Telegram Web Link
Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova  mahalladagi nuroniylar hamda mahalla ayollari bilan uchrashdi.

Bosh vazir o‘rinbosari “Do‘stlik” mahallasida   tashkil etilgan Oila maskani faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, ushbu maskanda “Ustoz shogird anʼanalari” asosida tikuvchilik hamda to‘quvchilik yo‘nalishlarida tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyatlari ham eʼtibor markazida bo‘ldi

🔍Jarayonlar rivojini bizda kuzating

Xonqa.uz |Facebook| Instagram|Youtube
Tuman hokimi Ulug‘bek Davlatovning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Bugungi qabulga tumanning turli hududlaridan 20 nafarga yaqin fuqaro o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan taklif va murojaatlarini bildirdi

Tuman rahbari tomonidan soha mutasaddilariga har bir murojaatni o‘rganib, qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi

🔍Jarayonlar rivojini bizda kuzating

Xonqa.uz |Facebook| Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Yangi O‘zbekiston" massivlari: obod bo‘layotgan manzillar

Xonqa tumanining “Yosh kuch” mahallasidagi 10 gektar maydonda yangi shaharcha qad ko‘tardi.

Mazkur massivda qisqa muddat ichida 928 ta xonadonga ega 36 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ayni damda aynan massiv aholisi uchun 300 o‘rinli maktab hamda 130 o‘rinli maktabgacha taʼlim muassasasi yangi o‘quv yiliga tayyorlanmoqda.

🔍Jarayonlar rivojini bizda kuzating

Xonqa.uz |Facebook| Instagram|Youtube
Sayyor qabul

Bugun tuman hokimi Ulug‘bek Davlatov “Paxtagul” mahallasi fuqarolari murojaatlarini o‘rgandi.

Sayyor qabul davomida ichki yo‘llar, ichimlik hamda oqar suv masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.

Shuningdek, mahalla yoshlarining ham taklif va muammolari tinglanib, bildirilgan masalalar yechimi bo‘yicha soha mutasaddilariga tegishli topshiriqlar berildi.

🔍Jarayonlar rivojini bizda kuzating

Xonqa.uz |Facebook| Instagram|Youtube
Davlat tilida ish yuritish – nafaqat qonuniy talab, balki milliy ĝurur masalasi

Bugungi globallashuv davrida millatning o‘zligini ko‘rsatib beradigan eng muhim qadriyat – bu uning tilidir. Ayniqsa, davlat boshqaruvida, hujjatlar yuritishda, xalq bilan muloqotda davlat tilining to‘liq va to‘g‘ri qo‘llanishi nihoyatda muhim.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlab berdi. Prezident farmon va qarorlarda ham davlat tilida ish yuritish bo‘yicha aniq talablar belgilangan.

📑 Rasmiy hujjat — bu shunchaki matn emas. U: davlat idorasining intizomini, xodimlarning mas’uliyatini, eng muhimi, xalq bilan muloqot madaniyatini ifodalaydi.

Shu bois hujjatlarning aniq, ixcham va imlosi to‘g‘ri bo‘lishi – davlat tiliga bo‘lgan hurmatimiz ko‘rsatkichidir.

⚠️ Afsuski, ba’zi joylarda hali ham hujjatlar boshqa tillarda yuritilishi yoki imloviy xatolar bilan tayyorlanishi uchraydi. Bu esa nafaqat qonunga zid, balki tilimiz nufuziga ham putur yetkazadi.

Muammolarning yechimi esa aniq:
📌xodimlarni hujjatshunoslik va imlo qoidalari bo‘yicha doimiy o‘qitib borish,
📌elektron ish yuritish tizimlarida o‘zbek tili uchun qulay dasturlarni keng joriy etish,
📌davlat tilida ish yuritishni nazoratni kuchaytirish.

Davlat tilida ish yuritish – bu milliy g‘ururimiz. Har bir hujjat, murojaatnoma yoki qaror o‘zbek tilida yozilganda, u xalqimiz qalbiga yaqinroq, davlatimiz sha’niga mosroq bo‘ladi.

📢 Keling, barchamiz davlat tilida ish yuritishga e’tiborli bo‘laylik! Zero, bu nafaqat qonuniy talab, balki kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizdir.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ICTWeek 2025 doirasidagi “Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumiga taklif etamiz!

24-sentabr ICTWeek 2025 doirasida Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi tomonidan “Raqamli ta’limda sun’iy intellekt: G‘oyadan natijagacha” forumi o'tkaziladi.

Bu yil ham forumda Sizni:
Mahalliy va xorijiy mutaxassislarning ma’ruzalari;
O‘quv markazlar uchun maxsus yangilik;
Taqdirlash marosimi;
Sun’iy intellekt bo‘yicha mahorat darslari;
Maxsus tanlov va qiziqarli sovg‘alar kutmoqda.


📍 Manzil: CAEx Ko‘rgazma Markazi, Main Hall 1
Vaqt: 9:30 (ro‘yxatdan o‘tish 9:00 dan boshlanadi)

Ro'yxatdan o'tish
2025/10/22 04:29:51
Back to Top
HTML Embed Code: