Telegram Web Link
Bugun tuman hokimi Ulug‘bek Davlatov “Yusuf Bazzoz” oilaviy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Tikuvchilik sexida mehnat qilayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.

Ayni damda ushbu manzilda 40 nafar xotin-qizlar hunarli bo‘lib, daromad topishmoqda

Muloqot chog‘ida korxona rahbari Asqar Sotimovning yangi loyiha va takliflari muhokama etildi.

Masalalar yechimi bo‘yicha mutasaddi idoralar jalb qilingan holda yechim topilishi maʼlum qilindi.

🔍Jarayonlar rivojini bizda kuzating

Xonqa.uz |Facebook| Instagram|Youtube
Joriy yilning 9-iyul kuni Prezident raisligida yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash va tirbandlikni kamaytirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda Prezidentimiz tomonidan birgina o‘tgan oyning o‘zida haydovchilarga qator yengilliklar berilgani taʼkidlandi.

Shuningdek, birinchi bor huquqbuzarlik qilganlarni jazolash emas, ogohlantirish yo‘lga qo‘yildi.

BATAFSIL

🔍Jarayonlar rivojini bizda kuzating

Xonqa.uz |Facebook| Instagram|Youtube
Kichik biznes egalari va xususiy tadbirkorlar tomonidan uy sharoitida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar allaqachon mahalliy bozorlarni egallagan.

Yakka tadbirkor Ibragimov Ziynat aka ham ana shunday tinim bilmas tadbirkorlardan.

U 8 yildan buyon uy sharoitida qurilish mahsulotlari ishlab chiqaradi. Tinimsiz mehnat va izlanishlar sabab faoliyat ham kengaygan ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi ham ortgan.

Tuman rahbari Ulug‘bek Davlatov tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishib, uning taklif hamda muammolarini o‘rgandi.

Muloqotlar davomida zamonaviy termo panellar dizaynini ko‘paytirish hamda panellar uchun xom ashyoni o‘zimizda ishlab chiqarish bo‘yicha fikrlar almashinildi

🔍Jarayonlar rivojini bizda kuzating

Xonqa.uz |Facebook| Instagram|Youtube
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda ularga o‘z vaqtida yechim topish maqsadida hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Xususan, tuman hokimi Ulug‘bek Davlatovning navbatdagi sayyor qabuli "Mustaqillik" mahallasida bo‘lib o‘tdi.

Unda moddiy hamda tibbiy yordam, kredit ajratilishi, bandlik masalalari bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.

Bildirilgan barcha masalalar soha mutasaddilari ishtirokida o‘rganilib, yechim bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berildi

Jarayonlar rivojini bizda kuzating

Xonqa.uz |Facebook| Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xonqa stadionini yangilash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalar ishlanmoqda

Bolalar futbolini rivojlantirish, bolalar va o‘smirlar orasida futbolni yana-da ommalashtirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Sportchi yoshlarimiz esa maydonda allaqachon mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan.

🔍Jarayonlar rivojini bizda kuzating


Xonqa.uz |Facebook| Instagram|Youtube
Xonqadagi namunali fermer xo‘jaligi tajribasi bilan tanishildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Abdushukur Xamzayev boshchiligida ishchi guruh vakillari Xonqadagi «Sobirjon-Yusuf» fermer xo‘jaligi tajribasi bilan tanishdi

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” unvoni sohibasi Oyimjon Otajonova rahbarligidagi xo‘jalikda 3 gektar maydonda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari yetishtirilmoqda.

Fermer xo‘jaligi qoshida “Gulchilik va ko‘chat yetishtirish maktabi” faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Muloqotlar chog‘ida tuman hokimi Ulug‘bek Davlatov ko‘chatchilik faoliyatini ommalashtirish tomorqadan unumli foydalanish borasida joylarda olib borilayotgan ishlar yuzasidan to‘xtaldi

Jarayonlar rivojini bizda kuzating

Xonqa.uz |Facebook| Instagram|Youtube
2025/10/27 04:11:49
Back to Top
HTML Embed Code: