Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг тадбиркорлар билан очиқ мулоқоти: халқпарвар сиёсат ва ислоҳотлар туфайли давлат ва тадбиркорлар ўртасида ишонч кўприги қад ростлаб, мисли кўрилмаган натижаларга эришилди, тадбиркорлар Янги Ўзбекистоннинг замини, янгиланишларнинг фаол таянчига айланди.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
▫️▫️▫️▫️▫️

📣 Tanaffus berilgan mahallalar ovoz berishda ishtirok etadi

Avvalroq xabar berganimizdek, “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2024-yilgi 2-mavsumi hamda 2025 yilning 1-mavsumida (ikkata mavsumda ketma ket) g‘olib bo‘lgan 823 ta mahallaga joriy yilgi 2-mavsumi hamda 2026-yilgi 1-mavsumida tanaffus berilganligi e’lon qilingan.

❗️ Ushbu 823 ta mahallalar faqatgina taklif kirita olmasligini eslatib o’tgan holda 2025-yilgi 2-mavsumida ovoz berish bosqichida to’liq ishtirok etishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

🟢Bunga ko'ra, ushbu mahalla aholisi o'zlariga yaqin yoki qo'shni mahallalarga ovoz to'plashda ko'maklashishlari mumkin.

ℹ️ Eslatib o‘tamiz, “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi ovoz berish bosqichi 22-avgustdan boshlanadi.

“Tashabbusli budjet“ — mahallalar birlashuvi uchun imkoniyat!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️▫️▫️▫️▫️

📈 “Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi

Ovoz berish jarayonlari 31-avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan:

1️⃣ “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
2️⃣ portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
3️⃣ Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishingiz mumkin.

📣 Barcha tashabbuskorlarga omad tilaymiz!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️▫️▫️▫️▫️

⌛️ Ovoz berish jarayoni yakunlandi

“Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 2-mavsumi doirasida loyihalarga ovoz berish bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

🏆 G‘olib loyihalar yaqin soatlarda e’lon qilinadi.

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Urganch tumani hokimligi
🎉 Gʻolib loyihalar roʻyxati e’lon qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining "Ochiq budjet" axborot portali orqali Tashabbusli budjet jarayonining 2025-yil 2-mavsumining g'olib loyihalari e'lon qilindi. Jumladan, Urganch tuman bo'yicha 17 235,2 mln.so'mlik 12 ta loyihalar g'olib deb topildi. Bular 1 ta umumta'lim maktabi, 1 ta sog'liqni saqlash muassasasi, 1 ta sport maktabi, va 9 ta ichki yo'llarni ta'mirlash bilan bog'liq tadbirlardir.

📣 Jarayonlarda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsumlarida ham faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

🏆 Gʻolib boʻlgan loyihalar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

“Tashabbusli budjet” — xalq budjeti!

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Facebook | YouTube| Telegram I Instagram I Sayt
Forwarded from Urganch tumani hokimligi
TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashining o‘n ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, idora-tashkilot rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda OAV hodimlari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisobotlari va axborotlari tinglandi. Shundan so‘ng, deputatlar fikr hamda mulohazalarini bildirdilar, o‘zlarini qiziqtirayotgan savollarga javob oldilar.

Batafsil:
gov.uz/oz/urganch

Shuningdek, bugungi bo‘lib o‘tgan tuman Kengashining o‘n ikkinchi sessiyasi tuman hokimligining "Facebook"dagi rasmiy sahifasi orqali jonli tarzda yoritilib borildi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Facebook | YouTube| Telegram I Instagram I Sayt
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligi oshiriladi

“Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–163-son, 10.09.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 yoshlar muammolari bilan individual va manzilli ishlash orqali yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish;

🔹 yoshlarning kasbiy qiziqishlarini barvaqt aniqlash orqali mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida kirib borishini ta’minlash.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar mahallalardagi yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:

🔸 yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali loyihalarni mahalla darajasida amalga oshirish;

🔸 yoshlarning iqtidorini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish;

🔸 mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini kuchaytirish orqali bandligiga ko‘maklashish;

🔸 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanishini ta’minlash.

🚫 Ushbu asosiy vazifalarga bog‘liq bo‘lmagan boshqa vazifa va topshiriqlarni yoshlar yetakchilari zimmasiga yuklash taqiqlanadi.

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi

Veb-sayt | Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha "Mahalla yettiligi" va ta’lim muassasalari hamkorlik qiladi

🔗 Farmonga ko‘ra, “Mahalla yettiligi” va ta’lim muassasalari o‘rtasida yoshlar, jumladan, umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik qilish tizimi joriy etiladi.

Maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari har oy sinf rahbari va maktab psixologi bilan xulq-atvorida murakkabliklar kuzatilgan o‘quvchilar o‘rtasida xorijiy tillar, kasblarni o‘rganish hamda mehnat faoliyatiga qiziqish bildirganlarini aniqlaydi.

📝 Ushbu o‘quvchilarning ro‘yxati shakllantirilib, yoshlar yetakchisi va mahalla raisiga taqdim etiladi.

📙 Yoshlar yetakchilari mahalla hududidagi murabbiylar, kasb egalari va tadbirkorlar bilan hamkorlikda o‘quvchilar uchun ustozlik tizimini yo‘lga qo‘yadi.

📑 Mahalla raislari yoshlarning fanlarni o‘rganishi, axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishi, kitobxonlik, sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha tashabbuslar ishlab chiqadi.

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi

Veb-sayt | Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Yoshlar bilan ishlash jarayonini raqamlashtirish darajasi oshiriladi

🏛 Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-fevralgacha “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalari negizida quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lgan “Yoshlar yagona elektron platformasi” axborot tizimi yaratiladi, jumladan:

🔹 yoshlarning demografik va ijtimoiy holati, bandligi, ta’lim olishiga oid ma’lumotlar asosida “Yoshlar balansi”ni shakllantirish;

🔹 yoshlarning qiziqishlarini aniqlash bo‘yicha sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish, uning natijalarini avtomatik tahlil qilish;

🔹 yoshlarga oid mavjud imtiyoz, preferensiya va imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berish.

📲 2026-yil 1-fevraldan “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar bo‘yicha arizalarni taqdim etish va natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish bilan bog‘liq barcha ma’muriy tartib-taomillar YaIDXP (my.gov.uz) hamda Yoshlar yagona elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

❇️ 2026-yildan har yili Yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi to‘g‘risidagi milliy ma’ruzani e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi.

🗓 Milliy ma’ruza har yili 30-iyun – Yoshlar kuni arafasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan e’lon qilib boriladi.

Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi

Veb-sayt | Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
▫️▫️▫️▫️▫️

“Tashabbusli budjet”da 35 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

“Tashabbusli budjet”ning joriy yilgi 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra, g‘olib bo‘la olmagan 35 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 47 mlrd 657 mln so‘m ajratilib, 35 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi.

Ma'lumot uchun: amaldagi tartibga ko‘ra, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha tarzda g‘olib loyihalarni e’lon qilish vakolati berilgan.

🏆 G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

#open_budget #tashabbusli_budjet 

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/22 04:44:33
Back to Top
HTML Embed Code: