❗️ Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga sertifikat berish tartibi belgilandi

📃Hukumat qarori (652-son, 17.10.2025-y.) bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida ”gi nizom tasdiqlandi.

📌 Nizom musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibini belgilaydi.

Sertifikat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 3-yil muddatga elektron shaklda beriladi.

🗒Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fanini bilish darajasini aniqlash boʻyicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi.

Amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining oʻrtacha natijasiga koʻra:
➡️70 va undan yuqori ball olgan talabgorga – A+ darajali;
➡️65 – 69,9 ballga – A darajali;
➡️60 – 64,9 ballga – B+ darajali;
➡️55 – 59,9 ballga – B darajali;
➡️ 50 – 54,9 ballga – C+ darajali;
➡️46 – 49,9 ball olgan talabgorga – C darajali sertifikat beriladi.


🔗B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan oʻqituvchiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Vakant direktor lavozimlari uchun ochiq mustaqil tanlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi 52 ta kasbiy ta’lim tashkilotlarining vakant direktor lavozimi uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qildi.

📃 Vakant direktor lavozimlari ro‘yxati bu yerda👈

🌐 Talabgorlar tomonidan arizalarni yuborish 👉 https://vacancy.edu.uz/vacancies sayti orqali amalga oshiriladi.

Hujjatlar 2025-yil 27-oktabriga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MMTV tizimidagi umumta’lim maktablari musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining amaliy (ijodiy) imtihon sinovlarini BAHOLASH MEZONLARI

Hukumat qarori (652-son, 17.10.2025-y.) bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida ”gi nizom tasdiqlandi.

Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi;

ikkinchi bosqichda esa Madaniyat vazirligi tomonidan amaliy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musiqa va jismoniy tarbiya sertifikat nizom.pdf
2 MB
Hukumat qarori (652-son, 17.10.2025-y.) bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida ”gi nizom tasdiqlandi.

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkaziladi, gʻoliblar davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

👉 2026-yildan boshlab:

taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha darsliklarning yangi avlodi yaratiladi;

maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqiladi;

maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lugʻatcham” rasmli lugʻat kitobi yaratiladi;

bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqiladi;

👉 Qarorga asosan:


umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻzbek tili mavzusida insholar tanlovi;

oʻzbek tili fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi oʻtkaziladi;

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa vazirlik va tashkilotlar hamkorligida har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkazib boriladi;

Mazkur olimpiada gʻoliblari respublika oliy taʼlim muassasalarining “filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili va adabiyoti” taʼlim yoʻnalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7774756.pdf
1.4 MB
Oliy taʼlim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining qarori,

17.10.2025-yildagi 656-son

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugundan toifa test sinovlari boshlandi!

🖼Bugun, 21-oktyabr kuni kuni Respublikamizning barcha hududlarida maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun avgust-dekabr oylarida oʻtkazilayotgan pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlariga start berildi.

Bugun bo'lib o'tadigan test sinovlarida umumtaʼlim maktablarining rus tili (milliy maktablarda), rus tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti, turkman tili va adabiyoti, qirg‘iz tili va adabiyoti hamda qozoq tili va adabiyoti fanlari o‘qituvchilari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar.

Ertaga, 22-oktyabr sanasida bo'lib o'tadigan test sinovlarida umumtaʼlim maktablarining geografiya, biologiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari oʻqituvchilari ishtirok etadi.

👉2025-yil avgust-dekabr oylari toifa testlari o'tkaziladigan joylar ro'yxati

👉2025-yil avgust-dekabr oylari toifa testlari o'tkaziladigan sanalar ro'yxati

🖊 @PedagogEduBot orqali pedagoglar uchun attestatsiya oldidan bepul diagnostik testlarni ishlab, pul yutug'iga ega bo'lishingiz mumkin.

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📆 Matematika fanidan asosiy olimpiadaning qayta o‘tkazilish sanasi e’lon qilindi

Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichi qayta o’tkazilishi haqida xabar bergan edik.

✔️Olimpiada 24-oktyabr kuni Respublika bo‘ylab bir xil vaqtda 3 smenada bo‘lib o‘tadi

– 9-sinflar 1-smenada (soat 10:00 da);

– 10-sinflar 2-smenada (soat 13:00 da);

– 11-sinflar esa 3-smenada (soat 16:00 da) ishtirok etadilar.


🔗Ishtirokchilarga o‘zlari bilan qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich va sirkul olib kirishlariga ruxsat etiladi.

Olimpiada davomida ishtirokchilarga 30 ta test savollari taqdim etiladi va ularni bajarish uchun 1 soat 30 daqiqa vaqt ajratiladi.

📌Test natijalariga ko‘ra, fanlar kesimida 3 nafardan g‘oliblar aniqlanadi va uchinchi — hududiy bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli pedagoglar!

Xabaringiz bor, bugundan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida bir vaqtda malaka toifa sinovlari boshlandi.

🗣 Mazkur sinovlarda qatnashishi belgilangan hamda koʻrishida nuqsoni boʻlgan (bu haqida maxsus guvohnomasi mavjud) pedagoglarning murojaatlari asosida hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida ushbu pedagoglar uchun barcha fanlar boʻyicha test sinovlari:

2025-yil 12-noyabr kuni soat 14:00 da (bir kunda) oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.

👉 Pedagoglar sinovlarga oʻzlariga biriktirilgan yordamchilari bilan, shuningdek tasdiqlovchi hujjatlari va guvohnomalari bilan kelishlari shart.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌Attestatsiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish uchun maxsus sayt ishga tushirildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini toʻgʻridan-toʻgʻri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

➡️Bugun, 22-oktyabr sanasida bo'lib o'tadigan test sinovlarida umumtaʼlim maktablarining geografiya, biologiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari oʻqituvchilari ishtirok etadi.

➡️Ertaga, 23-oktyabr kuni esa informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchilari ishtirok etishadi.

🔽Test jarayonlarni quyidagi havola orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin:

💻https://cams.uzedu.uz/

👉2025-yil avgust-dekabr oylari toifa testlari o'tkaziladigan joylar ro'yxati

👉2025-yil avgust-dekabr oylari toifa testlari o'tkaziladigan sanalar ro'yxati

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali'
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyati tashkil etildi

"Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ-309-son, 20.10.2025 y.) qabul qilindi.

📑Qarorga ko‘ra, Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 seysmik xavfsizlikni ta’minlash va barqaror qurilish sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va natijalarini amaliyotga joriy etishni ta’minlash;

🔹 tegishli litsenziya talablari va shartlarini bajargan holda shaharsozlik sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlarining barchasini amalga oshirish.

🔹 boshqa ilmiy tashkilotlar, jamg‘armalar, ta’lim muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish orqali birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.

🔗 Institut faoliyati o‘zini o‘zi moliyalashtirish tamoyili asosida tashkil etiladi va Kengashlar nazorati ostida yuritiladi.

❗️Institutga ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish va o‘z faoliyatiga mos ixtisosliklar bo‘yicha doktorant va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlash huquqi beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ertaga bo'lib o'tadigan toifa testlarida qatnashadigan pedagoglar ro‘yxati

📆Ertaga, 23-oktyabr kuni bo'lib o'tadigan test sinovlarida informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchilari ishtirok etishadi.

Quyidagi roʻyxatlar orqali pedagoglar test topshiradigan sanasini, guruhini va vaqtini bilib olishlari mumkin:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Fargʻona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent viloyati
Toshkent shahri

🖊 @PedagogEduBot orqali pedagoglar uchun attestatsiya oldidan bepul diagnostik testlarni ishlab, pul yutug'iga ega bo'lishingiz mumkin.

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Malaka toifa sinovlari oʻtkaziladigan sanalarga oʻzgartirish kiritildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 21-oktabridan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida belgilangan vaqt davomida malaka toifa sinovlari boʻlib oʻtmoqda.

Maʼlum sabablarga koʻra, mazkur sinov kunlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Xususan:

29-oktabr kuni kimyo, fizika fanlaridan oʻtkazilishi belgilangan sinov jarayonlari 12-noyabrda (1 kun);

11-12-noyabr kunlari qoraqalpoq tili (davlat tili), qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan oʻtkazilishi belgilangan sinov jarayonlari — 13-14-noyabrda (2 kun) oʻtkazilishi belgilandi.

🖊 @PedagogEduBot orqali pedagoglar uchun attestatsiya oldidan bepul diagnostik testlarni ishlab, pul yutug'iga ega bo'lishingiz mumkin.

Attestatsiya oid so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lib turish uchun kanalimizga obuna bo‘ling: 👉
https://www.tg-me.com/uztdi

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nashriyot tomonidan 15 million so’mlik grant.

🇺🇿Ilmiy maqolalar tanlovi🇺🇿

🎓 “YIL TADQIQOTCHISI – 2025” TANLOVI BOSHLANDI! 🌟

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston–2030” strategiyasi va Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi asosida, ilm-fan sohasida faol yoshlar va olimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Worldly Knowledge MCHJ tomonidan “Yil tadqiqotchisi – 2025” tanlovi e’lon qilinadi!


🎓Tanlov yo‘nalishlari:
Tibbiyot, pedagogika, biologiya, iqtisodiyot, psixologiya, texnika, filologiya, tarix, qishloq xo‘jaligi, san’atshunoslik, arxitektura va boshqa 17 ta ilmiy soha bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi.

🌐Tillar — o‘zbek, rus yoki ingliz

🏆 Sovrin jamg‘armasi — 15 000 000 so‘m!
🥇 1-o‘rin — 5 000 000 so‘m + faxriy diplom + statuetka
🥈 2-o‘rin — 3 000 000 so‘m + diplom + esdalik sovg‘alar
🥉 3-o‘rin — 2 000 000 so‘m + diplom + esdalik sovg‘alar

🎁 Bundan tashqari, 10 ta maxsus nominatsiya (“Eng faol ayol tadqiqotchi”, “Eng iqtidorli talaba”, “Ilm-fan targ‘ibotchisi” va boshqalar) bo‘yicha g‘oliblar ham diplom, statuetka va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

🗓 Maqolalarni topshirish muddati:
📅 15-oktabr – 15-noyabr, 2025-yil

Ishtirok etish: bepul

🔎Batafsil ma’lumot uchun:
✈️ @iqro_jurnali

🎓 Ilmiy izlanishlaringizni namoyon eting va “Yil tadqiqotchisi – 2025” sovrindori bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonda STEM-taʼlimni rivojlantirishga 100 million dollar ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Oʻzbekiston maktablarida fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) taʼlimini rivojlantirish uchun 100 million dollarlik imtiyozli kredit ajratganini maʼlum qildi.

Loyiha doirasida 200 ta maktab zamonaviy laboratoriyalar, kompyuterlar, quyosh panellari va inklyuziv jihozlar bilan taʼminlanadi. Shuningdek, olti nafar STEM oʻqituvchilariga yangi metodikalar va texnologiyalar oʻrgatiladi.

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Attestatsiya sinovlarida yuqori natijani qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar

➡️Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 7-DMTT tarbiyachisi Mo‘tabar Ro‘ziqulova malaka test sinovida 94 ball,

➡️Buxoro viloyati, Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabning oliy toifali informatika fani oʻqituvchisi Umida Fayziyeva 92 ball,

➡️Buxoro viloyati, Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning oliy toifali informatika fani oʻqituvchisi Alisher Saidov attestatsiya sinovlarida 90 ball,

➡️Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumanidagi 11-DMTT direktor o'rinbosari Mohigul Allayorova 90

➡️Xorazm viloyati, Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi Yusupov Doniyor – 90 ball,

➡️Xorazm viloyati, Xiva shahar 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internati Informatika fani o‘qituvchisi Bunyod Boyjonov – 90 ball,

➡️Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani 20-sonli maktabning biologiya fani oʻqituvchisi Sandiboyeva Hurriyat - 94 ball,

➡️Buxoro viloyati, Kogon tumani 25-maktabining rus tili va adabiyoti (milliy maktab) fani oʻqituvchisi Madina Ikromova -90 ballni qo'lga kiritdi.

🖊 @PedagogEduBot orqali pedagoglar uchun attestatsiya oldidan bepul diagnostik testlarni ishlab, pul yutug'iga ega bo'lishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endi jismoniy tarbiya oʻqituvchilari direktor jamgʻarmasi hisobidan 20% gacha ustama olishlari mumkin

📑Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 823-sonli qaroriga ayrim oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Xususan, oʻz faoliyatida ijobiy natija koʻrsatgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari Nizomning 20-bandiga asoslanib, mumkin boʻlgan ustamaga qoʻshimcha ravishda jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foizgacha ragʻbatlantirilishi mumkin.

📌Bunda rag‘batlantiriladigan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari rag‘batlantiriladigan yildan avvalgi bir kalendar yil (yanvar–dekabr oylar) davomidagi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan sport musobaqalaridagi ishtiroki hamda xalqaro assotsiatsiyalar tomonidan o‘tkaziladigan Osiyo va jahon chempionatlari, xalqaro olimpiadalarda erishgan natijalaridan kelib chiqib, ishchi guruh tomonidan har yili 15 yanvargacha bir kalendar yil (yanvar–dekabr oylar) uchun bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foizgacha har oylik ustamalar quyidagi tartibda ustamalar belgilanadi:

– sport musobaqalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritganligi uchun – 5 foiz;

– sport musobaqalarining Respublikasi bosqichida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganligi uchun (1-3 oʻrin) – 10 foiz;

xalqaro sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganligi uchun – 20 foiz.


📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (
@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilik_yangiliklari

Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi

Prezidentning “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni tasdiqlandi.


Farmonga asosan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi.

Bu orqali kasbiy ta’limni rivojlantirishda samarali va yaxlit boshqaruv tizimi yaratiladi.

Kasbiy ta’lim agentligi:

texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy ta’lim sohasini boshqarishga mas’ul bo‘ladi;

kasbiy ta’lim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda o‘quv-metodik ta’minotga talablarni belgilaydi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “vaucher” tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni kasbga o‘qitadi.

Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga o‘qitadi.

2027-yil 1-yanvardan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ish o‘rinlariga bosqichma-bosqich Milliy malaka ramkasining tegishli darajasiga mos diplom (malaka sertifikati)ga ega xodimlarni ishga qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek:

🟢davlat kasbiy ta’lim muassasalariga ta’lim xizmatlari narxini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilash va mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilishga ruxsat beriladi.

🟢Kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hududiy tadbirkorlar kengashlari tuziladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endi pedagoglarga direktor jamgʻarmasidan ustamalar belgilashda malaka toifasi uchun qoʻshimcha ball berilishi mumkin

Hukumatning 2025-yil 21-oktyabrdagi ‘‘Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar to‘g‘risida’’gi 662-son qarori qabul qilindi.

Unga ko’ra, pedagoglarga direktor jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamalar belgilashda malaka toifasi uchun qoʻshimcha ballar beriladi. Jumladan,

mutaxassis malaka toifasi uchun – 0 ball;

ikkinchi malaka toifasi uchun – 5 ball;

birinchi malaka toifasi uchun – 10 ball;

oliy malaka toifasi uchun- 20 ball beriladi.

🖊 @PedagogEduBot orqali pedagoglar uchun attestatsiya oldidan bepul diagnostik testlarni ishlab, pul yutug'iga ega bo'lishingiz mumkin.

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toifa testlarida qatnashadigan pedagoglar ro‘yxati

📆1-noyabr kuni bo'lib o'tadigan testlarda Tasviriy san'at va chizmachilik, Texnologiya(servis xizmati), Texnologiya(texnologiya va dizayn), Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanlari oʻqituvchilari ishtirok etishadi.

Quyidagi roʻyxatlar orqali pedagoglar test topshiradigan sanasini, guruhini va vaqtini bilib olishlari mumkin:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Fargʻona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent viloyati - tez orada e'lon qilinadi
Toshkent shahri

📌Ertaga, 27-oktyabr kuni bo'lib o'tadigan testlarda Tarix, Davlat va huquq asoslari hamda Tarbiya fanlari oʻqituvchilari ishtirok etishadi. Unda qatnashadigan o'qituvchilar ro'yxati.

🖊 @PedagogEduBot orqali pedagoglar uchun attestatsiya oldidan bepul diagnostik testlarni ishlab, pul yutug'iga ega bo'lishingiz mumkin.

📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/27 03:49:42
Back to Top
HTML Embed Code: