beruvchilar ularning ta’lim shaklidan kelib chiqib emas, balki egallagan bilim, ko‘nikma va professional salohiyati asosida baholashi lozim’’ -deydi vazirlik xodimi.



📌Shuningdek, kelgusida kunduzgi ta’limga muqobil shakllar, jumladan, masofaviy, kechki va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time) ta’lim shakllari bosqichma-bosqich rivojlantirilib, ularga qabul ko‘rsatkichlari kengaytirib borilishi qayd etilgan. Bu esa muayyan ish o‘rniga ega abituriyentlar uchun o‘qish va mehnat faoliyatini bir vaqtda olib borish imkonini beradi.

🎓Masofaviy ta’lim zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etilib, talabalarga bevosita ta’lim muassasasiga kelmasdan bilim olish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, kechki ta’lim shaklida o‘qish ish vaqtidan keyingi soatlarda amalga oshirilib, ishlovchi shaxslarga qulay grafikda ta’lim olishni ta’minlaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/14 18:32:46
Back to Top
HTML Embed Code: