Telegram Web Link
⚡️“Renessans dóretiwshileri”

Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Jurnalistika kafedrası janındaǵı “Jas jurnalistler” klubı tárepinen shólkemlestirilgen dóretiwshilik toplam mine usılay ataldı. Buǵan sheke klub tárepinen eki toplam jarıq kórgen edi. Jańa toplam Ózbekstan kólemindegi dóretiwshi jaslardı birlestire aldı. Jaslardıń izertlew obektleri hár túrli, usıǵan sáykes tematikası úlken. Endi dóretiwshi jaslar qatarına mektep oqıwshıları da qosılǵanı quwanıshlı jaǵday. “MY BEE” ilimiy-aǵartıwshılıq orayı, Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti jurnalistika kafedrası, Ózbekstan Jurnalistler awqamı Qaraqalpaqstan bólimi menen birgeliktegi joybarı ónimi esaplanǵan “Renessans dóretiwshileri” toplamınıń prezentaciya hám avtorlardı sıylıqlaw máresimi ótkerildi. Jas dóretiwshilerdiń shıǵarmaların birlestere alǵan toplam tórt tilde (ózbek, qaraqalpaq, rus, ingliz) járiyalanıwı arqalı olardı bir jerge jámlep doslastıra alǵanınan derek beredi.

Prezentaciya hám sıylıqlaw máresimin Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universiteti Qaraqalpaq filologiyası hám jurnalistika fakulteti jaslar menen islesiw isleri boyınsha dekan orınbasarı Zarip Jumanov kiris benen ashtı. Sózge shıqqan Jurnalistika kafedrası docenti Z.Qojıqbaeva,“MY BEE” ilimiy-aǵartıwshılıq orayı baslıǵı M.Sharafatdinova, Namangan wálayatı Norin xızmet kórsetiw serviz texnikumınan Gulasal Ǵulomjonova, Nókis innovaciyalar universiteti 4-kurs studenti Xilola Rajapova, Alisher Navoi atındaǵı Tashkent mamleketlik Ózbek tili hám ádebitı universiteti 3-kurs studenti Zarinabanu Mamajonova ham basqalar ótkerilip atırǵan sıylıqlaw márasiminiń dóretiwshi jaslardı bir jerge jámlegenin úlken qanaatlanıwshılıq penen atap ótti. Toplamǵa óziniń dóretiwshiligi menen qatnasqanlar “Renessans dóretiwshileri” kókirek nıshanı, sertifikat hám statuetka menen sıylıqlandı.


➡️Tolıq oqıw

⚡️“Renessans ijodkorlari”

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Jurnalistika kafedrasi qoshida faoliyat yuritayotgan “Jas jurnalistler” klubi tomonidan tashkil etilgan ijodiy to‘plam shunday nomlanadi. Avvalroq klub tomonidan ikki to‘plam nashr etilgan bo‘lib, bu to‘plam O‘zbekiston miqyosidagi ijodkor yoshlarni birlashtira oldi. Yoshlarning tadqiqot yo‘nalishlari xilma-xil bo‘lgani sababli, mavzular ham rang-barangdir. Endilikda ijodkor yoshlar safidan maktab o‘quvchilari ham o‘rin olayotgani quvonarli holatdir. “MY BEE” ilmiy-ma’rifiy markazi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Jurnalistika kafedrasi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi hamkorligida amalga oshirilgan loyiha mahsuli — “Renessans ijodkorlari” to‘plamining taqdimoti va mualliflarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Ijodkor yoshlarning asarlarini birlashtira olgan mazkur to‘plam to‘rt tilda — o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida chop etilgan bo‘lib, bu ularning o‘zaro do‘stlashuvi va birlashuviga dalolat beradi.

Taqdimot va taqdirlash marosimini Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Zarip Jumonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. So‘zga chiqqan Jurnalistika kafedrasi dotsenti Z. Qojikbayeva, “MY BEE” ilmiy-ma’rifiy markazi raxbari M.Sharafatdinova, Namangan viloyati Norin xizmat ko‘rsatish servisi texnikumi vakili Gulasal G‘ulomjonova, Nukus innovatsiyalar universiteti 4-kurs talabasi Xilola Rajapova, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 3-kurs talabasi Zarinabanu Mamajonova hamda boshqalar tadbirning ijodkor yoshlarni birlashtirganidan mamnunlik bilan so‘z yuritdilar. To‘plamda o‘z ijodi bilan ishtirok etganlar “Renessans ijodkorlari” ko‘krak nishoni, sertifikat va statuetka bilan taqdirlandilar.


Gulaysha Ótegenova,
Qaraqalpaq filologiyası hám jurnalistika fakulteti tyutorı


➡️To‘liq o‘qish

Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QMUda student-jaslar arasında gúz-qıs máwsimdi zıyansız ótkeriw boyınsha úgit-násiyat ilajı ótkerildi

Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq mámleketlik universitetinde taraw qánigeleriniń qatnasıwında gúz-qıs máwsimdi zıyansız ótkeriw maqsetinde student-jaslar arasında keń kólemli úgit-násiyatlaw ilajı ótkerildi. Ilajda studentlerdiń ómiri hám densawlıǵın qorǵaw, suwıq máwsimde júz beriwi múmkin bolǵan hár qıylı ayrıqsha jaǵdaylardıń aldın alıw hám qáwipsizlik mádeniyatın arttırıw máselelerine ayrıqsha itibar qaratıldı.

Ilajdı universitettiń jaslar máseleleri hám ruwxıy-aǵartıwshılıq isleri boyınsha prorektorı S.Alawatdinov kiris sóz benen ashıp, gúz-qıs máwsimdi qáwipsiz ótkeriw tek jeke emes, al jámáátlik juwapkershilik ekenin atap ótti. Ol jaslardı sergeklikke tártip-qaǵıydaǵa hám qáwipsizlik qaǵıydalarına qatań ámel etiwge shaqırdı.

Bunnan soń, ayrıqsha jaǵdaylar qánigeleri temaǵa baylanıslı bayanatlar menen shıqtı. Olar tárepinen ısıtıw úskenelerinen durıs paydalanıw, elektr tarmaqlarınan qáwipsiz paydalanıw, gaz benen isleytuǵın úskeneler menen baylanıslı qáwip-qáterler hám olardıń aldın alıw jolları haqqında tolıq túsinikler berildi. Studentler qánigeler menen ashıqtan-ashıq pikirlesip, ózlerin qızıqtırǵan sorawlarına juwap aldı. Bunday úgit-násiyatlaw ilajları jaslardıń sanasında qáwipsizlik mádeniyatın qáliplestiriw, olardı sergeklik hám juwapkershilik ruwxında tárbiyalawda úlken áhmiyetke iye.


QDUda talaba-yoshlar o‘rtasida kuz-qish mavsumini zararsiz o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida soha mutaxassislari ishtirokida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida talaba-yoshlar o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda talabalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sovuq mavsumda yuz berishi mumkin bo‘lgan turli favqulodda holatlarning oldini olish va xavfsizlik madaniyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirni universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Alawatdinov kirish so‘zi bilan ochib, kuz-qish mavsumini xavfsiz o‘tkazish nafaqat shaxsiy, balki jamoaviy mas’uliyat ekanligini ta’kidladi. U yoshlarni ogohlikka, tartib-intizom va xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

Shundan so‘ng, favqulodda vaziyatlar mutaxassislari mavzuga oid ma’ruzalar bilan chiqdi. Ular tomonidan isitish uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish, elektr tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish, gaz bilan ishlaydigan uskunalar bilan bog‘liq xavf-xatarlar va ularning oldini olish yo‘llari haqida batafsil tushunchalar berildi. Talabalar mutaxassislar bilan ochiq muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi. Bunday targ‘ibot tadbirlari yoshlar ongida xavfsizlik madaniyatini shakllantirish, ularni ogohlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń:


Telegram | 🌐Instagram | 📹YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/11/05 09:39:52
Back to Top
HTML Embed Code: