Telegram Web Link
Sayyor qabul

Bugun tuman hokimi Ulug‘bek Davlatov “Paxtagul” mahallasi fuqarolari murojaatlarini o‘rgandi.

Sayyor qabul davomida ichki yo‘llar, ichimlik hamda oqar suv masalalar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.

Shuningdek, mahalla yoshlarining ham taklif va muammolari tinglanib, bildirilgan masalalar yechimi bo‘yicha soha mutasaddilariga tegishli topshiriqlar berildi.

🔍Jarayonlar rivojini bizda kuzating

Xonqa.uz |Facebook| Instagram|Youtube
Davlat tilida ish yuritish – nafaqat qonuniy talab, balki milliy ĝurur masalasi

Bugungi globallashuv davrida millatning o‘zligini ko‘rsatib beradigan eng muhim qadriyat – bu uning tilidir. Ayniqsa, davlat boshqaruvida, hujjatlar yuritishda, xalq bilan muloqotda davlat tilining to‘liq va to‘g‘ri qo‘llanishi nihoyatda muhim.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlab berdi. Prezident farmon va qarorlarda ham davlat tilida ish yuritish bo‘yicha aniq talablar belgilangan.

📑 Rasmiy hujjat — bu shunchaki matn emas. U: davlat idorasining intizomini, xodimlarning mas’uliyatini, eng muhimi, xalq bilan muloqot madaniyatini ifodalaydi.

Shu bois hujjatlarning aniq, ixcham va imlosi to‘g‘ri bo‘lishi – davlat tiliga bo‘lgan hurmatimiz ko‘rsatkichidir.

⚠️ Afsuski, ba’zi joylarda hali ham hujjatlar boshqa tillarda yuritilishi yoki imloviy xatolar bilan tayyorlanishi uchraydi. Bu esa nafaqat qonunga zid, balki tilimiz nufuziga ham putur yetkazadi.

Muammolarning yechimi esa aniq:
📌xodimlarni hujjatshunoslik va imlo qoidalari bo‘yicha doimiy o‘qitib borish,
📌elektron ish yuritish tizimlarida o‘zbek tili uchun qulay dasturlarni keng joriy etish,
📌davlat tilida ish yuritishni nazoratni kuchaytirish.

Davlat tilida ish yuritish – bu milliy g‘ururimiz. Har bir hujjat, murojaatnoma yoki qaror o‘zbek tilida yozilganda, u xalqimiz qalbiga yaqinroq, davlatimiz sha’niga mosroq bo‘ladi.

📢 Keling, barchamiz davlat tilida ish yuritishga e’tiborli bo‘laylik! Zero, bu nafaqat qonuniy talab, balki kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizdir.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ICTWeek 2025 doirasidagi “Raqamli ta’limda sun’iy intellekt” forumiga taklif etamiz!

24-sentabr ICTWeek 2025 doirasida Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi tomonidan “Raqamli ta’limda sun’iy intellekt: G‘oyadan natijagacha” forumi o'tkaziladi.

Bu yil ham forumda Sizni:
Mahalliy va xorijiy mutaxassislarning ma’ruzalari;
O‘quv markazlar uchun maxsus yangilik;
Taqdirlash marosimi;
Sun’iy intellekt bo‘yicha mahorat darslari;
Maxsus tanlov va qiziqarli sovg‘alar kutmoqda.


📍 Manzil: CAEx Ko‘rgazma Markazi, Main Hall 1
Vaqt: 9:30 (ro‘yxatdan o‘tish 9:00 dan boshlanadi)

Ro'yxatdan o'tish
Joylarda sanoat rivojlangani sari mahsulot ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar soni ham ortmoqda.

Tumanda faoliyat yuritayotgan "Yusuf temirchi" xususiy korxonasi bir necha yildan buyon ip kalava ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Mahsulotlarga bo‘lgan talabni yuqoriligi sabab bugun korxona faoliyati ancha takomillashgan 20 nafarga yaqin ishchi 2 smenada ish olib boradi.

Tuman hokimi Ulug‘bek Davlatov korxona faoliyati bilan yaqindan tanisharkan, rahbari Rasulbek akaning faoliyatni kengaytirish hamda yangi ish o‘rini yaratish borasida takliflari muhokama etildi.

🔍Jarayonlar rivojini bizda kuzating

Xonqa.uz |Facebook| Instagram|Youtube
Tuman hokimi Ulug‘bek Davlatovning fuqarolar qabuli haftaning har juma kuni o‘tkaziladi

Bugungi qabul davomida asosan tadbirkorlik, bandlik, tibbiy va moddiy yordam hamda kadastr masalalari yuzasidan murojaatlar bo‘ldi.

Bildirilgan masalalarni hal etish bo‘yicha soha mutasaddilariga topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.


🔍Jarayonlar rivojini bizda kuzating

Xonqa.uz |Facebook| Instagram|Youtube
"Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan isloh qilish hamda mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan" Davlatimiz rahbarining farmon qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, quyidagilar yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi:

➡️Yoshlar muammolarini individual yondashuv asosida hal etib, yetakchilar faoliyatini samarali qilish.

➡️Kasbiy qiziqishlarni aniqlab, yoshlarni mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida tayyorlash.

➡️Mafkuraviy immunitetni kuchaytirib, salbiy g‘oyalarga mahalla darajasida qarshi kurashish.

➡️Yoshlarga oid maʼlumotlarni raqamlashtirib, ijtimoiy ahvoli bo‘yicha yagona elektron bazani shakllantirish.

Bugun Xonqa tuman IT-Park binosida yoshlar yetakchilari uchun mavzu yuzasidan o‘quv seminar tashkil etildi.

🔍Jarayonlar rivojini bizda kuzating

Xonqa.uz |Facebook| Instagram|Youtube
2025/10/23 06:31:24
Back to Top
HTML Embed Code: