Forwarded from Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Agar sizda ham foydalanilmayotgan, biroq yaroqli kiyim-kechaklar bo‘lsa, ularni “Saxovat burchagi”ga topshiring — balki, aynan sizning saxovatingiz kimgadir yengillik va mamnuniyat ulashar!
“Saxovat burchagi” konteyneri — sizni ushbu manzilda kutmoqda!
⸻
Если у вас тоже есть чистая, носибельная, но неиспользуемая одежда — принесите её в добрый контейнер. Возможно, именно ваш поступок подарит кому-то тепло, радость и облегчение.
Добрый контейнер ждёт вас по этому адресу!
YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
O‘quvchilar fiziologiya holati asosida sport turlariga yo‘naltiriladi
“O‘quvchilarning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali ularni sport turlariga yo‘naltirish hamda sportni ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (447-son, 17.07.2025-yil.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishda ularning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turiga bo‘lgan qobiliyatini aniqlash va sportga yo‘naltirish bo‘yicha elektron tizim yo‘lga qo‘yiladi.
2025/2026-o‘quv yilidan har yili 1 marta maktab hamshiralari uchun o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etiladi.
Shuningdek, o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish orqali ularning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlari shakllantirilib, “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimiga kiritiladi.
“ERP-maktab” axborot tizimida o‘quvchilarning fiziologik va antropometrik ko‘rsatkichlari asosida ularning sport turiga bo‘lgan qiziqishlari aniqlanadi va tizimda qayd etiladi.
Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi
Veb-sayt | Telegram

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi kelishuvlar amalga oshiriladi
“Mo‘g‘ulistonga oliy darajadagi tashrif davomida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–225-son, 17.07.2025-yil.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida 2025–2026-yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning asosiy ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollarni olib kelish va mahalliy sharoitda naslchilik-seleksiya ishlari yordamida ko‘paytirish orqali ularning sonini 2029-yil yakuniga qadar 1 mln boshga yetkazish;
meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarining Mo‘g‘ulistonga eksport hajmini har yili oshirib borib, 10 barobarga ko‘paytirish choralarini ko‘rish.
2025-yil 1-avgustdan 2027-yil 31-dekabrgacha Mo‘g‘ulistondan mayda shoxli mollarni O‘zbekistonga import qilishda tadbirkorlarga:
havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi;
QQSni to‘lash muddatini foizlar hisoblanmagan holda to‘lov ta’minotisiz kechiktirib to‘lash imkoniyati beriladi.
2025–2026-yillarda quyidagilar tashkil etiladi:
Mo‘g‘ulistonning yirik savdo markazlarida “O‘zbekiston mahsulotlari” yarmarkasi;
Ulan-Bator shahridagi yirik savdo maydonlarida O‘zbekiston mahsulotlari stendi;
O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston savdo uyi.

Urganch tumanida tadbirkor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Bugun tumanimizdagi "TILLO DOMOR" xususiy korxonasi rahbari, Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputati Feruzbek Quranbayev va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Tuman Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan tashkil qilingan ushbu tadbir samimiy suhbat shaklida bo'lib o'tdi. Tadbirkor sutni qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalari bo'yicha o'z bilim va malakalarini yoshlarga ulashdi.
Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi
Veb-sayt | Telegram
Bugun tumanimizdagi "TILLO DOMOR" xususiy korxonasi rahbari, Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi deputati Feruzbek Quranbayev va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Tuman Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan tashkil qilingan ushbu tadbir samimiy suhbat shaklida bo'lib o'tdi. Tadbirkor sutni qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalari bo'yicha o'z bilim va malakalarini yoshlarga ulashdi.
Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi
Veb-sayt | Telegram
Forwarded from Urganch tumani hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing
Xalq deputatlari Urganch tuman Kengashining joriy yilning o'tgan 6 oylik faoliyati yuzasidan Brifing
Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
Facebook | YouTube| Telegram I Instagram I Sayt

👍3
#Elon #Объявление
📣 Urganchda mas’ul sanitar tozalash korxonasi o’zgardi
Hurmatli urganchliklar, endilikda chiqindilarni olib chiqib ketish bo’yicha 2025-yil 14-iyulidan boshlab 5-2816-sonli shartnomaga asosan Urganch shahri hamda Urganch tumanidagi barcha mahallalarga Xorazm viloyati “Toza hudud” davlat muassasasi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
➡️ Batafsil
💬
В Ургенче сменилось ответственное предприятие по санитарной очистке
Уважаемые жители Ургенча, теперь в соответствии с договором № 5-2816 по вывозу отходов от 14 июля 2025 года, город Ургенч и все махалли Ургенчского района будут обслуживаться государственным учреждением Хорезмской области “Toза худуд”.
➡️ Подробно
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

⏳2025 yil 1 avgustdan:
⚡️Qonunchilikka ko‘ra, davlat xizmatchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarida har ish kunining muayyan vaqtlarida jismoniy tarbiya va harakat faolligi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazib boriladi.
❗️Davlat organlari xodimlarning vakillik organlari bilan hamkorlikda:
✅ tashkilot hududida sport zonalarini tashkil etadi;
✅ sport targ‘ibotchilari tomonidan xodimlar o‘rtasida tana vazni indeksi o‘lchab borilishini hamda har bir xodim bo‘yicha ma’lumotlarning “hrm.argos.uz” platformasiga kiritib borilishini ta’minlaydi.
⚡️Qonunchilikka ko‘ra, ayrim toifadagi oilalar farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ushbu bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish (kompensatsiya ajratish) tartibi joriy qilinadi.
✅ Bunda kompensatsiya bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining 40 foizi miqdorida ajratiladi.

Forwarded from Hududiy vakillik organlari faoliyatini o’rganish markazi
Gurlan tumanida mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali tashkil etish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
__________
В Гурленском районе состоялся практический семинар по образцовой организации деятельности местных Кенгашей
Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from XDP XORAZM RASMIY SAHIFA
#Урганч тумани
📍 СОҒЛОМ ЖАМИЯТ – ТАРАҚҚИЁТ АСОСИ!
Ўзбекистон Халқ демократик партияси Урганч туман кенгаши томонидан 28-сонли оилавий поликлиникада “Саломатлик мактаби” лойиҳаси доирасида тиббий кўрик ташкил этилди.
👩⚕️Жараёнда туғиш ёшидаги аёллар ва 1–14 ёшдаги болалар ҳамда ўсмирлар мунтазам тиббий кўрик ва скрининг текширувларидан ўтказиб келинмоқда. Бу орқали аниқланган эҳтиёжлар бўйича зарур чоралар кўрилмоқда.
💊 Оналик ва болаликни муҳофаза қилиш мақсадида аҳолига ҳар ойда витаминлар, йод, микронутриентлар ва зарур тиббий препаратлар бепул тарқатилиши йўлга қўйилган.
💬 Тиббий кўрик жараёнида Саломатлик маркази бўлими мудири С.Мадрахимов ҳамда депутатлар томонидан аҳоли билан соғлом овқатланиш, жисмоний фаоллик ва зарарли одатлардан воз кечиш мавзуларида очиқ мулоқотлар ўтказилди, амалий тавсиялар берилди.
✅ ЎзХДП Урганч туман кенгаши томонидан бундай тадбирлар давомий тарзда ўтказилиб, соғлом авлод тарбиясига ҳисса қўшишда изчиллик таъминланмоқда.
телеграм I 🌐Facebook IYoutube

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosining nazorati yanada kuchaytiriladi
“Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–117-son, 25.07.2025 y.) qabul qilindi.
⚡️ Farmonga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari, hamda boshqa tashkilotlarda ijro intizomini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
🔹 Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning samarali mexanizmlarini joriy qilish;
🔹 hududlarda islohotlar natijadorligini o‘rganish va ijro intizomini mustahkamlash ishlarini sifatli tashkil etish;
🔹 davlat organlari va tashkilotlarda ijroni tashkil etishda birinchi rahbarlarning mas’uliyatini oshirish;
🔹ijro intizomini nazorat qilish jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish.
🏛 Farmon bilan, Hisob palatasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi, jumladan:
🔸Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini o‘rganish bilan birga ularning aholi hamda tadbirkorlar uchun samaradorligini tahlil qilish;
🔸 ijro intizomini mustahkamlashga, mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijalariga erishishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
🔸 qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
📅 2025 yil 1 sentabrdan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining qisqartiriladigan shtat birliklari hisobidan Hisob palatasiga qo‘shimcha 10 ta boshqaruv shtat birligi ajratiladi.

❗️Ijro intizomini samarali tashkil etishda davlat organlari rahbarlarining ma’suliyati yanada oshiriladi
⚡️Farmon bilan 2025 yil 1 sentabrdan boshlab:
✔️ davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar alohida tuzilma sifatida bevosita birinchi rahbarlar bo‘ysunuviga o‘tkaziladi;
✔️ davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga mas’ul tuzilmasi xodimlarining Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Adliya vazirligida reja-jadval asosida har uch yilda bir marotaba malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
📝 Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini nazorat qilish bo‘yicha yangi tartib joriy etilishi munosabati bilan;
🔹 Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi negizida 20 ta shtat birligidan iborat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi tashkil etiladi.
🔹Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini baholash amaliyoti joriy etiladi.