Telegram Web Link
Yig‘ilishda hududlarda ham yaxshi misollar borligi qayd etildi.

Masalan, Urganch shahrida sun’iy intellekt asosida “Aqlli shahar tizimi” ishga tushirildi.

Situatsion markaz tashkil qilinib, elektr, gaz, suv, issiqlik ta’minoti, boshqaruv-servis kompaniyalari, transport, yo‘l, obodonlashtirish, chiqindi korxonalari yagona tizimga ulangan.

Har bir yo‘nalishdan kelib tushayotgan murojaatlarni sun’iy intellekt asosida tahlil qilib, tezkor kompleks yechim berish yo‘lga qo‘yilgan. Bularning hisobidan yiliga 16 milliard so‘m tejalmoqda.

Viloyat markazlari va poytaxt tumanlarining barcha hokimlariga Urganchdagi yangi tajribani o‘rganib, yil yakunigacha o‘zida joriy qilish topshirildi.

Boshqa vazirlik va idoralar rahbarlariga ham sohaning ichiga kirib, sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Facebook|Instagram|X
Endilikda vazirlar va tarmoq rahbarlarining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida sohada sun’iy intellektni rivojlantirishga ham javobgar bo‘lishi belgilandi.

Shahar va tumanlarda ham hokimlarning raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi lavozimi kiritiladi.

Barcha vazirlik va hokimliklarga o‘z tuzilmasida sun’iy intellektni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan alohida bo‘linma tashkil qilish va ularning oldiga, eng avvalo, ish samaradorligi va xizmat sifatini oshirish, ortiqcha xarajat, “yashirin” iqtisodiyot va byurokratiyani qisqartirish kabi masalalarga sun’iy intellekt orqali yechim topish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berish topshirildi.

Yuqori ko‘rsatkichga erishgan, xorijiy til biladigan, texnologik bilimi kuchli 100 nafar mutaxassis AQSH, Yevropa, Singapur, Yaponiya kabi davlatlarga olti oylik kurslarga yuboriladi.

Kelgusi yildan vazirlik va hududlarda sun’iy intellektni joriy etish holatini baholaydigan reyting tizimi ishga tushiriladi.

Facebook|Instagram|X
Prezidentimiz dunyoda sun’iy intellektga talab ortib borayotgan hozirgi davrda raqobatdosh bo‘lish uchun 3 ta eng asosiy masala – infratuzilma, ochiq ma’lumotlar va kadrlar tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

Sakkiz yilda 300 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi, aholi punktlarining 99 foizi mobil aloqa bilan qamrab olindi. Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash uchun 7 ta data-markaz ishga tushirildi.

Keyingi yil sog‘liqni saqlash, energetika, bank-moliya, bojxona-soliq, transport, tog‘-kon va qishloq xo‘jaligi sohalarida sun’iy intellekt bo‘yicha 100 ta loyiha rejalashtirilgan.

Bularni amalga oshirish uchun shunga mos quvvatlar, zamonaviy super-kompyuterlar kerak. Lekin hozirgi mavjud quvvatlar faqat kichik loyihalarni ishga tushirish uchun yetadi.

Oqibatda tadbirkorlar o‘z loyihasi uchun chet eldagi infratuzilmadan foydalanib, bunga millionlab dollar sarflayapti.

Shu bois, joriy yil 16 ta super-kompyuter sotib olish uchun 50 million dollar ajratildi. Keyingi yil bu mablag‘ 2 karra oshirilishi e’lon qilindi.

Facebook|Instagram|X
“Bir narsani tushunish kerak: tarmoq va hududlarda sun’iy intellekt infratuzilmasiga oshib borayotgan talabni faqat davlat hisobidan qoplab bo‘lmaydi,

– dedi Prezident.

Bugun start berilgan "IT-Park" loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida Saudiyaning “Data Volt” kompaniyasi bilan 150 million dollar hisobiga 12 megavattli data-markaz ishga tushiriladi. Keyingi bosqichda yana 3 milliard dollar sarmoya hisobiga quvvatlar 500 megavattga olib chiqiladi.

Umuman, investorlar uchun yanada jozibador muhit yaratib, zamonaviy super-kompyuter klasterlari va data-markazlarni ko‘paytirish zarurligi qayd etildi.

Bunday markazlar xarajatining 70 foizi elektr energiyasiga to‘g‘ri kelgani uchun investorlar jozibador elektr tariflari masalasini ko‘targan.

Bu boradagi ishlar Qoraqalpog‘istondan boshlanishi belgilandi. Sun’iy intellekt infratuzilmasiga 100 million dollardan ko‘p sarmoya kiritgan investorlarga elektr energiyasi narxi 5 sent etib belgilanadi, IT-park imtiyozlari tatbiq etiladi, import uskunalari bojxona to‘lovidan ozod etiladi.

Bu sohada katta sakrash qilish bilan birga, Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti rivojiga ham munosib hissa qo‘shadi”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Shu bilan birga, olis hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash uchun keyingi yildan yo‘ldoshli internet operatorlarining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ular 5 yilga yer, mol-mulk, foyda va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.

Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kontent markazidan O‘zbek tili bayramiga ajoyib sovg‘a.

👍 Social media | 📱 Mobile App | 👍 PRESS | 👍 Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbariga sun’iy intellekt asosida turli sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimot qilindi.

Главе государства представлены проекты, реализуемые в различных сферах с использованием ИИ.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🗣 “Avtomobilsiz kun” aksiyasi

🚴🏻‍♂️🌳🚶‍♂️🚴🏻‍♂️🌳🚶‍♂️🚴🏻‍♂️🌳🚶‍♂️🚴🏻‍♂️🌳🚶‍♂️

Bugun, 22-oktyabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasi davom etmoqda. “O‘zbektelekom” AK хodimlari atrof-muhit muhofazasiga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etish, jamoat transportini rivojlantirish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsad qilingan aksiyada faol ishtirok etmoqda.

👍 “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

👍 Social media | 📱 Mobile App | 👍 PRESS | 👍 Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Rasmiy axborot
🖋 O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi: yangi bitim iqtisodiy sheriklikning arxitekturasini belgilaydi

↗️ Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

↗️ Hujjat nafaqat siyosiy muloqotni institutsional darajaga ko‘tarmoqda, balki iqtisodiy pragmatizm va amaliy manfaatlar asosida hamkorlikning huquqiy poydevorini yaratadi.

↗️ O‘zbekiston uchun Bitim Yevropa bozorlariga eksport imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro standartlarga mos ishlab chiqarish tizimlarini joriy etish hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini tezlashtirish imkoniyatini yaratadi.

↗️ Shu bilan birga, u GSP+ imtiyozlaridan keng foydalanish va Jahon savdo tashkilotiga a’zolik jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi.

Bitim O‘zbekistonning xalqaro munosabatlarida yangi bosqichni ochdi - geosiyosiy emas, iqtisodiy pragmatizm va amaliy manfaatlar ustuvor bo‘lgan sheriklik modeli.


➡️ Batafsil

www.tg-me.com/Rasmiy_axborot_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/23 16:27:46
Back to Top
HTML Embed Code: