Turakulov Economics
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mana: Trumpning siyosati sababli AQSH dunyoning eng yuqori boj stavkasiga* ega bo'lib oldi! Rasmga qarang: Trumpdan oldin bu stavka 2-3% edi, endi esa 35% ga yetib borgan.
*'Trade-weighted mean of tariff rate' degani bu oddiy o'rta arfmetik emas, balki umumiy savdoda mahsulotning o'rni (vazni) qay darajada muhimligiga qarab hisoblanadi. Masalan, yilda bir marotaba ishlatiladigan yangi yil archasi o'yinchog'ining 125% boji har kuni iste'mol qilinadigan tuxumning 15% lik bojiga nisbatan kam vaznga ega. Mahsulotning o'rni (vazni)ga qarab o'rtachasini topish vaziyatni yanada oydinlashtirib beradi.
** O'rtacha bojning ahamiyatini bu yerda muhoka qilganmiz.
***Boshqa davlatlar ham qarab turgani yo'q. Ular ham 84% gacha bo'lgan bojlar bilan javob qilishmoqda. Buning oqibatlarini (global infiliyatsiyaning ko'tarilishi bilan) tez orada ko'ramiz.

Davlatning vazifasi ish o'rinlarini yaratish❌
Davlatning vazifasi ish o'rinlarini yaratishga sharoit yaratish✅
Davlat funksiyasi keng holatda ikkiga bo'linadi:
1. Protective function - himoya qilish vazifasi
2. Productive function - ishlab chiqarish vazifasi
Himoya qilish vazifasi ham o'z o'rnida ikkiga bo'linadi:
1.1. Harbiy: Tashqi va ichki zo'rovonliklardan himoya. Bu oson. Unga shunchaki yetarli kuch kerak.
1.2. Qonuniy: Shaxs va bizneslarning shaxsiy (intellektual) mulkini himoya qilish. Bu qiyin. Unga kuch+adolat kerak bo'ladi.
Ishlab chiqarish vazifasi ham ikkiga bo'linadi:
2.1. Bevosita ta'minot: oddiy bizneslar qilishi mushkul bo'lgan yo'l, logistika, komunal infratuzilmalari bilan ta'minlash.
2.2. Bilvosita ta'minot: ishlab chiqarishga yordam beradigan sharoitlar, xususan, to'g'ri monitar siyosat va barqaror valyuta kursi kabilar bilan ta'minlash.
Davlatning vazifasi ish o'rinlarini yaratish emas balki ish o'rinlarini yaratishga harakat qilayotgan bizneslarga sharoit yaratib berish.
Shuningdek, davlat "ish o‘rinlari yaratish" vajidan savdoga to‘siq qo‘ymasligi kerak. Aksincha, erkin savdo va nisbiy ustunlik tufayli yuzaga keladigan vaqtinchalik strukturaviy ishsizlik davrida aholiga yangi kasblarni egallash va moslashishga yordam berishi kerak.
@v_turakulov
Davlatning vazifasi ish o'rinlarini yaratishga sharoit yaratish

Oltin olma, belkurak ol.
1800 o'rtalari. Kaliforniya. Yangi oltin koni haqida mish-mishlar tarqaldi. Hamma boyib ketish vasvasasida yer qazishga tushib ketdi. Ularga boylik kerak edi, kimlargadir esa boylik yaratish kerak edi.
O'sha "kimlargadir" lardan eng mashhuri Levi Strauss edi. Ha, siz bilgan o'sha mashhur Levi's Jeans'larning asoschisi. Janob Levi e'tiborini oltinga emas, balki qiyin vaziyatda oltin qaziyotgan ishchilarga mustahkam va uzoq muddatga chidab beradigan (denim) jinsi shimlarini ishlab chiqarishga qaratdi. Ha, u haq edi: boylik muhim emas, balki boylik yaratish mexanizmi muhimroq bo'lib chiqdi. U nafaqat boy va mashhur bo'ldi, balki minglab odamlarni ish bilan ta'minladi. Tarixda qoldi.
Janob Levi yolg'iz emas edi. U kabi "During a gold rush, sell shovels" — "Oltin vasvasasi vaqtida belkurak biznesi bilan shug'ullan" degan g'oyaga ega Samuel Brannan, Philip Armour va Leland Stanford kabi tadbirkorlar aynan "belkurak" biznesi bilan shug'ullandilar. Keyinchalik janob Leland mashhur Stanford Universitetiga asos soldi.
#saboq
Boylik va boylik yaratish — boshqa-boshqa narsa. Biri qisqa, ikkinchisi uzoq va barqarorroq ta'sirga ega. Ota-bobolarimizning hikmatli gaplaridan yana bir-bor hayratda qoladi odam: oltin olma, duo ol. Biri boylik, ikkinchisi baraka!
🇺🇿 Oltin vs paypoq

Zamonaviy "belkurak"chilar
- Instagram va TikTokda yoshlar "oltin" topish ilinjida. CapCut, Canva yoki Notion kabilar esa 'belkurak' ishlab chiqarish bilan band.
- Onlayn bizneslar – IT, elektron savdo, onlayn ta'lim rivojlanmoda. Kimlardir esa bu bizneslarning transaktsion xarajatlarini kamaytirish bilan ovora. Bu yerda "belkurak" chilar — Click, Payme, Didox, BTS kabilar.
- Bitkoin bozori avjida. Odamlar rostan ham bitkoin mayning (bitcoin mining) bilan shug'ullanib "oltin qazimoqda". Bitkoin biznesida kimlardir yutadi, kimlardir yutqazadi. Aniq yutadigan "belkurak"chilar esa Coinbase, Binance, Ledger kabi bitkoin platforma egalari hisoblanadi.
Zamonaviy "belkurak" biznesiga yana qanday misollarni bilasiz?

Forwarded from Uzbekonomics
Garvard Trampga yo'q dedi.
Universitet o'z mustaqilligidan va konstitutsiyaviy huquqlaridan voz kechmasligini, Tramp administratsiyasi qo'ygan talablarni qabul qilmasligini e'lon qilib o'z faoliyatini bu federal hukumat talablaridan mustaqil ravishda davom ettirishini ta'kidladi.
Yaxshi pretsedent bo'ladi deb umid qilaman.
Bunga javoban federal hukumat bir necha milliard dollarlik byudjetdan moliyalashtirishni muzlatib qo'ymoqchi.
@uzbekonomics

Harvard Gazette
Harvard won’t comply with Trump administration’s demands — Harvard Gazette
“The University will not surrender its independence or relinquish its constitutional rights,” says President Garber.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muborak bo'lsin! 🎊
Bu jamoa tarixga ega. Qadriyatga, qadrga ega! Bu yigitlar kelajak liderlari. Bu yigitlar Export Lab asoschilari. Bu yigitlar mening shogirdlarim!
Bu natija oson bo'lmadi. Har bir daqiqa uchun kurashildi. Aynan shu uchun yotoqxonadan bir xona olindi. Ishlaridan, uyqularidan va komfort zonalaridan voz kechishdi! 5 ta davlat. 15 ta universitet. 120+ jamoa. Va ular – g'olib!
Saydullo, Sirojiddin, Asilxon, Abdulloh, g'alaba muborak! Sizlar bilan faxrlanaman!
*Videodagi taqdirlanish tartibi bo'yicha.

G’alaba muborak!!!
🇺🇿 O‘zbekiston chempion!
O‘smirlar jamoamiz U-17 Osiyo kubogi-2025 turniri g’olibi!
P.S. Bunaqa fantastik o’yinni anchadan beri ko’rmagan edim!

5. Psixologik effekt: esda qolganlar ongimizni boshqaradi.
Bu kabi yangiliklar ogohlikka chaqirsa-da, ba'zan teskari effekt beradi. Ko‘pchilik xususiy klinikadagi salbiy holatni eslab qoladi, va buni butun boshli tizimga nisbatan umumlashtiradi. Bu — 'availability bias' , ya'ni 'mavjudlik tarafkashligi' deb ataladi. Voqealar statistika bilan emas, esda qolish bilan baholanadi. Statistik tahlil kerak!
---
6. Barcha xususiy klinikalar bir xil emas.
Sektor ichida ham katta farq bor. Ba’zilar zamonaviy va yuqori malakali, boshqalari — arzon, lekin... Ko‘pincha xabarlar sifatsiz klinikalar haqida bo‘ladi, bu esa butun sektor imidjiga zarar yetkazadi. Segmentatsion tahlil kerak.
---
7. Shifokor migratsiyasi va ichki yuklama.
Ko‘plab malakali shifokorlar xususiy sektorga yoki xorijga ketmoqda. Qolganlar esa yuklama ostida ishlamoqda. Bu esa tibbiy xatolar, ishga befarqlik, va bemor ishonchsizligini kuchaytiradi. Muammo individual emas — strukturaviy. Tizimli tahlil kerak!
---
Xulosa:
Shov-shuvli xabarlar — faqat yuzadagi simptomlar, xolos. Asl muammo chuqurroq bo'lishi mumkin. Shunday yangiliklarga qaraganda, “nega?” deb so‘rashni o‘rganishimiz kerak.
Ha, xususiy sektor baribir samaraliroq lekib bozorning ham xato qilishi bor. Ayni shu damda davlat aralashuviga ehtiyoj bor.
2/2

Talabalik vaqtim. Kvartira. 4-5 talaba birga turamiz. Qo'l yuvgani vannaga kirdim. Qarasam bir ukamiz mening sochig'imga qo'l artayotgan ekan.
- Nimaga meni sochig'imdan foydalanyapsiz – dedim hayron bo'lib.
- Xavotir olmang, akam – dedi ishonch bilan. Hozirgina qo'limni yuvdim, axir!
Bu ukamizning javobidan to'g'risi ishlam kallamay qoldi. Birozdan keyin o'zimga keldim. Chunki u to'g'ri noto'g'ri javob bergan edi.
GMning javobi ham shunga o'xshagan bo'libdi:
Odamlar: Malibu-2 lar Qozog'istondan qaytib kelayotgan ekan (rasm videodan olingan).
GM: Hecham unday emas. Noto'g'ri ma'lumot tarqatmanglar. Biz shunchaki tayyor Malibu-2 larni Xitoydan import qilyapmiz.
Yana ishlam kallamay qoldi!

ESCAP onlayn kursi
ESCAP va UNCTAD tomonidan “Next Generation Trade Facilitation” nomli global onlayn kurs tashkil etilmoqda.
Kursda quyidagilar o‘rganiladi:
– WTO TFA doirasidan chiqib, savdoni raqamlashtirish va qog‘ozsiz savdo amaliyotlari
– Ayollar va SME larni xalqaro savdoga jalb qilish
– Yashil savdoni soddalashtirish, e-commerce va yangi texnologiyalar imkoniyatlari
📅 Sana: 19 may – 6 iyun, 2025
📌 Rasmiy manba: www.untfsurvey.org
📥 Ro‘yxatdan o‘tish uchun shu yerni bosing
🕓 Deadline: 18 may, 2025
Ilm-fan, siyosat va texnologiya chorrahasida turganlar uchun ajoyib imkoniyat.