Telegram Web Link
🇺🇿O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to’ldi!

Til — xalqning ruhi, millatning o‘zligi va g‘ururidir. Ona tilimiz — ajdodlarimizdan bizga qolgan bebaho meros, milliy qadriyatlarimizning poydevoridir.

📜 1989-yil 21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Bugun o‘zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida mustahkam o‘rin egallab bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot va bank tizimi rivoji jarayonida ham ona tilimiz yangi mazmun bilan boyimoqda.

💎🏦🏦🏦 jamoasi yurtdoshlarimizni 21-oktabr – O'zbek tili bayrami bilan chin dildan tabriklaydi! 🎉🎉


🌐 Facebook |🌐 Instagram
🌐 Telegram |👍 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10669🔥49👏5🥰3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ona tili – millatning ruhi!

🗓 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Xalq banki Markaziy apparatida “Davlat tiliga ehtirom – millatga ehtirom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🔺Tadbirda filologiya fanlari nomzodi (PhD), dotsent Abdumurod Tilovov, “Shuhrat” medali sohibi, xalq baxshisi Rasul Abdurahmonov, shuningdek, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti ansambli ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida o‘zbek tilining tarixiy ildizlari, millat hayotidagi o‘rni va bugungi taraqqiyot jarayonlaridagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Tadbirga badiiy chiqishlar, jonli ijrolar va baxshichilik san’ati uyg‘unlik bag‘ishladi.

Til — bu millat ko‘zgusi, xalqning o‘zligini, tarixini va kelajagini ifoda etuvchi buyuk timsoldir. Uni asrab-avaylash, boyitish va e’zozlash — har birimizning burchimizdir.

🌐 Facebook |🌐 Instagram
🌐 Telegram |👍 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9648🔥48🥰5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏦 Xalq bankida strategik sessiya: natijalar sarhisobi, istiqboldagi rejalar muhokamasi

Xalq banki va Osiyo Taraqqiyot banki mas'ullari va mutaxassislari ishtirokida “Rivojlanish strategiyasi sarhisobi va istiqbolli rejalar muhokamasi” mavzusida strategik sessiya bo‘lib o‘tdi.

🎼 Unda Xalq bankining joriy rivojlanish strategiyasi doirasida erishilgan asosiy natijalar, mavjud imkoniyatlar va olingan tajribalar atroflicha tahlil qilindi.

↗️ Sessiyada Xalq bankining 2028-yilgacha mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda strategik qarashlar, ustuvor yo‘nalishlar va uzoq muddatli maqsadlar atroflicha ko'rib chiqildi.

🌐 Facebook |🌐 Instagram
🌐 Telegram |👍 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
116👍28🔥5👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Avtomobilsiz kun” — sog‘lom hayot va toza muhit sari 🚲

Ishga, maktabga yoki bozorga shoshilayotgan har birimiz uchun transport qulaylik yaratadi, ammo piyoda yurish – bu nafaqat sog‘lom tanlov, balki atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli yondashuv.

🔺 Ma'lumki, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, shaharlarda avtomobillar harakatini kamaytirish va jamoat transportini rivojlantirish maqsadida har oyning to‘rtinchi chorshanbasi yurtimizda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi.

🟡 Shu munosabat bilan Xalq bankida Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati boshlig'i Qahramon Xudayberganov ishtirokida uchrashuv o'tkazildi. Unda yo‘l harakati xavfsizligi, ekologik muvozanat va aholining ekologik madaniyatini oshirish masalalari haqida ma'lumot berildi.

🟢 Savol-javob va ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida bank xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob oldi.

🌐 Facebook |🌐 Instagram
🌐 Telegram |👍 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍53🔥2
2025/10/22 14:56:48
Back to Top
HTML Embed Code: