Telegram Web Link
Bizni buyuk ishlar kutyapti.
94🔥30🫡19👎8👍6❤‍🔥42😁2💯2🗿2😢1
Ofisda bir odam o'ziga choy tayyorlayapti va men uni kuzatib turibman:
1. Bo'sh chashkaga choy paketini soldi.
2. Qaynoq suv quydi, lekin ohirigacha to'ldirmadi.
3. Choy paketini qimirlatib choyini ancha chiqardi.
4. Ustiga ozgina sovuq suv quydi va darhol ichishni boshladi.

Shu yerda meni kallam portlab ketdi — shunaqa qilsa ham bo'larmidi?! Men 20 yildan beri noto'g'ri choy damlab yurgan ekanman 🤯

Shunday holatlar meni o'ylantiradi... ba'zi oddiy narsalar hayotimizga shunchalik singib ketganki ularni yaxshilash haqida hech qachon o'ylamaymiz.

Hayotda qancha yangi fikr/bilimlarga ochiq bo'lsak, shuncha kamroq og'zimiz kuyib yuradi, menimcha.
👍110😁58🤯12🔥4🌚1💋1
Men... agar har safar Rustam meni stolim oldiga kelganiga $1 olganimda.
🤣226😁19👍6💋1
10,000 soat 🎯

Davom etamiz...
5👍133🔥2891👎1👌1
Forwarded from Letters to the wanderer
Conversations with friends over a delicious meal, outdoors - peak neural activation.

Grateful for this brilliant bunch of compatriots who work in companies like Amazon, Google, Uber and still tolerate my yapping 😅
🔥49👍134👌1
Do'stim Shamsidin yaqinda Uber kompaniyasiga Software Engineer bo'lib ishlashni boshladi. U endi xaydovchilik guvohnomasini olib bo'sh vaqtida Amsterdam ko'chalarida Uber qilmoqchi ekan.

U mijozlarga "taksistlik bu meni asosiy ishim emas, aslida men dasturchi bo'lib ishlayman, zerikkanimda taksi qilib turaman" demoqchi ekan.
😁163🤣120👍224🍓2
The second AI meetup by Yandex Uzbekistan and ML Community takes place on May 14 at TUIT.

Focus on real-world applications, product-ready solutions, and practical use of AI technologies.

Agenda includes:
Technical talks by engineers and researchers
Case studies from live projects
Space for networking and open discussion

The event will be held in English.
→ Event details and guest registration
Speaker applications

#AI #MachineLearning #AppliedAI #TechCommunity #Meetup #AIinAction
👍13🥱2
The Thinking Game.

Hamkasbim Demis Hassabis haqida kino chiqarishibdi. Ko'rib mazza qildim. Ichimdan har xil emotsiyalar o'tdi: excited, impressed, enlightened, and motivated.

Va albatta ozgina imposter sydrome ham sezdim. Dunyoning eng aqlli odamlari ishlaydigan kompaniya uchun bu taabiy holat.

Kino qachon ommaga chiqadi bilmayman, lekin mana trailerini ko'ring: https://youtu.be/J5XFYMsczy8
30👍24🔥8
Yolg'on va imposter syndrome.

Yaqinda mendan so'rashdi — Vohid aka, rezyumeda impact ko'rsatish uchun soxta raqamlar yozsam bo'ladimi?

Deylik... o'ylab topilgan yoki bo'rtirilagan raqamlar bilan rezyumeingizda impact ko'rsatdingiz. Deylik siz orzu qilgan kompaniyangiz intervyuga chaqirdi va intervyudan ham o'tdingiz.

Deylik siz o'sha zo'r kompaniyada ishlashni boshladingiz. Atrofingizda hamma aqlli, sizdan ancha yaxshi ishlashadi, va top universitet/kompaniyalardan kelishgan. Ko'pchilikda bo'lgani kabi taabiyki sizda ham imposter syndrome hislari bo'ladi.

O'sha paytda o'zingizdan so'rashni boshlaysiz: men qanday bu yerga kelib qoldim, ahir mos emasmanku? Shu yerda siz rezyumeingizni eslaysiz va o'z javobingizni topasiz. Siz intervyulardan qattiq mehnat va olingan bilimlar bilan o'tgan bo'lsangizda, o'sha yolg'on sizni qiynaydi.
👍78💯236😁3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1👍43🔥93😁3👌1
Xonimlar va janoblar, keyingi bekat SAN FRANCISCO 🇺🇸

Rustam bilan zo'r planlar qilganmiz: qiziq odamlar bilan networking, har xil eventlar, va podcastlar.

It's gonna be legendary⚡️
🔥119👍251910😁2
Bakalavr tugatganman va 3-5 yil ish tajribasiga egaman. FAANGga kirish orzuim bor. O’zbekistondan to’g’ri topshirganim maqulmi yoki magistratura orqali ketganim maqulmi?”

Mendan tepadagi savolni juda ko’p so’rashadi. Afsuski hamma uchun bitta javob yo’q chunki hammada har xil vaziyat. Lekin umumlashtirib bu maqsadga yetish uchun high-level roadmap bera olaman:

1. Direct path. FAANG kompaniyalariga to’g’ridan to’g’ri topshirasiz, offer olasiz, va relokatsiya qilasiz. Maqsadga yetdingiz ✅️️️️️️️

2. Non-FAANG path. Oddiy chet el IT kompaniyalarga topshirasiz, offer olasiz, va relokatsiya qilasiz. U yerdan FAANG kompaniyalariga topshirasiz, offer olasiz, va (kerak bo'lsa yana) relokatsiya qilasiz. Maqsadga yetdingiz ✅️️️️️️️

3. Master's path. O'qishga topshirasiz, offer olasiz, va o'qish uchun relokatsiya qilasiz. 1-2 yil o'qish moboynida oddiy yoki FAANG kompaniyalarida internship qilasiz. O'qish tugashiga yaqin FAANG kompaniyalariga topshirasiz, offer olasiz, va (kerak bo'lsa yana) relokatsiya qilasiz. Maqsadga yetdingiz ✅️️️️️️️

Menimcha, #1 > #2 > #3. Xar bir yo'l o'zgacha qiyin. O'zingizni qiyiningizni tanlang. Qaror sizniki.
278👍48🔥19👌7
Amerikada bir tanishni uyiga mehmonga bordik va uning 6 yoshlik qizi bilan gaplashib qoldim, ingliz tilida:

Me: Hi, what's your name?
She: Hi, my name is Zilola
Me: Wow, cool name!
She: What is your name?
Me: My name is Vohid.
She: Where is your wife?
Me: 😲😦

Eeeemooootional damage!

P.s. Tanishim oilali bo'lgani uchun uyiga odatda oilaliylar mehmonga kelar ekan. Rustam va men noodatiy mehmonlar bo'libmiz.
😁192🤣158👍152😢1🤩1👌1👀1🙈1
Universitet paytlarida ingliz tilim chotkiy edi. IELTS 7.5 olgandim va ingliz tilim yaxshi bo'lgani uchun uni mag'rurlik bilan ishlatardim.

Hozir esa ona tili ingliz tili bo'lmagan davlatda yashayman va ishda ingliz tilida gaplashsak ham chotkiy darajada gaplashmaymiz. Qisqa murakkab bo'lmagan gaplar ishlatamiz. Ishdan tashqarida esa nemislar yoki umuman ingliz tilida gapirmaydi yoki maktabda o'rgangan ingliz tilisini ishlatadi.

Taabiyki, ingliz tilim darajasi pasaygan. Hozir IELTS topshirsam 7.5dan pastroq olsam kerak. Hozirgi ingliz tilimdan faxrlanmayman.

Hozir aeroportdan uyga poyezdda qaytyapman. Men bilan birga Buyuk Britaniyaning qayeridandur bir guruh odamlar ketyapti. Ularni gaplashishini eshitib shu postni yozishga qaror qildim. Their speech is dynamic, concise, and juicy. Eshitib quloq mazza qiladi.

Bir ikki yil Londonda yashab kelaymikun-a? 🤔
5👍123😁4414🔥5🤣4💯2
Google'dan Meta'ga ketayotgan kollegam ohirgi ish kunida menga Yandex ruchka sovg'a qildi (oldin Yandex'da ishlagan) 🤔

Agar keyinroq Meta'dan ketsa u yerdagi kollegasiga Google swag bersa kerak 😁️️️️️️
🤣224😁44🤓17👍5👌211🔥1
Forwarded from Paiziev24
We’re hiring: Voice AI Engineer (Remote)

About Numeo:
We're a Silicon Valley/Seattle-based startup backed by top VCs, building AI-powered digital employees for logistics. Our agents dispatch, track, and manage compliance for fleet owners — fully automated.

The Role:
We’re hiring a Voice AI Engineer to develop and optimize voice-driven systems that streamline communication between drivers, dispatchers, and customers. You’ll work on speech recognition (ASR), NLP, and real-time voice processing.

You’ll Work On:

- Building & integrating ASR/NLU/TTS models into our platform
- Optimizing for noisy environments & real-time performance
- Fine-tuning models & expanding training data
- Keeping up with latest in LLMs, Whisper, Kaldi, etc.

What You Bring:

- 3+ years in voice/speech/conversational AI
- 5+ years in software engineering (audio, signal processing)
- Hands-on with real-time voice, speech APIs (AWS, Google, Whisper)
- Bonus: Kaldi, DeepSpeech, SIP/WebRTC/RTP experience

Why Numeo:

- Build real AI agents used by real customers
- Funded and scaling fast
- Salary: $2,000–$5,000/mo + performance-based stock options

Apply:
Send your CV to [email protected]
Quick process: intro email → tech interview → reference check
Let’s build the future of voice-driven logistics, together.

@paiziev24
👍20🔥76👏1
Meni Googledagi jamoamda bir nemis dasturchi aka bor. Ishga juda barvaxt keladi. Adashmasam 6da kelsa kerak. Men esa zo'rg'a 10ga kelaman.

Yilda 2marta shu akani vahli kelib xayratga solaman. Birinchi marta Ramazon Hayit bayramida, ikkinchisi esa Qurbon Hayit bayramida.

Bugun ham Hayit namozidan to'g'ri ofisga soat 7.20da keldim. Nemis aka meni ko'rib hayratda kompyuterini soatiga qarab qo'ydi.

Akaga "Good morning!" deb qo'ydim. U lekin bilmaydiki aslida bugun a good morning emas, balki a great morning. Chunki bugun Hayit bayrami!

Hammamizga Hayit bayrami muborak bo'lsin 🌙
🎉269👍67😁6119❤‍🔥5🔥3👌1
Amerikaga qilgan sayohatimizda Aziz Ergashev bilan qiziq suxbat qildik. Aziz aka Big Tech’da katta lavozimlarda ishlaganlar — Senior SWE, Staff SWE, Senior Engineering Manager, va hozirda Datatruck kompaniyasida CTO’lik qilyaptilar.

Suxbat davomida Rustam bir qiziq fikr aytdi: Men Sundar bilan yonma-yon 1 oy ishlash uchun 3 oy maoshimni berishga tayyorman. Chunki Sundar katta masshtabda ishlaydi va shu 1 oy davomida menda juda katta mindset transformatsiya bo’lsa kerak.

Aziz aka esa qarshi fikr tashladilar: Siz Sundardan hech qanday bilim olmaysiz va sizda hech qanday o’zgarish bo’lmaydi. Chunki siz aytayotgan narsa bu huddi uyni devorini qurmasdan tom qo’yish bilan barobar. Siz va Sundar o’rtasida 6-7ta mindset transformatsiya (qatlam) turibdi va Sundardan biror narsa o’rganishingizdan oldin shu qatlamlarni birma-bir bosib/yashab o’tishingiz kerak. Har qanday bilim boshqa bir bilim ustiga quriladi.

Aziz akani gapiga qo’shilsamda, men ham shunday ekperimentda qatnashgan bo’lardim :D. Siz qanday fikrdasiz?
1🔥91👍30😁87💋3👎1🥰1😍1💔1
2025/10/20 07:58:49
Back to Top
HTML Embed Code: