Trump siyosatini qo'llab-quvvatlayotganlar yana 47% ga chiqibdi. Ishonamanki bu vaqtinchalik. Protektsionizm sababli mahsulotlar uchun infliyatsiya ko'tarilib, noodatiy va noo'rin qarorlardan bizneslar aziyat chekishni boshlaganda bu ko'rsatkich albatta tushib ketadi. Buning uchun shunchaki bir yilcha vaqt kerak, xolos (agar bir necha oy kerak bo'lmasa)!
Elektromobillar segmentida sezilarli o‘zgarish kuzatildi:
BYD E2: yangi avtomobillari 1,8%, ko‘p foydalanilganlari esa 2% arzonladi.
BYD Han EV: yangi - 0.5%, o'rtachasi 4.4% ga arzonlagan.
BYD Song Plus: yangisi 1.1% arzonlagan.
BYD Yuan Up: yangisi 1.4% arzonlagan
Xorijiy avtomobillar segmentida:
Kia Sorento: narxlar 1,3% atrofida arzonlashdi.
Kia Sportage: o‘rtacha foydalanilgani 1,5-2,5% arzonlashdi.
Kia K5: narxlar 1,3-1,9% oralig‘ida pasaydi.
Umuman olganda narxlarning pasayishi bu o'zbekistonliklarga biroz bo'lsa ham raqobat muhitini his qildirish bilan bo'ldi. 1-maydan narxlar yana "barqarorlashishi" mumkin!
3/3
@v_turakulov

Trump davrining noaniqliklari sababli global dollar qadri tushmoqda:
2020-2021-yillardagi pasayish:
COVID-19 rag‘batlantirish choralari, deyarli nolga teng foiz stavkalari, global miqyosdagi noaniqlik sababli bo'lgan.
2022-yildagi keskin ko‘tarilish:
Federal zaxira bankining foiz stavkalarini oshirishi, global iqtisodiy o‘zgarishlar, inflyatsiya xavotirlari sababli bo'lgan.
2023-2024-yillardagi barqarorlik:
Federal zaxira banki siyosatiga kiritilgan o‘zgartirishlar, global savdo munosabatlaridagi keskinlik, iqtisodiy inqiroz qo‘rquvlari sababli yuz bergan bo'lishi mumkin.
1/3

Bu esa Trump prezidentlik darvi boshlanishi bilan bog'liq:
Bu qadrsizlanishga Tramp joriy etgan protektsionizm hamda noaniq va beqaror siyosat sabab bo'lyapti. Ya'ni, agar investorning kutilmalari dollarning qadrsizlanishini tahmin qila olsa (masalan, Trump 2.0 bojlari sababli infliyatsiya bo'lishi kabilar), endi investorlar boshqa valyutaga talabini oshirishi mumkin.
2/3

Natijada, shu kabi geosiyosiy va iqtisodiy omillar sababli ba'zi davlatlarning valyutalari qadri oshishi mumkin.
Masalan, shu davr ichida Rubnling qadri oshgan. O'zbek so'mining qadri ham biroz mustahkamlanganini ko'rish mumkin. (Lekin bu sabablarning o'zi bilangina butun boshli dinamikani asoslay ham olmaymiz.)

Forwarded from Uzbekonomics
Tesla korxonasi uchun hozir eng to'g'ri qaror bu yangi CEO bo'lar edi. Chunki, hozirgisi o'z asosiy ishidan tashqari konstitutsiyaga qarshi harakatlar qilib hukumatni qo'lga olish, ularning ishini to'xtatish va sudyalarga qarshi kurashish bilan band bo'lib turgan bir paytda EV bozoridagi raqobatchilar Teslaning istiqbollarini savol ostiga qo'ymoqda. Rasmda BYD va Tesla korxonalari aksiyalarining trendi.
Kechagi xabarlarga ko'ra, BYDning yangi modeli 5-minutda zaryad olishi mumkin ekan.
Ya'ni Teslaning tushishi nafaqat uning CEOsi aqldan ozganligi bilan tushintiriladi, balki Teslaning raqobatchilari ham Teslaning bozordagi pozitsiyalarini tushirmoqda.
AQSh bozori va amerikalik iste'molchilar uchun esa eng yaxshi narsa bu EV bozori xitoylik ishlab chiqaruvchilar uchun ochiqligi bo'lar edi. Hozir albatta, Tesla korxonasi AQSh hukumati tomonidan himoya olingan. Shunchalik himoyaga olinganki, Oq uydek joyni avtosalonga aylantirib yuborishdi. Shunday himoyalangan bozorda albatta innovatsiya ham bo'lmaydi, korxona rahbarlari ham zerikkanlaridan boshqa ishlar bilan, xobbi bilan (masalan, hukumatni qo'lga olish) shug'ullanishga bo'sh vaqt topadilar.
@uzbekonomics

Forwarded from Turakulov | Mutolaa
Kitob o'qisam tushunmayman!
O'qi! O'qiyver!
Axir bilmaysanmi, birinchi qor erib ketgani bilan keyingi qorlar uchun yerni muzlatib ketadi.
Kitob o'qish ham shu: har bir o'qilgan kitob, keyingi kitob uchun zamin bo'ladi.
Aslida kitobni 100% tushunib bo'lmaydi. Agar shunday bo'lganida, sen va kitob muallifning farqi nimada bo'lar edi?!
Eng katta yutuq kitobni to'liq tushunish emas, balki kichik bo'lsada saboq ola bilish. Odatda bu saboq kitobning qaysidir misrasida yashiringan bo'ladi. Har kim o'z nasibasi qadar saboqlanadi.
Qachon osonlashadi, dedingmi?
Havo kemasiga boq. U yer tortishish kuchini yengib o'tishi uchun yoqilg'isining 90% ini ishlatadi. Har ishning boshlanishi qiyin bo'ladi. Keyin esa rohat boshlanadi.
O'qi!

2025-yil 1-iyuldan boshlab bir qancha tovarlarga eksport boji joriy qilinar ekan.
Eksport boji?
Ha, to'g'ri eshitdingiz. Nafaqat import boji, balki ichki talabni qondirish va ba'zi turdagi mahsulotlarning chetga chiqib ketishini oldini olish uchun eksport qilinayotgan tovarlardan ham boj olinadi.
Quyida ba'zilari (to'liq list):
- guruch 100%
- bug'doy 30%
- tabiiy gaz 20%
- alyumin va metal 100%
Ishlab chiqaruvchilar?
Odatda eksport tovarlarga bojlar ko'proq xomashyo tovarlarga qo'yiladi. Maqsad, xomashyo shunchaki export qilinmasin, balki unga qiymat qo'shib keyin eksport qilinsin, ish o'rinlari yaratilsin, eksportda qo'shilgan qiymat tovarlarining ulushi ko'paysin... Lekin bu ba'zi ishlab chiqarishlarga yomon ta'sir qilishi va qisqa va o'rta istiqbolda iqtisodiyotga salbiy ta'sir qilishi ham mumkin.
Iste'molchilarchi?
Odatda bu kabi siyosat iste'molchilarga ijobiy ta'sir qilishi kutiladi. Chunki mahsulotlar chetda emas, balki mahalliy bozorda sotila boshlaydi. Bozor to'yinadi. Mahsulot narxi tushadi.
Lekin?
Bu eksportchilarimizning raqobatbardoshligini tushuradi. Yashirin (qora bozor) eksport oshadi. Eksportchilar uchun demotivatsiya bo'ladi. Ayni shu soha bo'yicha ishlovchi investorlarning sarmoyasi kamayadi...
JST ga to'g'ri keladimi?
Ha, eksport uchun bojlar JST da ham mavjud. Lekin avvalo a'zo davlatlar bilan muzokaralar orqali kelishib olish kerak bo'ladi. Bu kabi bojlar ba'zi davlatlar uchungina emas, balki hamma a'zolar uchun bir xil stavkada (adolat bilan) qo'llanilishi kerak bo'ladi.
Xulosa
Umuman olganda pragmatik qadam. Eng avvalo bu yerda shaffoflik bor. JST bizga beradigan eng katta foydasi ham shu. Istalgan vaqt qarorlar o'zgarib qolavermaydi. Tovarlar listini ham ko'rdim. Ko'plari aynan xomashyo tovarlar. Davlat tovarlarni xomashyo sifatida emas, balki tayyor mahsulot sifatida eksport qilishga rag'bat bermoqchi. Natijani esa modellashtirishga harakat qilaman. Yaxshi tadqiqot bo'ladi...

Tadqiqotlar juda ham qiziq.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, AQShda 2012-yilda joriy etilgan dengiz kemalarining havoga chiqaradigan gas emissiyasi bo‘yicha joriy qilingan qoidalar, ayniqsa kema qatnovi ko‘p bo‘lgan hududlarda, aholi salomatligini sezilarli darajada oshirgan. Ayniqsa chaqaloqlarda.
Bu hududlarda kam vazn bilan tug‘ilish va muddatidan oldin tug‘ilish holatlari sezilarli kamayibdi. Natijada, har yili kam vazn bilan tug‘ilgan chaqaloqlar soni 1536 taga kamaygan va 2016-yilga kelib har ming chaqaloqqa ikki nafarga kamroq muddatidan oldin tug‘ilish holati qayd etilgan.
Mualliflarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020-yilda sog‘liqni saqlash sohasidagi foyda yuqoridagi siyosat sababli keladigan 3,2 milliard dollarlik xarajatning 70 foizdan ortig‘ini allaqachon qoplab ulguribdi. Ya'ni, atrof-muhitni himoya qilish uchun albatta xarajatlar qilinadi, lekin undan keladigan foyda xarajatlarni quvib o'tadi.
#rasm
Panel A - yengil vazn bilan tug‘ilish
Panel B - muddatidan oldin tug‘ilish
Uncharted Waters: Effects of Maritime Emission Regulation –
American Economic Association

Forwarded from Talaba do'stimga | Dr. Alisher Umirdinov
Aroq bor, vino bor, kiyim-kechagu yeguliklar bor, ammo kitob yo’q. Toshkent aeroportida qachon kitob do’koni quriladi?
Dunyoning deyarli barcha katta aeroportlarida juda yaxshi kitob do’konlari ishlab turadi. Bu masala faqat Toshkent xalqaro aeroportida amalga oshmagan xolos. Mas’ullarga buni yetkazib qo’yishni iloji bo’lsa, yetkazaylik.
Islom Karimov xalqaro aeroporti yurtimizni xalqaro habi ekan, unda vatanimiz ilmiy salohiyatini ham namoyish qila olish lozim.
Radikal fikr: kerak bolsa, chetga ketuvchilarga kitob solig’i joriy etib, hammaga bittadan kitob berib keyin yuboraylik.
Buning ustiga sayti ham o’ta sifatsiz(ruscha-o’zbekcha aralash) va hali ham sinov tariqasida ishlamoqda.
Baraka topgurlar, O’zbekistonga yarashadimi shu?!

Forwarded from Foydali Moliya
Kichik xarajatlar - Katta yoʻqotishlar...
American Airlines aviakompaniyasi biznes-klass yo‘lovchilariga beriladigan salatlar tarkibidan zaytunni olib tashlash orqali taxminan 40 ming dollar tejab qolgan.
iPhone tarkibidagi bepul kichik aksessuarlarni chiqarib tashlab, taxminan 6,5 milliard dollar tejashga muvaffaq boʼlgan.
McDonald's ketchup qutilarining qopqog‘ini atigi 0.5 grammga yengilroq qilish orqali yillik plastmassa xarajatlarini millionlab dollarga kamaytirdi. Shuningdek, energiya sarfini ham qisqartirdi.
Baʼzan koʻzga koʻrinmaydigan mayda xarajatlar vaqt va miqyos hisobiga katta miqdorga aylanishi mumkin.
Xarajatlaringizni nazorat qilib boring: arzimas kichik teshik kemani suvga gʼarq qilganidek, kunlik mayda xarajatlar sizni moliyaviy jarlik tomon olib boradi.
🔝 @foydali_moliya

⚽ Futbolga analogiya
Tasavvur qiling. Agar Eron 'kelinglar, O'zbekistonga hiyla qilamiz' deb, o'z maydonini notekis (o'ydim-chuqur) qilib qo'ysa... Shunda O'zbeklar tepgan top darvozaga aniq bormaydi, biz tepgan to'p esa notekislikda o'z yo'nalishini to'satdan o'zgartirib ularning darvozabonini chalg'itadi, deb gumon qilinsa...
Bundan kim aziyat chekadi deb o'ylaysiz?! Albatta, har ikki jamoa birdek aziyat chekadi. (Mahalliy jamoaning birgina yutug'i maydonning notekisligini oldindan bilish bilan bo'ladi, xolos.) Har ikki jamoaning o'yin samaradorligi tushadi. Sifatsiz maydon – sifatsiz o'yin! Tomoshabinlar ham aziyat chekadi.
Iqtisodiyotni ham shunday qiyoslasak bo'ladi. Chet el bizneslarga "qazilgan chuqurlar" – bojlar, litsenziyalar, sertifikatlar aslida mahalliy bizneslarga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Har ikki tomon bizneslari bu vaziyatda yutqazadi. Xorijiy biznes diskriminatsiyadan, mahalliy biznes preferensiyadan yutqazadi. Chunki mahalliy biznesning yutug'i uning samaradorligidan emas balki nisbatan boshqalarning samaradorligini sun'iy pasaytirishdan keladi. Bu esa uzoq istiqbolda va jahon bozorida (boshqalarning maydonida) yutqazishga olib borishi mumkin. Sifatsiz biznes muhit – sifatsiz mahsulotlar. "Tomoshabinlar" aziyat chekadi.
Iqtisodiyot o'z ustida ishlash bilan gullab yashnaydi. BOSHQALARning yutqazishini kutib yashash har doim og'riqli bo'ladi.